Muallif Mavzu: Ibratli hikoyatlar  ( 29854 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #15 : 21 Oktyabr 2006, 07:10:35 »
   Luqmoni Hakim Habash xo‘jayinining quli bo‘lgan. Unga bir kuni qo‘y berib: "œEng shirin joyidan kesib keling", — deydilar. Luqmon qo‘yning yuragi bilan tilini kesib keladi. Yana bir gal qo‘y berib:
   "œUning eng yomon joyini kesib keling", debdi xo‘jayini. Bu gal ham Luqmon yuragi va tilini kesib kelibdi. Buni ko‘rgan xo‘jayin savol beribdi. Shunda Luqmon: "œAgar bir zotning tili shirin, yuragi pok bo‘lsa, eng yaxshisi shu. Agar tili achchiq, yuragi qora nopok bo‘lsa, bu eng yomoni", — deb javob beribdi. Shundan keyin undagi karomatni sezgan xo‘jayin qullikdan ozod qilibdi. Bir kuni o‘tayotib, bir xonadon oldida kirib-chiqib turgan xaloyiqni ko‘rgan xo‘jayin shu ostonaga intiladi. Qarasa, o‘zi ozod qilgan qul. "œSen men ozod qilgan Luqmon emasmisan?", — deganida. "œHa", — degan. "œSen qanday qilib shu martabaga erishding, ya’ni qanday qilib xalqni rozi qilayotibsan?", — debdi. Shunda qul: "œMening yuragimning pokligi, shirin tilim, yaqinlarimga mehr-muhabbatim, qo‘shnilarimga hurmat-izzatim, beminnat mehnatim, halolligu pokligim, to‘g‘ri so‘zim, birovlarning oilasiga, xotiniga nopok nazarim bilan qaramaganim meni shu darajaga ko‘tardi.", — degan ekan.

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #16 : 25 Fevral 2007, 21:52:14 »
O’ZGARISHNING BOSHLANISHI

Keksa bir so’fi o’zi haqida shunday degan ekan: "Yoshligimda juda isyonkor edim va yaratganga iltijo qilib, "Tangrim, menga dunyoni o’zgartirishim uchun kuch ato et!", derdim. O’rta yoshga yetganimda, umrimning yarmiga kelgan bo’lsam ham, hatto birgina insonni ham o’zgartira olmaganimni farqlaganimdan so’ng iltijoni shu taqlid o’zgartirdim: "Tangrim, men bilan birga bo’lgan yaqinlarimni o’zgartirishim uchun menga salohiyat ber, ayniqsa, oilam va do’stlarimni o’zgartirishga quvvat ber. Shunda baxtli bo’lardim". Endi esa yoshim bir joyga borib qoldi, o’tgan umrimni sarhisoblab, naqadar ahmoq bo’lganimni payqay boshladim. Dilimdagi birgina duo esa shu: "Tangrim, menga o’zimni o’zgartirish uchun quvvat ber!" Agar boshidan shunday duo qilganimda hayotimning har bir lahzasini bekorga sarflamagan bo’larmidim".
Vaqtimizni o’zgalarni o’zgartirish uchun harakat qilishga sarflay olamiz. Biroq, aslida birgina kishini o’zgartira olamiz: Faqat o’zimizni... Natijani hisobga oladigan bo’lsak, shuning o’zi ham yetarli.

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #17 : 02 Mart 2007, 16:53:22 »
   Vaqt  (Hikoya)

Bir vaqtlar butun tuyg’ular va tushunchalar yashaydigan bir orol bor ekan. Shodlik, Qayg’u, Bilim va boshqalar"¦Sevgi ham u yerda ekan.
Bir kuni orol suvga ko’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’ngi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi yordamga chaqira boshlabdi
Boyli juda katta bir kemada ekan. "œBoylik, meni yoningga olasanmi?" — deb so’rabdi Sevgi. "œYo’q" — debdi Boylik, "œOlolmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi"
Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so’rabdi: "œ Kibr, iltimos, menga yordam ber!"
"œ Senga yordam bera olmayman, Sevgi, shalabbo bo’lib yotibsan va elkanlarimni bulg’ashing mumkin".
Qayg’u ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi unga yuzlanibdi: "œ Qatg’u sen bilan ketay"¦"
"œ Uff"¦Sevgi, shu qadar yomonmanki, yolg’iz qolmoqchiman".
Shodlik ham Sevgining yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham"¦
Shunda Sevgi bir ovoz eshitibdi: "œKel Sevgi! Seni yonimga olaman". Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etbdi-ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi.
Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi"¦
Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi, Bilimdan so’rabdi: "œ Menga yordam bergan kim edi?"
"œU Vaqt edi", - deb javob beribdi Bilim
"œVaqt-mi? U nega menga yordam berdi?"
Bilim jilmayibdi: "œ Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi"¦"

Bu hikoyani www.samdu.uz da o'qishingiz ham mumkin.

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #18 : 31 May 2007, 18:56:21 »
Soyaboningizni unutmang
   Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’ošchilik avj olib kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi. Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: «Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutšara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg'ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo’lib keling».
   Odamlar o’zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga to’plandilar. Ammo imom ularni ko’rishi bilan jahl otiga minib:
-   Bugun duo qilmabsiz. Demak, сœali сœam yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.
-   Iya, - deb e’tiroz qiladi odamlar, - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.
-   Ishonyapsizmi? — deb so’raydi imom, unda soyoyabonlaringiz qani?
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko’p. Bu insonlar umr bo’yi istak va duolarining ijobat bo’lishini umid qiladi, lekin aslida ro’yobga chiqishini kutmaydi. Ba’zilar bo’lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so’nggi nuqtasigacha har on go’yoki bir hodisa yuz berishi mumkindek, hozirlik ko’rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringizning ijobat bo’lishini hamda natija berishi uchun harakat qilyapsizmi?
Unda soyaboningizni unutmang!!!


Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #19 : 31 May 2007, 19:06:21 »
Butun dunyo yo’q desa ham
   
Genri Uord Bicher ismli kishi maktabda o’qib yurgan kezlari bir umrga tatigulik voqyeani boshidan kechirdi va bundan o’ziga yarasha xulosa chiqara oldi.
Yosh Genridan o’rtaga chiqib, o’tilgan darsni sinfdoshlariga tushuntirib berishni so’rashadi. U mavzuni enidgina boshlagan ham ediki, o’qituvchisi «yo’q» deya fikrini bo’ladi. Genri takror boshidan boshlaydi, ammo ustozi yana baqiradi: «Xato». Izzat-nafsiga tekkan, bu gapdan jahli chiqqan Genri borib joyiga o’tiradi.
Navbatdagi o’quvchi darsni gapirib berish uchun o’rnidan turadi va u ham ma’ruzani boshlagan zahoti o’qituvchisidan rad javobini eshitadi: «Bo’lmagan gap». Biroq bu o’quvchi mulohazasini oxirigacha davom etadi. Gapini tugatishi bilan o’qituvchi «Barakalla», degancha o’tirishga ruxsat beradi.
Bu hol Genrini tamomila shoshirib qo’ygan edi. U ustoziga bo’lib o’tgan anglashilmovchilikdan norozilini bayon etadi: «Men ham xuddi shunday gapirib berayotgan edim, hyech narsaga tushunmayapman». O’qituvchi esa jilmaygancha unga shunday deydi: «Darsni to’liq tushunmagansan, buni tan olishing kerak. Seni to’xtatishimga imkon berishing o’zingga ishonmaganlikdan dalolat beradi. Hatto butun dunyo «YO’Q» desa ham, sening vazifang «HA» deyish va haqligingni isbotlab berishdan iboratdir!»
Umr davomida odamlar ming xil ko’rinishda «yo’q» deyishadi:
-   To’xta, buni qilolmaysan.
-   To’xta, yanglish yo’ldan ketyapsan.
-   To’xta, buning hyech bir narsaga yaramaydi.
-   To’xta, yetarlicha biliming yo’q.
-   To’xta, puling yo’q.
-   To’xta, bunday qilinmaydi...
Har bir «yo’q» javobining o’zingizga bo’lgan ishonch alangasini toki siz taslim bo’ldim, deguningizga qadar asta-sekin puflab o’chiradigan ta’siri bo’ladi. Atrofingizdagilar har kuni sizga «yo’q» desalar-da, siz o’zingizga ishonsangiz «HA» deyishda davom eting va buni isbotlashga boringizni sarflang. Shuningdek, bunda nekbin bo’lishni ham unutmang!!!

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #20 : 31 May 2007, 19:07:48 »
Rostgo’ylik ehtiyoji

   Buyuk tennischi Artur Ashe 17 yoshida shunday voqyeani boshidan kechiradi:
Artur А‚arbiy Virjiniyadagi bir turnirda ishtirok etardi. Ko’p hollarda bo’lgani kabi musobaqadagi yolg’iz qora tanli ishtirokchi edi. Kunlarning birida bir necha bola yaqin atrofdagi do’konga zarar yetkazadi. Do’konni butunlay ostin-ustun qilishadi. Ertasi kun ular siri ochilgach, Arturni ham o’zlarining hamtovog’i deb aytishadi. Voqyea tafsiloti mahalliy gazetalarda yoritiladi. Artur bu ishga aloqador bo’lganligini rad etadi, bolalar esa tuhmat qilishda davom etishadi. Artur uchun eng yomoni bunga otasining nima deyishiyu nima qilishi edi. Nihoyat uni cho’chitayotgan telefon orqali suhbat oni ham yetib keladi.
Tahmin qilinganidek, otasi voqyeadan boxabar edi. Shu bois tovush toni ham juda baland edi. U o’g’liga birgina savol beradi: «Artur, bilmoqchi edim, bu ko’ngilsizlikda qatnashdingmi?». Artur «Yo’q ota qatnashmadim!» deb javob beradi.otasi bu mavzuda boshqa hech narsa so’ramaydi. Artur с‰u on nima sababdan har doim to’g’ri so’zlash tashviq qilinganini anglaydi. To’g’ri so’zga ishonadigan kun kelishi aniq edi. Otasining ishonchi va hurmatini ancha oldin qozonganini bilardi. Shu kundan keyin rostgo’y inson bo’lib umr o’tkazishga har narsadan ko’proq ahamiyat beradigan bo’ldi.
Afsuski, har qadamda to’g’rilik va rostgo’ylikka imkon bermaydigan odamlar oramizda topiladi. Ammo bizning to’g’ri so’zlarga ehtiyoimiz katta. Rostgo’yiligi bilan alohida ajralib turadigan odamlarga, fazilatlari bilan yashashga qaror qilganlarga, yoshi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, nima bo’lganda ham o’zgalarning ishonch va hurmatini kundan-kunga qozonadigan odamlarga muhtojligimiz bor.
Dunyomizga yangi rostgo’yning keragi yo’q. Siz bor-ku!!!
                           (Yosh kuch, 2005 7-8 son)

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #21 : 31 May 2007, 19:10:03 »
Endi aslo shikoyat qilmayman

«Šonunlar insonlarga faqatgina baxt-iqbol izlash huquqini beradi. Unga erishish esa sizning zimmangizda».
B.Franklin
20-asrning 70-yillarida bir odam xizmat safari bois Arizona cho’lidan o’tishiga to’g’ri keladi. Ko’kdan chelaklab quygan kabi yomg’ir yog’ardi. Haydovchi yonilg’qi quyish shaxobchasi oldida to’xtaydi. Mashina ichida o’tirgancha, usti-boshi shalabbo bo’lib, benzin quyayotgan ishchining xatti-harakatlarini kuzatadi. Ketishga otlanar ekan, bemahalda kelganidan xijolat bo’lgandek, «Sizni shunday havoda tashqariga chiqarganim uchun uzr so’rayman, birodar», deydi. Ishchi bo’lsa mamnuniyat bilan jilmaygancha, «Eh, qo’ysangchi, ovorasi bor ekanmi?! Bir nechay illa oldin Vyetnam urushida qamalda qolib ketgandim va ana shunday og’ir vaziyatda o’zimga-o’zim so’z bergandim: «Agar bir kuni shu yerdan omon-eson chiqib olsam, shu qadar shukr qilamanki, u dunyoi bu dunyo hyech narsadan shikoyat etmayman», deydi.
Har birimiz har doim gapirgan gaplarimizning mas’uliyatini his qilishimiz lozim. Ko’rkam va benuqson umr koshonasini qurmog’imiz uchun bu shart va zarur omil.

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #22 : 31 May 2007, 19:11:17 »
Harakatga o’ting

Kichik ayiq bolasining qanday yurish borasida biroz boshi qotgandi. U ikkilangan ko’yi onasidan so’raydi: «Oldin nima qilshim mumkin? O’ng oyog’im bilan boshlaymi yoki chap oyog’im bilanmi? Yoxud har ikki old oyog’imni keyin ikki orqa oyog’imni harakatga keltiraymi? Yoki bo’lmasa, o’ng tomondagi ikki oyog’im va chap tomondagi ikki oyog’im qadam tashlaganim tuzukmi?». Onasi bunga javob qaytaradi: «O’ylashni bas qil va yurishni boshla».
Ona ayiq eng to’ri so’zni aytgandi. Chunki barcha ishlar o’ylash va gapirishni bir chetga qo’yib, qilina boshlangandan so’nggina ilgarilay boshlaydi. Buyuk ixtirochi Nolan Bushne aytganidek, hammomga kirgan har bir odlamda fikr tug’ilishi tabiiy. Farq shundaki, yaratuvchan odam hammomdan chiqib, bu fikrni hayotga tadbiq etadi.
Yoki mashhur yozuvchi Sidney Xarris ta’biri bilan aytganda, «Šilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
Demak, eng yaxshi dars fikr tug’ilishi bilan uni ro’yobga chiqarishga harakat qilishimizda bilinadi.
(Yosh kuch, 2005, 9-son)


Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #23 : 23 Oktyabr 2007, 10:34:23 »
Robiyatul Adaviya hazratlari kechasi bilan namoz o’qib,Qur’oni tilovat qilib chiqar edilar.Shu odatlariga ko’ra, bir kuni allamahalgacha namoz o’qidilar.So’ng joynamoz ustida uxlab qoldilar.Shu paytda uylariga o’g’ri tushdi.Ammo hamma joyni qarab, o’g’irlashga arsigulik narsa topmadi.Oxiri, ketar choqda, "œkirganimga yarasha quruq ketmay", deb Robiya hazratlarining ko’chada yopinadigan yopinchig’ini qo’liga oldi.Biroq uydan chiqaman deganda,eshikni topolmadi.Nima qilishini bilmay,yopinchiqni joyiga qo’ydi.Keyin eshikni osonlikcha topdi.So’ng ortiga qaytib,hijobni oldi.Ammo yana eshikni yo’qotdi.Shu hol yetti marta takrorlandi.Yettinchi marta hijobni qo’liga olganda: "œEy kishi! O’zingni qiynama.U yopinchiqqa yaqinlashishga shaytonga kuch yo’q,o’g’riga yo’l bo’lsin.U uxlayotgan bo’lsa ham, uning do’sti uyg’oq va uni qo’riqlamoqda!" degan ovoz eshitildi.O’g’ri juda qo’rqib ketdi.Hali o’ziga kelib ulgurmagan edi,ichkari xonadan uy sohibasining ovozi eshitildi: "œOvora bo’lib kelganingga yarasha bo’sh ketma, tashqaridagi obdastada suv bor, tahorat olib ket".
  Bu so’zdan o’g’ri qattiq ta’sirlandi.Chiroyli tahorat oldi,tavba qilib,yaramas odatidan voz kechdi.  "Musulmonlar taqvimi"
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 16:32:26 muallifi milanelly »

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #24 : 25 Oktyabr 2007, 15:41:35 »
Ka’b aytadi:
-   Solih kishi o’lib,qabrga qo’yilgan vaqtda uning namoz,ro’za,haj,jihod,sadaqa kabi amallari undan ajralganlaridan qo’rqib titray boshlaydi.Azob farishtalari u kishining oyoq tomonidan keladilar.Shu asno namoz tilga kirib deydiki:
-   Undan uzoqlashing!Sizning u bilan qiladigan ishingiz yo’q.U mana shu oyoqlarida Olloh uchun tik turdi.Meni ado etdi.
Azob farishtalari bu safar uning bosh tomonidan keladilar.RO’ZA tilga kirib deydiki:
-   Sizning u bilan qiladigan ishingiz yo’q.U dunyoda Olloh uchun och yurdi,suvsiz yurdi(ro’za tutdi).
Farishtalar bu safar yon tomonidan keladilar.Lekin tilga kirgan HAJ derki:
-   U jonini o’rtaga qo’ydi,tanini zahmat-mashaqqatdan ayamadi.Shu tufayli sabr-toqat nimaligini bildi,haj qildi,sizning u bilan qiladigan oldi-berdingiz yo’q.
Oxiri azob farishtalari marhum qo’lining uchi tomonidan keladilar.Bu safar esa SADAQA tilga kiradi va deydiki:
-   Yaqinlashmang mening egamga.U bu ko’rib turganingiz ikki qo’li bilan Olloh rizosi uchun qancha-qancha sadaqalar bergan,qancha-qancha ezgu ishlar qilgan,shuning uchun Ollohning huzuriga chiqishga munosib.
Shunda u kimsaga shunday bir nido keladi:
-   Xushxabar!Sen hayotligingda qanday go’zal,qanday yaxshi bo’lgan ekansan.Hozir ham o’liklar ichida eng go’zal o’liksan.
Shundan keyin rahmat farishtalari keladi.Uning uchun jannatdan bir to’shak,bir choyshab keltiradilar.Qabr ko’zi qamray olmas darajada kengaytiriladi.Yana jannatdan keltirilgan bir qandil bilan qabr yop-yorug’ qilinadi.U qiyomat kuni Olloh qabrdan turg’izgunicha shunday yoritib turadi.
         
                                                                                   ("œTanbehul-g’ofiliyn"dan)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #25 : 31 Oktyabr 2007, 21:14:35 »
Qadim zamonlarda kambag’al yigit bo’lgan ekan.Uning ayoli og’iroyoq bo’lib,vaqti-soati yetib ko’zi yoribdi.Juda nochor bo’lganlaridan bolani yo’rgaklagani toza mato topilmabdi.Shunda bechora ona boshidagi ro’molni yechib bermoqchi bo’libdi.
  O’zi qashshoq bo’lsa ham, diniga vafodor,namozxon yigit bunga yo’l qo’ymabdi:
-   Ayol kishi ro’molini yechsa,boshidan farishtalar uchib ketadi, - deb, yigit umid bilan uy ichini zir aylanibdi.Bir payt baxtiga burchakdagi tokchaning tepasida osilib turgan lattaga ko’zi tushib qolibdi.Matoni olish maqsadida uni ushlab qattiq tortibdi.Shunda tokcha o’pirilib,temir sandiqcha tushibdi.Ichini ochsa liq to’la tilla ekan.Yigit Allohning himmatli zot ekanligiga yana bir bor hamdu sanolar aytgancha umrining qolgan qismini oilasi bilan rohat-farog’atda o’tkazibdi.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #26 : 11 Noyabr 2007, 15:40:46 »
Guldasta   
     Avtobusta qo'lida bir quchoq gul bilan bir qariya o'tiribti. Uning qarshisida otirgan qizning ko'zlari gullarga tushadi. Qariyaning avtobustan tushish vaqti keladi. Qariya gullari qizga berib, "Gullari sevishingizni bildim. Ayolim ham sizga berishimni hohlardi, unga gullari sevgan insonga berganligimni aytaman." deb tushadi. Qiz avtobustan tushgan qariyani qabristonga yo'l olishini kuzatib qoldi.
(Joe Batten)

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #27 : 11 Noyabr 2007, 15:41:14 »
Imkoniyat   
     Bir necha hafta oldin bir hodisa yuz berdi. Honamda bolalarimdan birining tagliklarini almashtirayotganimda, besh yoshli Alisa yonimga keldi va o'zini yotoqga tashladi. "Oyi, katta bo'lganingizda kim bo'lmoqchisiz?" dedi Avaliga o'yin o'ynayapti dedim va o'yinni davom ettirish maqsadida "Hmmmmm, katta bo'lganimda ona bo'lishni hohlayman." dedim "Bu hisob emas, chunki siz shundoq ham onasiz. Kim bo'lmoqchisiz?" "Balki rohiba bo'lmoqchidirman" dedim "Onajon bu ham bo'lmaydi, siz shundoq ham rohibasiz!" "Jonim nima aytishim kerakligini tushunmadim." "Onajon katta bo'lganingizda kim bo'lishni hohlashizni so'rayapman. Kim bo'lmoqchi bo'lsangiz, shu bo'la olasiz." Shunchalik hayron qolgan edimki birdaniga javob topa olmadim. Alisa diqqat bo'lib chiqib ketdi. O bir necha daqiqa menga juda tasir qilgan edi. Chunki qizimning ko'z o'ngida men hali ham istaganim bo'la olardim! Yoshim, karyeram, beshta bolam, erim unversitet diplomim, master darajam; hech birining ahamiyati yo'q edi. Uning hayolida men hali ham kelajagim bor edi. Uning hayolida men hali ham astranaft, piyanist, hattoki opera sanatchisi bo'la olardim. Uning hayolida men hali yana katta bo'lib kimdir yana bo'lardim. Bu kechirgan onlarim menga juda ta'sir qilgan edi. Shu savolni u buvisiga buvasiga ham soray olardi. Shunchalr ichdan so'ralgan savol edi. Bir joyda o'qiganim:"Yillar songra qari ayol, hozirgi mendan farqli bo'ladi. Ichimda bir boshqa men borligini his eta boshladim." Siz katta bo'lganingizda kim bo'lasiz?

(Rohiba Teri Johnson)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #28 : 15 Noyabr 2007, 12:33:38 »
Bir diyonatli, fozil odamning uyida sichqonlar ko’payib ketdi.Odamlar unga:
-   Nega uyingizda mushuk asramaysiz?Mushuk sichqonlar kushandasi ekanini bilasizku.Agar bitta mushuk asrasangiz, sichqonlar hujumidan qutulasiz, - dedilar
Diyonatli fozil odam ularga:
-   To’g’ri aytasizlar, lekin bu maslahatingizni vijdonim qabul qilmaydi.Agar mushuk asrasam, hamma sichqonlar mushuklari yo’q qo’shnilarimning uylariga tarqaladilar, qo’shnilarimga ko’p aziyat beradilar.O’zimga istamagan narsamni qo’shnilarimga istaymi?O’z foydamni ko’zlab,boshqalarga zarar yetkazaymi?Yo’q, bu ishni vijdonim aslo qabul qilmaydi, - deb javob berdi.


Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #29 : 15 Noyabr 2007, 12:35:03 »
Bir guruh hind hakimlari bir majlisda Anushervonning mashhur donishmand vaziri Buzurjmehrning kamolotini ta’rif va tavsif qilib, unda bor yo’g’i bir aybdan boshqa ayb topolmadilar; Buzurjmehr bir masala haqida so’zlarkan, to’xtab-to’xtab bir oz o’ylab so’ngra so’zini davom ettirardi.Uning bu ishi tinglovchining anchagina vaqtini olardi.
  Buzurjmehr hind hakimlari tomonidan o’ziga qo’yilgan mana shu birgina aybni eshtiib aytdi:
-   Avval "œnimani so’zlasam ekan?" deb o’ylagandan keyin soz’lash — "œbu noma’qul so’zlarni nega so’zladim?" deb pushaymon qilishdan ko’ra yaxshiroqdir, deb javob berdi.