Qulog'ini tishlatganim...  ( 8272 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


TITAN-UZ  06 Noyabr 2010, 20:40:40

Quloq’ini tishlatganim, oshyoningni chimildiqdan topmadingmu?

Men sizlarga bir hikoya aytib beray, faqat buni o’zing to’qib yozding demangiz, bu hayotimizda bo’lgan va bo’layotgan voqeyalardan biri bo’ladi"¦
Bir qizni tanirdim, u jo’da sho’x, o’ynoqi, "œali",- desang, "œballi",- deb javob beradigan qiz edi. Ziyoli, o’ziga to’q va obro’li oilada tarbiya topgan qiz bo’yi yetgach oilasi kabi el-ulusning nigohiga tushib ulgurgandi. Sovchilarning keti uzilmas, yigitlarning sevgi izxoriyu, muhabbatga to’lgan dilnomalarining oxiri ko’rinmasdi. Xattoki, ba’zi yigitlar bu qizning ishqida ado bo’lishayotgan, ammo yo’qlab kelganlarning barchalari mulzam bo’lib, rad olgan holda xonadonni tark qilishardi.
Qiz esa o’zgaga atalgandi. Taqdir palaxmoni qizni qayerga otsihini ota-onalar allaqachon belgilab qo’yishgandi go’yo.. Otasining do’stining o’gliga qulog’i tishlatilgan qiz chorasiz, birgina chorasi esa ota-onaga indamay bo’y so’nish edi.
To’y ham bo’ldi, o’sha unashtirilgan yigit endi qizning yostiqdoshi, turmushdoshiga aylandi. Go’yoki kutilgan umidlar, baxtli turmush go’zaronligi boshlangandek edi.. Go’shangada qo’nim topgan paymonalar ko’ngillarni ham muhabbat va iliqlikka payvasta qiladigandek endi. Kunlar o’tdi, qiz jisman xonadonga, o’zi ahdu paymonlashganiga bog’landiyu, ko’ngil bog’lanmadi unga. Orzusidagi kishisi u emasligini u endi chimildiq bag’rida anglagan edi. Kundan-kunga yigit yangi "œjixat"larini namoyon qilar, bir paytlar odobli, andishali ko’ringan yigit, endi qizning qarshisida bir farosati kam va hayosiz kishi sifat namoyon bo’layotgandi. Qiz barchasiga chidar, taqdir charxpalagi taqdim etgan o’yinga faqat sabr bilan boqmoqqa urinardi. Qiz xomilador bo’ldi, ammo bo’lajak otaning xurmacha qiliqlari ko'paysa ko'paydi-ki, kamaymadi. Qizning hanuz bu xonadonga, bu erga ilinmagan ko’ngilchasi endi mo’tadillik va umidni tark etib muzlik tomon yo’l olardi. Oxiri bo’lmadi.. Qiz bu xonadonni, bari- barini tark etishga qaror qildi va uyiga, ota-ona bag’riga qaytdi. Qizlarining baxti-saodati haqidagi rejalari chippakka chiqqan ota-onalarning chimildiqda iliydigan ko’ngil haqidagi ertaklari haqiqatga aylanmaganidan xunob edilar. So’nggi pushaymon- "¦Nahotki, qiz va yigitning taqdirida qulog’ini tishlatishdek, e’tiqodda muxrdorlik rolini bajargan bu ota-onalar endi taqdir o’yiniga hangu mang qolishgan bo’lsa"¦? Qulog’ini tishlagan yigitning muhabbati,nahotki, qizning yuragini tishlashga ojizlik qilgan bo’lsa"¦?
"žHa-a, endi taqdir-da"œ, dersiz..Ha, buni "žtaqdir"œ, deydilar! Lekin, hali tug’ilmasdan otasiz qolgan go’dakning taqdiri ham ota-onalarimiz aylantirgan taqdir charxpalagining ishimikin endi?! Bu savolni qiz o’ziga o’zi berar, lekin javob topa olmasdi.Ona bo’lishdek baxtni ko’ngil ko’z-yoshlari bilan kutib olgan qiz u go’shangadan butunlay sovigan edi..
Yo o’zga sir bormi? Aytgil qagrdon!
Yo’q, deyman va lekin sim-sim yig’layman,
Qirq ko’zgu keladi qarshimda bot-bot,
Dilbar kunlarimni bir-bir ilg’ayman,
Misli oinaga boqqanday Farhod.
Endi qaytib kelmas u damlar sira,
Shul sabab dilda g’am, ko’zlarimda yosh,
Qoldi qaylardadir yoshlik, bokira
Quduq tublariga cho’kkanday quyosh.
Men ko’rar endiigi bu go’zal olam,
Sirli u damlarning mavhum soyasi.
Shul sabab qalbimda o’rtaydi alam,
Shul sabab g’amimning yo’q nihoyasi.
Hayajon bu-o’lim, kulfatdir qo’shiq,
Qilt etgan shamoldan titramas yurak.
Unga endi na dard, na quvonch, na ishq,
Balkim to’ng’ib qolgan bir orom kerak.
Bir hovuch kul emish otash qismati,
Men ham yona-yona tindim nogahon.
Endi tillarimda vido hasrati,
Endi ko’zlarimga tiyradir jahon"¦


Siz nima deysiz, ahli forum? Qulog'ini tishlatib qo'yishlik e'tiqodidagilar haqida qanday fikrdasiz?
MANBA

Qayd etilgan


Ansora  07 Noyabr 2010, 16:24:07

Menimcha hech keragi yo'q qulog'ini tishlashni:)

Qayd etilgan