Ibratli hikoyatlar  ( 30376 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


maknuna  15 Iyun 2006, 16:12:53

ILON VA UNING DUMI

Bir vaqtlar bir ilon yashagan bo‘lib, uning boshi va dumi doimo bahslashar ekan. Bosh dumga aytarmish: "œMeni katta deb hisoblaysan". Dum javob berarkan: "œMen ham katta maqomga munosibman". Bosh aytadi: "œMenda eshitish uchun quloq, ko‘rish uchun ko‘z, yeyish uchun og‘iz bor, harakatlanayotganda gavdaning oldida bo‘laman — mana shuning uchun meni katta hisoblash zarur". Dum unga javoban: "œAgar men daraxtga uch marta o‘ralib olsam, nima bo‘ladi?" U shunday qildi ham. Bosh ovqat qidirib harakat qilolmadi va ochdan o‘lishiga oz qoldi. U dumga dedi: "œMeni qo‘yvoraqol, men seni katta deb hisoblayman".

Dum shu zahoti daraxtdan bo‘shaldi. Bosh dumga yana deydi: "œSen katta deb hisoblangan ekansan, ko‘raylikchi, qanday qilib oldinda yurarkansan". Dum oldinga yo‘l oldi, biroq, bir necha qadam yurmay olovli handaqqa ag‘anadi va ilon olovdan halok bo‘ldi.

Qayd etilgan


maknuna  15 Iyun 2006, 16:13:25

AQLLI TULKI

Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo "œjamoat bo‘lishda baraka bor" deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi.

Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi.

Tushgacha ular bir yovvoyi eshak, bir yovvoyi echki va semizgina bir quyon ovlashdi. Ovlari baroridan kelgan edi. Ovlarini tishlab sudraganlaricha bir g‘orga olib kelishdi. Ular juda ham ochqashgan, qorinlari tatalab borar edi.

O‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi. Endi buni taqsimlash kerak edi. Aslida, kim boshliq bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi kerakligini arslon yaxshi bilardi, lekin sinash uchun bo‘riga qarab, dedi:
— Qani, tajribali do‘stim bo‘ri, shu ovlaganlarimizni o‘rtamizda bir taqsimlab ber-chi? Shunday taqsimlaki, ko‘nglingdagidek bo‘lsin.

Bo‘ri darhol ishga kirishdi.

— Bosh ustiga! Birpasda hal qilaman. Avvalo sizning ulushingizni beraman... Mana shu yovvoyi eshak eng katta ovimiz. U sizniki. Kattakon gavdangizga munosib tushlik. Echkiga kelsak, u menga tegishli. Menga shu ham bo‘laveradi. Quyonni bo‘lsa, tulkiga beramiz. Aslida, uni... Mana, bo‘ldi, ruxsat bersangiz, yeyishni boshlasak.

Arslonga bo‘rining taqsimi as-lo yoqmadi. Birinchidan, u bo‘rining: "œYo‘g‘-e, biz kim bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar tuzuk, bermasalar o‘zlaridan qolgan sarqitga ham rozimiz", deyishini kutgan edi. Ikkinchidan, bo‘rining o‘zini katta tutgani ensasini qotirdi. Unga qolsa, tulkiga hech narsa bergisi yo‘q.

Arslon qattiq g‘azablanib, bo‘riga hayqirdi.

— Ey ahmoq! Sen kim bo‘psanki, o‘zingni odil taqsimchi his qilyapsan. Mening kimligimni unutib qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men hayvonlar podshohiman. Sen ahmoqqa men turib, ulush taqsimlashni kim qo‘-yibdi? Ahmoqliging boshingga yetdi! — dediyu bo‘riga tashlandi va birpasda uni tilka-pora qilib tashladi.

Aqli-hushi boshidan uchib, qo‘r-qib ketgan tulki qotib qolgan, na gapira olar, na o‘rnidan jila olar edi.

Bo‘rining ishini bitirgan arslon joyiga kelib o‘tirgach, dir-dir titrayotgan tulkiga qarab:
— Senga nima bo‘ldi? Nega qotib qolding? Yaqinroq kel-da, ovlarni taqsimla! — deb buyurdi.

Tulki amrga muvofiq yaqinroq surildi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelib:
— Xo‘p bo‘ladi, sultonim! To‘g‘risi, ulush taqsimlash men bechoraning ishi emas. Bu ishga faqat Siz loyiqsiz. Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz. Na chora... — dediyu jim o‘ylanib qoldi. "œShunday taqsimlayki, jonim omon qolsin", deb o‘yladi u.
— Nega jim bo‘lib qolding? — dedi arslon o‘rnidan turib.
— Hozir... hozir... Yaxshilab o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz fikrimcha, bu yovvoyi eshak nonushtalik ovqatingiz bo‘lgani ma’qul. Axir, ertalabdan beri tuz totganingiz yo‘q. Buning ustiga, charchadingiz. Aslida katta gavdangizga bu urvoq ham bo‘lmaydi... Echkiga kelsak, uni tushlik ovqat o‘rnida tanovul qilsalar, juda yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam sizbop tushlik. Taningizga kuch-quvvat bo‘lib singsin!.. Quyonga kelsak, kattagina va semizgina narsa. Buni kechki ovqatingiz uchun saqlab qo‘-yamiz. Axir, kechqurun ham nimadir yeyishingiz kerak-ku...

Tulki shunday deya mo‘ltirab arslonga qarab qoldi.

Arslonning bu taqsimdan kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi tarqab, dili xotirjam, mamnun bo‘lib, tulkiga qaradi. Tushlik qilishga kirishar ekan:
— Barakalla, tulkivoy. Mana buni odil taqsim desa arziydi. Baloday aqling bor ekan-a! Bunaqa taqsimni sen qayoqdan o‘rganding? — dedi.

Tulki bir chetda burda-burda bo‘lib yotgan bo‘riga ishora qilib:
— Manavi sho‘rlikning holidan, — dedi.
— Ofarin... Bundan buyon menga qanday muomala va xizmat qilish lozimligini boshqalarga o‘rgatasan. Uqdingmi?! — dedi arslon yovvoyi eshakning sonini paqqos tushira turib.
— Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi tulki hozirjavoblik bilan.

"œNonushta"ni tugatgan arslon tulkiga o‘zidan ortgan mayda-chuydalarni yeyishni ishora etdi.

Yovvoyi eshakning boshini g‘ajiyotib tulki holiga shukr qilar va: "œYaxshiyam taqsim navbati menga bo‘ridan keyin keldi. Uning o‘rnida bo‘lganimda hozir.." deya o‘ylardi.

Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish oldidan yo‘ldoshlik uchun yaxshi, bama’ni kishilarni tanlash lozim. Chunki haqiqiy do‘st safarda bilinadi.

* Donolar aytganlar: "œSen menga yo‘ldoshing, do‘sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman"; "œYaxshi bilan yurdim, qand yedim. Yomon bilan yurdim, pand yedim".

* Kishi uchun eng zarur narsa har yerda o‘z haddini bilish, aql bilan ish tutishdir.

* Aqlli odam har narsadan bir ibrat olgay.

* Kishi o‘zidan oldin yashab o‘tganlar boshiga kelgan balolarni unutmasligi, shunga ko‘ra harakat qilishi darkor.

O`tmishdan agar ibrat
olmasa kishi,
Kelajagi boshqalarga
ibrat bo`lg`usi...


Jaloliddin Rumiy
Bahriddin UMRZOQ tarjimasi

Qayd etilgan


maknuna  15 Iyun 2006, 16:15:10

CHUMOLI VA SICHQON

Chumoli yegulik topish niyatida sudralib inidan chiqdi. Yo‘lda ketayotib, bexosdan ko‘zi kattagina ushoqqa tushdi va uni ini tomon sudrab keta boshladi. Yo‘l uzoq, yarim manzilga yetgach, charchab, dam olishga o‘tirdi. Shu payt qayerdandir sichqon paydo bo‘ldi va chumolini tergay ketdi:
— Buni qayerdan olding?
— Uzoqdan olib kelyapman.
— Buni menga ber, ehtimol, qopqonimdan olgandirsan.
— Bermayman, qopqon seniki emas, — dedi chumoli.
— Qopqon meniki, — deb o‘dag‘ayladi sichqon.
— O‘zing qopqondan qo‘rqasan-u, qanday qilib seniki bo‘lishi mumkin? — deya pisanda qildi chumoli.
— Sen o‘zing qo‘rqmaysanmi?
— Zarracha ham.
— Agar shunday bo‘lsa, sandiq tagida ikkita qopqon bor. Har biriga yong‘oq bo‘laklari joylashtirilgan. Agar sen haqiqatan botir bo‘lsang, ulardan biridagini olib ko‘r-chi? — dedi sichqon.
— Ular qayerda, qani ko‘rsat-chi? — chaynaldi chumoli.
Sichqon chumolini sandiq tagida turgan qopqonlar oldiga boshlab bordi. Chumoli endigina qopqondagi yong‘oq bo‘lagiga tirmashib chiqayotganda, birdan uning ilgagi chiqib ketdi. Chumoli o‘sha bo‘lak bilan qo‘shilib, tepaga otildi. Sichqon buni ko‘rib qattiq kulib yubordi.
— Nimaga kulayapsan? — so‘radi chumoli.
— Sen juda kulgili holatga tushding, — dedi sichqon.
— Sen bunchalik balandga sakray olmaysan. Beo‘xshovsan, epchil emassan. Shuning uchun ham senlarni har doim qopqon tutib qoladi.
— Endi esa men vaziyatdan qanday chiqishni o‘rganib oldim, — deb sevinib javob berdi sichqon. — Mana, qarab turgin, qopqondagi yong‘oq donini qanday olaman?
Sichqon hovliqib ikkinchi qopqondagi yong‘oq bo‘lagiga tashlandi. Ilgak uchib ketib, qopqon uni qisib qoldi.
Qissadan hissa: kim o‘zgalar hisobiga tekinxo‘rlik bilan hayot kechiraman desa, u sichqonning holiga tushishi muqarrar.

Saidamin MUSAXO‘JAYEV

Qayd etilgan


maknuna  15 Iyun 2006, 16:15:40

LAYLAK

Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida ona-bola qishloqqa —uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi.
Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay.
-Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. — Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi.
-Nima u, oyi? —dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib.
-Laylak, o’g’lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
- Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda "œtarak-tarak" degan ovoz eshitilardi.
Bola tag’in to’xtab qoldi.
- Nima o’zi u, oyi?
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. — senga salom beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador, ko’zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’I, tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydi-yu qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi.
- Anavi nima, o’g’lim? — dedi to’xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq...
-Nima, o’g’lim? — dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da!
-Laylak! —dedi jerkib. —Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak"¦ Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak"¦ Uning g’or, go’dak bolalari bor"¦

O'tkir Hoshimov

Qayd etilgan


maknuna  15 Iyun 2006, 16:16:40

YEB-TO'YMAGAN YALAB To'YMAS

Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas"¦ Xullas o’sha odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird tushibdi. Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi.
- Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olaverasan!
Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa, yonbosh tomondan ovoz kepti:
- Xayr qili-i-ing!
-Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. —Hammomda ham sadaqa so’raydimi?
-Qayerda bo’lsa ham!-debdi boyagi ovoz.
Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi.
-Qanaqa betamizsan, yalang’och odamda pul nima qilsin?
- Qancha bo’lsa ham!
Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi.
- Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi?
- Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi...
Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. "œInsof" bilan oladi. Ammo bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olishga o’rganadi. Va... oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qarib-churuguncha umrguzaronlik qiladiganlari ham oz emas shekilli.

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyadagi bitiklar" kitobidan

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:19:39

YURAKNING TO'RT SANCHIG'I

SHAYMAN CHAVANDOZNING NIGOHI

Kuzning oxirlari edi. Telefon jiringladi: notanish raqam. Behafsala go‘shakni ko‘tarsam, tanish ovoz eshitildi:
— Qandaysan, nevara, kayf chog‘mi?
Ko‘ksimga qishloq hidi urilganday bo‘ldi: Shayman chavandoz. G‘ayratli bova, fermer. Yilda ikki-uch marta nimalarnidir hal etgani bazza-bazza poytaxta kelib turadi.
So‘rashdik. Chilonzordan qo‘ng‘iroq qilayotgan ekanlar. Bordim. Chavandoz bova dashtday keng bag‘rini ochdi:
— Ha, ko‘zingdan...
Uyga taklif qiluvdim, rapidaday qo‘lini sermadi:
— Yer qarab turibdi, choylashishga balo borma? Poezd jo‘nashiga hali barvaqt. Bir xabarlashay, deb edim-da...
Yo‘l ustidagi kafega kirdik. Chavandoz bova do‘ppisini qo‘liga urib, qayta-qayta qoqdi:
— Tovbangdan-ay, uch oy oldin manov bino yo‘q edi-ku...
— Ha, endi...
Ovqat orasi ag‘dan-bag‘dan gurung qo‘shildi. Chavandoz zotining ichi to‘la gap bo‘ladi...
— Ay, nevara, erkak degani ot minmay qo‘ydi. Shuning uchun badanda bujur yo‘q-da. Sen tengi paytimiz Inoyat «kuzir» bilan ko‘pkaridan qolmasdik. Qor beldan urib tursa ham buyog‘i Boysunu Sherobod, naryog‘i Sariosiyoga borib ot chopganmiz. Yaqin orada avvalgiday ko‘pkarini ham, chavandoz ham ko‘rolmadim, nevara...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:19:48

Chavandoz bova tiynatiga nomuvofiq andak ma’yuslanadi, xo‘rsinadi. Bir dam o‘tgach, ko‘zlarda yana o‘sha shiddat jilva qiladi:
— Ay, baxshilarni aytgin. El sel bo‘lardi-ya. Qodir baxshi to‘yga kelsa, o‘tirgani joy topilmasdi. Polvonlar doston eshitib, davralardi. So‘ng kurash ko‘rgin-da. Kuch bilakka sig‘may, jelakni «tors-tors» yirtadi-ya... Qodir baxshi ham chertib aytardi, ammo-lekin «Ot mingan yigitlarga oriyat yo‘ldosh bo‘ldi...» derdi. Ay, belida belbog‘i borlar bu gapdan qizinmasin-ma?!.
Chavandoz bova choy ho‘pladi:
— Endi, bu gaplar qolib ketdi. Bugunning bolasi — boshqacha! Bularing otni zooparkda ko‘rib katta bo‘layapti. Shuning uchunmikan, ko‘zida o‘t ko‘rmayman. Ay, tovba-ay...
Sal narida bir talay o‘smirlar yoshi o‘tganroq ikki ayol boshchiligida nimanidir bayram qilishardi. Qiy-chuv, hiring-hiring...
Bittasi turib, magnitofonga kasseta qo‘yib keldi.
— «... qachon, dema, dilni qilma vayron,
qachon, dema, senga jonim qurbon,
kechirgin xatoyim,
kechirib qo‘ygin tamom — Mario!..»
Jazavali raqs boshlandi. O‘smirlar kimo‘zarga qiyqirib, haligi ayollarni o‘rtaga olishib, bilganicha o‘ynashardi. Bittasi esa azbaroyi zavq-shavqdan bo‘lsa kerak, qiz bolani dast ko‘tarib, bir-ikki aylantirib qo‘ydi.
Shayman chavandoz hayron bo‘lib tikildi. Keyin shahd bilan turdi-yu, magnitofonning sim-pimini uzib, otib yubordi. Qiy-chuv bir zumda tinchidi.
Chavandoz bova hayron bo‘lib turganlarga bir qoshini balandlatdi:
— Ha-a?..

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:19:55

Uning xarakterini bilganim uchun aralashmadim. Ammo jim qarab ham turolmadim. Oliftaroq bittasini tutolmay qoldim. Qaboq uyub turgan Chavandoz bovaga ro‘para bo‘ldi:
— Nima qilyapsiz, boboy?..
Ulgurolmadim. Haligi bola tarsakidan ancha nariga uchib tushdi. Boshlandi to‘polon. Yuz-ko‘zlari bo‘yalgan, sochi kalta boyagi xotinlar shang‘illagancha «tartibbuzar zo‘ravon»ga yopishib ketdi:
— Kimsiz, o‘zi. Vaobshe tushunolmay qolduv. Vay, tovba qilsam, jinniroqmisiz,a?..
Chavandoz bova qo‘lini sermadi:
— Tek tur-ay...
Kafening kattalari yugurib keldi. Shayman chavandozni qo‘ltiqlashib, qulog‘iga bir nimani shivirlashib, tashqariga olib chiqishdi.
— Bo‘ldi-ay...
Chavandoz bova bir siltanib, u yog‘-buyog‘ini to‘g‘rilagan bo‘ldi.
— Bizdan qancha?..
Cho‘ntak kovlayotib qarasam, u o‘qrayib turibdi. Tinchidim. Ketayotib, uzr so‘ragani chiqqan qandaydir bolaga chavandoz bova o‘dag‘ayladi:
— Kim, anov urg‘ochi?..
Yigitcha yerga qaradi:
— Ustozimiz...
Indamay yo‘lga tushdik. Shayman chavandoz poezdga chiqarkan, jim bag‘riga bosdi. So‘ng... Ke-e-e-tdi. Shu bo‘yi mana ikki yildirki, u poytaxtga kelmaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:20:05

«QORNIM TO‘YSA, BO‘LDI-DA»

So‘nggi marta qishloqqa borganimda, adirga chiqdim. Bir bola mol boqib o‘tirgan ekan. Gaplashgim keldi, negadir. So‘rashdimu, arang tanidim: uyi anhorning narigi betida. Juvozkash amakining supraqoqdisi. Bu yil 9-sinfni bitiribdi.
— Kitob o‘qiysanmi? — dedim gapni aylantirib.
Boshini chayqadi. Sababini so‘rasam, yelkasini qisdi. Menam qo‘ymadim.
— Kim bo‘lmoqchisan?
— ... Hech kim...— pichirladi u.
— Iya, uka, sal pastroq tushing, — dedim erkalab. — Agar sen hech kim bo‘lolsang, dunyo nima bo‘lishini bilasanmi?
Ajablanib tikildi.
— Shaharda o‘qiysanmi, nasib bo‘lsa?
— Yo‘q...
— Nimaga, endi?
— Otamning puli yo‘q, — cho‘rt kesib gapirdi u.
— Iya, qiziq ekansan-ku. Sarflagan puling bir kuni qaytib keladi.
— ...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:20:13

Boshini siladim:
— Xo‘sh, otang bilan gaplashsam, o‘qiysanmi?
U o‘ylanib qoldi. Keyin... ishonasizmi, naq saksondan sakragan cholday gapirdi:
— Bizar kattarguncha... zamonlar o‘zgarib ketadi.
— Nimasi o‘zgaradi, — dedim iddao aralash.
— ...
Bir pas jim qoldik.
— Cho‘pon bo‘lasanmi? — dedim andak o‘tib.
Boshini sermadi.
— Keyin-chi?
— Mol boqaman.
— Bor-yo‘g‘i shumi? — dedim ajablanib.
U yerga qaradi:
— Qornim to‘ysa, bo‘ldi-da.
Iloji boricha xotirjam gapirishga urindim:
— Hov, anov targ‘il g‘unajinni ko‘ryapyasanmi? Ana shuning ham qorni to‘ysa bo‘ldi. Sening undan farqing yo‘qmi?
Ukam tushmagur qochib ketdi.
Kechqurun hamsoyamiznikida to‘y bo‘ldi. Otarchilar shaharlik ekan. Ko‘pchilikning ko‘zi husni qocha boshlagan raqqosa-da. U ham o‘z ishining ustasi: pul chiqarmaguningizcha ketmaydi. Kimdir pul uzatib o‘pmoqchi bo‘ldi. Raqqosa nozlandi. Haligi kishi shartta do‘ppisini kiydirdi-da, pulga belab tashladi. Raqqosa bu safar yo‘q demadi, hartugul. Maqsadiga yetgan boyagi kishi atrofga burgutona qarash qilib davradan chiqdi. Yonimga kelib o‘tirganida uni tuyqus tanib qoldim. Bu — o‘sha juvozkash edi.

Qayd etilgan