Har doimgiday parhezlaringiz daxshat.
Qaynatilgan tuhum kunda bir donadan oshirmaslik kerak, ikkitasi jismonan baquvvat odamlarga buyuriladi. Tuhumda xolesterin juda ko'p, umuman tuhum tuhum bittadan oshmaslik kerak.
Sut mahsulotlaridan to'yib istemol qilib yurish miyada tiqilmalar hosil qiladi, sut kop ichish qorinni dam qiladi, yoki sassiq yel haydaydi, odam lanj bolib yuradi. Kam ichish albatta foydali, sharti faqat yangi sut bo'lishi lozim. Faqat qatiqni kop ichish bunday zararli emas, lekin qatiqni ham tuhum, turp, baliq singari taomlar bilan yeyish davosi og'ir pes kasalini keltirib chiqaradi.
Belle dietani qaysi saytdan olyapsiz? admin faqat bir tomonlama yondoshar ekan. ozish o'ylab inson salomatligini o'ylamas ekan.
Eng yaxshisi shirinlik va yog'lik taomlardan tiyilib, jismoniy harakatni ko'paytirsa olam guliston.
Ertalab birdan to'yib yeyish yurakka ziyon, buni avtomobilga qiyoslasak, ertalab turibla minib ketsak motorni ishdan chiqaramiz. Yaxshisi biroz qizdirib so'ng minamiz.
inson yuragi ham shunday. Sahar bomdodga turib bir piyola asalli suv yoki mayiz damlamasi ichish kerak. Birinchisi asabni mustahkamlasa, mayizli suv qonni kopaytiradi. Beda soki (lyutserna) ham juda servitamin ichimlik.
Biroz o'tib bir choy qoshiq asal bilan gulchangi, yoki yog'siz tvorog yeyiladi, tvorogga zaytun yog'i qo'shib yuborsa ham bo'ladi, bu odamni semirtirmaydi.
Bir soat o'tib nonushta qilsa bo'ladi, bir osh qoshiq miqdorida mayiz, shuncha bodom, 4-5ta yong'oq, bir burda qattiq non yoki yangi bolmagan kepakli non. Bularga quritilgan mevalardan tut, o'rik, anjir qoqisi, undirilgan bug'doyni qo'shish mumkin. 4-5 piyola giyohli choy yo qaynatilgan suv.
Eng muhimi shu nonushta, tushlik ihtiyoriy. faqat issiq va sovuqni, suyuq bilan quyuq ovqatni aralashtirib yemaslik, umuman hech qachon bir-biri bilan chiqisha olmaydigan taomlarni yemaslik lozim. Sabzavotli sho'rva juda foydali taom.
Kechki ovqat vaqtida qorin juda ochib ketsa bir piyola asalli suv ichiladi. Agar taomga ishtaha g'olib kelsa (jismonan baquvvat odamlarda) turli ko'katlar, turp, bodring, bolgar qalampiri, va hazmi yengil ovqat yesa bo'ladi.
Ko'katlar va ho'l sabzavot, ho'l mevalarni yeyishdan qo'rqmaslik kerak, bularning asosiy tarkibi suv bo'lib, organizmni yuvib darrov chiqib ketadi, foydali elementlar esa qonga singadi.
Yuqorida kepakli non tavsiya etildi. Nonni kundalikdan olib tashlashni o'zi bolmaydi, qolaversa qorinni to'q tutadi. Kepakli non oq unli nondan farqli o'laroq ichaklarda turib qolmaydi, kepak krahmalni surib yuboradi, hazm qildiradi. Lekin buni ham kunda ikki burdadan oshirmaslik kerak.
Biz hindlarning Chapati degan nonidan pishirib, bir kundan so'ng yeymiz. Kunda shulardan ikkitasi yetarli.