Muallif Mavzu: Ibratli hikoyatlar  ( 29085 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #30 : 19 Dekabr 2007, 11:09:45 »
  Arab ulug’laridan Talxa nomli bir boshliq muhim bir ishni hal qilish niyati bilan Kays qabilasiga kelib, u qabila raisi Malib ibn Avfning mehmoni bo’ldi. Malik mehmonning kimligini bilmagani, uni tanimagani uchun mezbonlikni ko’ngildagidek yaxshi bajarmadi.
  Ertasi kuni Talxa o’z uyiga qaytganidan keyingina, Malik mehmonnig kimligini bilib, mezbonlikni yaxshi bajarmagani uchun pushaymon qildi.
  Darhol Talxaga:
-   Men sizni tanimaganim uchun martabangiz, obro’yingizga munosib bo’lgan xizmatni bajo keltirmadim, mezbonlik vazifasini yaxshi bajarmadim, shuning uchun juda ham xijolatdaman. Bu gunohimni kechirasiz deb, umid qilaman. Uzrxohlar uzrini qabul qilish karamingiz shevasidir, - degan mazmunda xat yozdi.
  Talxa xatni olib, unga shunday javob yozdi:
-   Uzringni qabul qildim, ko’p tashvishlanma, uzrxohlarning uzrini qabul qilish mening eng sevimli ishimdir, qilgan ishingdan also xijolat chekma, ko’ngilsiz bo’lma.
  Bayt:
                  Chun nadomat mashriqidin uzr subhi ursa dam,
                  Tun qorong’usi kabi barcha gunoh bo’lg’ay adam.

 Ammo “men sizni tanimadim degan so’zing to’g’ri emas, noma’qul va karam shevasidan uzoq bo’lgan so’zdir, chunki mehmonnavozlikda e’zoz va karam har kimga birdekdir. Hamma yerga quyosh kabi bir tekis da nur sochish, hamma joyga bir ravishda yog’ish mezbonlik shartidir. Mehmonnavozlikda hammaga bir xil, bir tekisda qarash lozim ekanini mezbon unutmasin.
  Talxaning javob xatidan Malik juda ta’sirlanib, unga yana uzr so’rab xat yozdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #31 : 28 Dekabr 2007, 13:36:52 »
Qilgan gunohlarini arz etib tavba – tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikinchisi esa qirq – qirq beshlarga kirgan o’rta yoshli xotin edi. Yosh xotin o’zining zo’r gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qayg’urardi. O’rta yoshli xotin esa o’zini xudojo’y hisoblab, ba’zi mayda – chuyda gunohlardan bo’lak zo’r gunoh qilmaganiga ishonardi va shuning uchun o’z holidan mamnun edi.
  Chol ikki xotinning har biridan qanday umr kechirganini so’radi. Yosh xotin ko’zlaridan yosh to’kib:
-   Men juda zo’r gunoh qildim, erim bilan urishdim, qattiq – qattiq so’zlar aytib, uning ko’nglini vayron qildim, - dedi. O’rta yoshli xotin:
-   Men xudojo’y xotinman, ehtimol ba’zi mayda – chuyda gunoh qilgan bo’lsam kerak, bularni eslay olmayman, ammo zo’r gunoh qilmaganimga ishonaman, mayda gunohlarimga tavba qilsam bas, - dedi.
  Chol bularning so’zlarini diqqat bilan tinglab, yosh xotinga:
-   Mana shu bog’chaning chetida anchagina katta – katta toshlar yotibdi. Shulardan o’zing ko’tara oladigan bir toshni olib kel, - dedi.
  Xudojo’y o’rta yoshli xotinga:
-   Sen har qayerdan mayda toshlarni terib olib bir xaltaga solaver, xaltang to’lgandan keyin olib kel, - deb buyurdi.
  Xotinlar chol buyrug’ini bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, o’rta yoshli xotin esa bir xaltaga to’la mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikkala xotinning keltirgan toshlarini ko’zdan o’tkazgandan keyin ularga:
-   Endi keltirgan toshlaringizni o’z joylariga eltib qo’yib, keyin mening yonimga qaytib keling, - dedi va mayda toshlar keltirgan o’rta yoshli xotinga:
-   Sen har qaysi mayda toshni qayerdan olgan bo’lsang, uni o’z joyiga qo’y, - deb alohida ta’kidladi.
  Xotinlar toshlarni olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qo’yib, darrov chol yoniga qaytib keldi. O’rta yoshli xotin esa har bir toshni qayerdan olganini bila olmay garang bo’ldi. Chol har iki xotinga qarab:
-   Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda bo’ladi. Mayda gunohlarga e’tibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga o’tamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, - dedi va yosh xotinga:
-   Sen og’ir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana o’z joyiga eltib qo’yding. Shunga o’xshash qilgan aybing, gunohingni ham unutmay qayg’urding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutulding, - deb qo’shimcha qildi- da, xudoj’oy xotinga:
-   Sen mayda toshlar o’rinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta – sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, ko’rdingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bo’lib yig’lab tavba qildi. Xudojo’ylik amalsiz bo’lsa, unga e’tibor berilmaydi. Kel, katta – kichik hamma gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh qilmaslikka ahd qil, - dedi.
  Nuroniy cholning so’zlari bu xudojo’y xotinga qattiq ta’sir etdi. Yig’lab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, axloq haqidagi pand – nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #32 : 03 Yanvar 2008, 12:45:05 »
Bir aziz mo’tabar odam bir yigitning ota – onasiga qilgan xizmatlarini eshitib uni ziyorat qilmoqchi bo’ldi. Bu yigit qassob edi. Mo’tabar odam qassobchilik bozoridan u yigitni izlab topdi. U bilan ko’rishib, hol – ahvol so’rashgandan keyin:
-O’g’lim, men musofir bir kishiman, agar qabul qilsangiz, bu kechani sizning uyingizda o’tkazsihni istayman – dedi. Yigit mo’tabar odamning iltimosini jonu dil bilan qabul etdi, kechqurun do’konini berkitib, u bilan birga uyga qaytdi.
  Uyning bir chekkasidagi to’shakda qarilikdan juda kichkina bo’lib qlgan bir chol yotardi. Yigit mo’tabar mehmoniga joy ko’rsatib:
-Aziz mehmonim, qani, bemalol o’tirib dam oling, to’shakda yotgan muhtaram chol mening otam bo’ladilar. Onam yaqinda vafot etdilar. Otamga mendan boshqa qaraydigan kishi yo’q. Har kuni aziz otamning xizmatlarini qilib, keyin ishga ketaman, - dedi. Yigit darhol sho’rva pishirishga kirishdi. Ovqat tayyor bo’lgach, bir kosachada sho’rva olib otasining yoniga keldi. Uning boshini sekingina ko’tarib sho’rvani ichirdi. Yigit, chol otasini uxlatib xotirjam bo’lgandan keyin mehmon uchun dasturxon yozdi. O’ziga ham, mehmonga ham sho’rva keltirdi, birgalashib ovqatlandilar. Mo’tabar mehmon:
-O’g’lim, sen otangni to’ydirib, yuvib – tarab o’rniga yotqizganingdan keyin u og’zini qimirlatib turdi; shu bilan u nima demoqchi edi? – deb so’radi.
-Men har vaqt otamni ovqatlantirganimdan keyingina o’zim ovqatlanaman. Agar undan avval ovqatlansam, ota hurmatini bajo keltirmagan tarbiyasiz, adabsiz o’g’illardan hisoblanardim. Otam mendan juda rozidirlar. Taomdan keyin og’zilarini qimirlatib shukur etadilar va mening haqimga duo qiladilar. Marhuma onam ham mendan rozi edilar. Doimo haqimga duo qilardilar, - dedi yigit.
  Mo’tabar odam yigitning so’zlarini eshitgach, ko’zlariga yosh olib:
-Barakalla, o’g’lim! Sen haqiqiy farzand ekansan. Ota – ona hurmatini unutgan farzandlar sendan ibrat olsinlar. Ofarin, o’g’lim. Ota – onangga qilgan xizmatingni xayrli ajrini ko’rasan, - dedi va yigit haqiga duo qildi. Ertasi kuni ertalab, yigit bilan xayrlashib o’z yo’liga qaytdi.
  Aziz farzandlar, ota – oangizni hurmat qilishni aslo esingizdan chiqarmang. Ota – onangizga qanday muomala qilsangiz, kelgusida o’z farzandlaringizdan shunday muomalani ko’rishingiz aniq.



«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #33 : 18 Yanvar 2008, 16:31:20 »
Farzand ota-ona ziynati.
  Qadim zamonda bir shahar boshlig’ining xotini shahardagi mo’tabar odamlarning xotinlarini ziyofatga da’vat qildi.Mehmonlar tayin qilingan vaqtda tashrif buyurdilar,o’rindiqqa o’tirib,ovqat kelguncha,o’zlarining qimmatbaho kiyimlari,zirak,uzuk,zebigardon kabi taqinchoqlar haqida so’z yuritdilar,juda qimmatli ziynat asboblariga ega bo’lishlari bilan faxrlandilar.
  Shu vaqt sodda kiyim kiygan,ziynat asboblarini taqmagan bir yosh xotin kirib keldi.Bu xotin ziyofat egasining simglisi edi.Salom berib mehmonlar bilan ko’rishdi,keyin bo’sh bir o’rindiqqa kelib o’tirdi.Mehmonlar bu xotin ziyofat egasining singlisi ekanini bildilar,lekin uning sodda ekani,zeb-ziynat narsalarini taqmagani uchun hayron bo’lib undan:
-Nega sodda kiyingansiz?Zirak,uzuk,zebigardon kabi qimmatli narsalaringiz yo’qmi?-deb so’radilar.Uxotin:
-Menda sizlarning qimmatbaholi asboblaringizdan ko’ra qimmatliroq zeb-ziynatlar bor,-dedi.
  Mehmonlar ko’rishni istagan edilar,u xotin tashqariga chiqib bir o’g’il,bir qiz,ikki yosh bolani yetaklab keldi,ularni mehmonlarga ko’rsatib:
 -Mening jonimdan ham qimmatli zeb-ziynatim mana shulardir.Bu do’ndiqlarimni otmning bolalari yoniga qo’yib,sizlarning yoningizga kirgandim.Ayting-chi,ota-ona uchun farzanddan ham qimmatli narsaning bo’lishi mumkinmi?Sizlarning zeb-ziynat deb o’ylagan narsalaringiz farzand oldida hech darajasiga tushib qoladi.Keling,o’ylagan puch ziynatlaringizga emas,sevimli farzandlaringiz tarbiyasiga ahamiyat bering,sevimli do’ndiqlaringizniodobli,axloqli,g’ayratli,jasoratli etib o’stiring,suhbatingiz,fikringiz,zikringiz mana shu to’g’rida bo’lsin.Farzand-ota-ona ko’rki,ziynati,hamma ziynatlarning ziynati,buni esdan chiqarmang,-dedi.
  Bu oqil,dono xotinning haqqoniy so’zlaridan mehmon xotinlar ta’sirlanib,sukut etib o’ylab qoldilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #34 : 17 Mart 2008, 12:44:05 »
Илм бойликдан устундир

Бир вақтлар Мисрда ака-ука яшар эди. Бири илм ўрганди, бири эса бойлик орттирди. Илм ўргангани ўз замонасининг энг буюк олими бўлди. Унинг укаси эса Мисрнинг энг бадавлат кишиси бўлди. Бой бўлган ука фақир бўлиб қолган илмли акасига менсимай қарар, уни доим камситарди.

-Мен бой бўлдим, буюк салтанат эгаси бўлдим. Сен эса фақир ва йўқсил, мискин ва ночор қолдинг,-дер эди. Олим бўлган акаси унинг сўзларига ҳеч эътибор бермас ва ўзини мағрур тутар эди. У бой укасига шундай дерди: - Эй ўзини билмаган қардошим ! Тушунмасдан оғзингга келган сўзни гапирма! Мен Жаноби Ҳаққа қанчалар шукроналар қилсам арзийди. Чунки мени ўз пайғамбарларига ворис қилди, яъни илм давлатини берди. Менинг назаримда илмдан буюк, илмдан фазилатлироқ бошқа нарса йўқдир. Сен эса Фиръавннинг, Хомоннинг ва Қоруннинг меросига эга бўлдинг, сен умрингни мол тўпламоққа бағишладинг. "Молимнинг бошида чўпонлик қилайин, қўриқлайин", деб умринг бесамар кетди. Сен ўлганингдан сўнг эски сополни ҳам олиб кетолмайсан. Шунинг учун сен молингни бошқалар учун тўплагансан. Сенга Аллоҳнинг савол-жавобидан ва азобидан бошқа нарса қолмайди. Мен оёқ остида чирқираган бир қушча каби хокисорман. Сен эса игнанг билан ҳаммани чақадиган, озор берадиган қизил қовоқ ари кабисан. мен инсонларга азоб берадиган қувват бермагани учун Жаноби Ҳаққа қанчалар шукрона қилсам ҳам камдир.

Изоҳ ва ўгит

Илм соҳиби меҳÑ€ ва ҳурмат кўради, илмдан бенасиб киши эса умрини беҳаловат ўтказади. Илм, ўз соҳиби билан охиратга қадар боради. Бойлик бу дунёда қолади, эгаси эса ҳисобини бера олмаса, жаҳаннамга тушади. Илм инсоннинг шарафини юксалтиради. Бойлик инсонни қўриқламайди. Мол-дунёни эгаси қўриқлайди.

("Ҳикматлар хазинаси"дан)

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #35 : 17 Mart 2008, 12:53:19 »
Ikki ovchi

Ikki ovchi ovga chiqishdi. Bir joydan ayiqning uyini topishdi. Ulardan biri ayiq iniga kirdi. Qarasa, ayiq bolasi yotibdi. Xursandligidan qichqirib, do`stiga debdi: “Men ayiq bolasini ushladim”.
Ikki ovchi ovga chiqishdi. Bir joydan ayiqning uyini topishdi. Ulardan biri ayiq iniga kirdi. Qarasa, ayiq bolasi yotibdi. Xursandligidan qichqirib, do`stiga debdi: “Men ayiq bolasini ushladim”.
— Ushlagan bo`lsang, olib chiq, — debdi do`sti.
— Sudrasam yurmayapti, bir balosi borga o`xshaydi.
— Unday bo`lsa, o`zing chiq!
— Ayiq bolasi chiqishimga ham qo`ymayapti. Mahkam yopishib olgan. Bir ilojini qilib, meni qutqar, — dermish.

Qissadan hissa: Qo`lga kiritmagan narsaga oldindan quvonma.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #36 : 17 Mart 2008, 12:53:40 »
Bo`ri bilan ayiq

Bo`ri bilan ayiq orasiga adovat tushdi. Bo`ri hamisha ayiqning payida yurib, bir kuni uni yarador qildi. Ayiq ko`p zahmat tortdi. Tuzalgach, bir qo`yni so`yib, bo`rini mehmonga chaqirdi. Shundan so`ng bo`ri ayiqni qayerda ko`rsa, xijolatdan uyaladigan bo`ldi.

Qissadan hissa: Biror kishi yomonlik qilsa, u odamga avvalgidek muomalada bo`lsa, yomonlik qilgan odam hamma vaqt xijolatda qoladi.

Forschadan Bahriddin Turg`unov tarjimasi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #37 : 17 Mart 2008, 12:59:54 »
AQL QUDRATI

Qissa.
Nasriddin Afandidan:
— Qanday aqlli bo`lish mumkin? — deb so`radilar.
— Agar yoningda bir aqlli odam gapirsa, — deya javob berdi Afandi, — uning so`zlarini diqqat bilan eshit. Agar seni eshitishsa, o`zing ham diqqat bilan tingla. Ana shunda aqlli bo`lishing mumkin.
Hissa. Fransuz tarixchisi Mabli e`tiroficha, «Insonga xos barcha fazilatlarning eng muhimi va olijanobi aqldir».
O`quvchi va talaba yoshlarimiz eng avvalo muallimlar va ustozlar sabog`ini e`tibor bilan tinglashi va to`la o`zlashtirib olishi, ota-onalar va kattalarning pand-nasihatlarini quloq berib eshitishi, ularga amal qilishi zarur. Faqat darslar va darsliklar bilan chegaralanib qolmasdan, kutubxonalardan qiziqarli kitob va jurnallarni olib o`qish, aqliy tarbiya beradigan teleko`rsatuvlarni tomosha qilish va radio eshittirishlarni tinglab borish ham aqlli bo`lishning zarur omillaridandir.
Ko`rinib turibdiki, aqlli bo`lishning birinchi sharti — bu bilimli bo`lishdir. Sharq donishmandi Abdurahmon Jomiy mana bu baytlarni bekorga bitmagan:
Eng zarur bilimni qunt bilan o`rgan,
Zarur bo`lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin
Unga amal qilmay umr o`tkarma.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #38 : 17 Mart 2008, 13:00:10 »
HAQIQIY DO`ST

Qissa. Birda Afandidan so`radilar:
— Afandi, ayting-chi, hozir qancha do`stingiz bor?
— Qanchaligini ayta olmayman, — dedi Afandi. — Chunki bu yil yerlarimdan yaxshi hosil oldim. Juda yaxshi yashayapman. Do`stlarim boshiga ish tushganda hozir bo`lishadi.
Hissa. Qarang, Nasriddinning javobi donishmandlarga xos, naqadar ma`noli.
Darhaqiqat, boshingga tushgan og`irlikni yengil qiladigan, kulfatli damlarda ham seni tark etmaydigan do`stgina haqiqiy do`stdir:
«Kim g`amli kunda yoru mungdosh bo`lur, shodlik kuningda tag`in yo`ldosh bo`lur» (Farididdin Attor).
Afsuski, yaxshi kunlarda atrofingda girdikapalak bo`lib, yurganlarning hammasini ham do`st deb bo`lmaydi.
Xullas, doimo yodingda bo`lsin:
Yot — yeb to`yguncha,
do`st — o`la-o`lguncha.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #39 : 17 Mart 2008, 13:00:21 »
BARCHA BALO — TILDANDIR

Qissa. Bir yig`inda Nasriddin aytib qoldi:
— Bilasizlarmi, odamga nima uchun ikkita quloq va bitta og`iz berilgan? — so`ng o`zi javob berdi. — Bilmasalaring bilib olinglar: Eshitgan ikki so`zdan faqat bittasini aytsin, deb.
Hissa. Hamma ham gapirishni biladi. Lekin gap bilaman deb, og`izga zo`r bermasligimiz kerak. «Oz demak — soz demak», deganlaridek, har birimiz kam gapirib, ko`proq eshitishni odat qilmog`imiz darkor. «Barcha balo — tildandir», deb bejiz aytilmagan.
Xullas, og`iz bitta — quloq ikkita. Bir marta gapiraylik, ikki marta eshitaylik!

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #40 : 17 Mart 2008, 13:00:36 »
QALTIS SAVOL

Qissa. Maktabda Afandi o`qituvchisiga qaltis savollar berarkan. Bu savollarning ko`pchiligiga domlasi javob bera olmay, qizarib qolarkan.
— Bilimdonman, deya ko`pam kerilaverma, — debdi domlasi Afandiga, — bolalikda aqlli bo`lgan kishilar katta bo`lgach, qip-qizil tentak bo`lishadi.
— Unda taqsirimning o`zlari bolalikda juda aqlli bo`lgan ekanlar-da? — debdi Afandi.
Hissa. Hozirgi o`quvchi va talabalar bilimga juda chanqoq. Darslarni to`la o`zlashtirishga harakat qilishadi. Bilmaganlarini bilish maqsadida ko`plab savollar berishadi. Tan olish kerak, savollar ichida qaltisroqlari ham bo`ladi. Ularga darhol javob topa bilish o`qituvchidan bilimli va zakovatli bo`lishni talab etadi. Bas, shunday ekan, biz, o`qituvchilar ham yangi bilimlarni egallashga harakat qilishimiz va bundan hech qachon or qilmasligimiz shart. Aks holda Afandi o`qituvchisining kuni boshimizga tushib qolishi hech gap emas.

Muhammad TOSHBOLTAYEV,
texnika fanlari doktori

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #41 : 20 Mart 2008, 13:54:53 »
Bir shaharda ulkan OLMA darahti o’sar ekan .Uning boshqa darahtlardan farqi,so’zlashni bilar ekan.Bir kuni o’sha darahtning yoniga bir bolakay kelib yig’lay boshlabdi.
Olma: --Nega yig’layapsan bolakay deb so’rasa,bolakay -Ochman ,yegani hech narsa yo’q-deb javob beribdi.
Olma: Hozir shohlarimni egaman,olmamdan uzib yeyaqol-debdi.
Bolakay olmani yebdi-yu ,hursand jo’nab ketibdi.Ertasiga bolakay yana olma ostiga kelib,yig’lay boshlbdi.Olma sababini so’rasa:
-Kiygani kiyimim yo’q,erta qish-qirovli kunlar kelsa sovuqdan o’lib ketaman-debdi. Olma :-Shohlarimdan olmalarimni uz,bozorga olib borib sot,o’zingga kiyim-kechak sotib ol-dedi.
Bolakay olmalrdan keragicha oldi,bozordan o’ziga kerakli kiyimlarni sotib oldi. Oradan yillar o’tdi,bir kun olma yoniga bir yigit keldi.Bu o’sha bolakay edi.
Olma so’radi:-Nimaga g’amginsan bolakay?
Yigit:-Men bir qizga ko’ngil qo’ydim.Unga uylanmoqchiman,uy qurmoqchiman.Hech ilojini topolmyapman-dedi.
Olma dedi: -Hozir mevalarin g’arq pishgan payt,hammasini ol,bozorga olib bor.To’y qil,uy qur.
Bolakay olmaning hamma mevalarini uzib oldi.Sotib to’y o’tkazdi,uy qurdi,ammo yana bitta kami bitmay qoldi.Bolakay yana olma yoniga bordi.
-Ey olma darahti ,men to’y qildim,uy qurdim ,lekin uyim tomini yopgani yog’och yetmay qoldi. Yana seni yoningga keldim.
Olma dedi:-Men bag’rimda yetishtirgan barcha boyligimni senga berdim,hech narsam qolmadi.Sabr qilgin ha demay yana mevaga kiraman.
Bolakay :-Iloji yo’q ,yomg’irli kunlarda uyim tomi yopilmay qoladimi?-dedi.
Olma: Unday bo’lsa arra topib kel,meni arrala uying tomini yopa qol.
Yigit arra topib keldi,olmani qulatdi,maydalab uyga ishltdi.Daraht o’rnida faqat qirqilgan kunda qoldi holos.
Oradan ko’p yillar o’tdi.Bir kuni olma yoniga qarib munkillab qilgan chol keldi.To’nkaga qarab yig’ladi.Shunda kundadan ovoz kldi.
-Bolakay,haliyam baxtli emasmisan?
Chol: -Mem keksarib quvvatdan qoldim.Oilamga foydam tegmay qoldi.Ayolim vafot etdi.Bolalarim meni o’z qo’lim bilan qurgan uyimdan haydab chiqarishdi.Endi nima qilaman?
Olma to’nkasidan ovoz chiqdi:
-Unday bo’lsa,meni kundamga o’tir va to’yguningcha yig’la!-dedi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #42 : 28 Mart 2008, 11:35:56 »
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kuni barg bilan kesak do’st bo’lishibdi. Ular bir-biridan ajralmaslikka ahd qilishibdi va og’ir kunlarda bir-birlariga yordam berishga va’dalashishibdi.
  Ular ahil yashay boshlabdilar.
Kunlardan bir kun qattiq shamol turibdi.
Shamolning g’uvillashidan qo’rqib ketgan barg kesakka nolish qilib yig’labdi. Shunda kesak:
-Hech qo’rqmagin, men seni bu balodan qutqaraman, - deb bargni pana qilib to’sibdi.
  Shamol qanchalik kuchli bo’lmasin, bargni uchirib keta olmabdi. Bu ahvolni ko’rgan shamolning achchig’i kelib, yomg’irni yuboribdi. Bu bilan kesakdan o’ch olmoqchi bo’libdi. Lekin yomg’ir ham bularni qo’rqita olmabdi.
  Yomg’irning yog’ishini ko’rgan kesak bargga nolish qilibdi. O’zini yomg’irdan qutqarishini so’rabdi. Shunda barg bir sakrab kesakni pana qila boshlabdi. Qanchalik ko’p sel yog’masin, kesakni qo’rqita olmabdi. Yomg’ir tingach, kesak bilan barg quchoqlashib ko’rishibdilar. Ular o’zlarining mehr-oqibatlaridan xursand bo’lib, yanada inoqlashib ketibdilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #43 : 02 Noyabr 2008, 12:38:01 »
Зар кадрини заргар билади

  Бир ўспирин бола доим улуғ зотларни камситиб, уларнинг камолотларини инкор этарди. Зуннуни Мисрий кунларнинг бирида унга бир узук бериб: - Буни бозорга олиб бориб бир олтинга сотгин, - деди. Бола узукни бозорга олиб бориб, жуда кўп дўконларни айлангани билан ҳеч ким унга 1 кумушдан ортиққа баҳоламади. Қайтиб келиб воқеани баён қилиб берди. Зуннун бу сафар уни заргарларга юборди. - Узукни саррофларга кўрсат, кўрамиз қани қанчага баҳолар эканлар, деди. Заргарларнинг дўконларини айланган болага сарроқлар узукка 100 олтин беришларини айтдилар. Бола ҳайрон бўлиб қолди. Бозорда нархи 1 кумушдан ортмаган узукка заргарлар 100 тилло таклиф қилмоқда эдилар. Қайтиб ҳолатни Зуннуни Мисрийга тушунтирди. Зуннун бунга жавобан болага қуйидаги танбеҳни берди: - Сенинг Аллоҳнинг суюкли бандаларини танишинг ва қадрлашингдаги илминг – бозордаги узкунинг ҳақиқий баҳосини билмаганлар ва унга паст баҳо берганлар билан бир хил. Зарнинг қадрини заргар, улуғларнинг қадрини улуғлар билади... Бола ўзига дарс бўлган бу сўзлардан ибрат олиб, ҳақиқатни таниди. Хатосини тушуниб тавба қилди. Бундан кейин асло улуғларга нисбатан ҳурматсизлик қилмади. Валийларга ножўя сўз айтманг Сувайд Синжорий ҳазратлари авлиёларга ножўя сўз сўзлашни ман қилар ва шундай дер эдилар: - Кимки Аллоҳнинг валий бандаларига нисбатан ножўя сўз айтса, Аллоҳ таоло ўлим вақтида уни тилини боғлаб қўяди, шаҳодат келтира олмайди. Бу ҳақиқат. Шахсан ўзим гувоҳ бўлган бир воқеани баён қилай: Шаҳримизда ÑŽқори мансабга эга бўлган бир киши бор эди. Доим авлиёларни ҳақорат сўз айтирди. Ўлим тўшагида ётганида унга: - “Ла илаҳа иллаллоҳ” дегин десалар, у: - Айтолмаяпман, дерди. Ҳолатини тушундим. Дарҳол у ҳақорат қилган де бтахмин қилганим бир зотнинг ҳузурига югурдим. Кўнгилларини сўраб, воқеани баёр қилдим. У зот рози эканликларини билдирган эдилар ҳамки, ҳалиги кишининг тили ечилди. Калимаи тавҳидни айтиб руҳини таслим қилди. Manba
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ibratli hikoyatlar
« Javob #44 : 04 Noyabr 2008, 15:25:31 »
Дунё нима?

Абул Ҳусайн Бандари Шерозийдан сўралди:

- Дунёни бизга таърифлаб берсангиз?

Дедилар:

- Дунё – кирган қалбни Ҳақдан ман қиладиган нарса.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 131469
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Jaloliddin Rumiy. Masnaviydan ibratli hikoyatlar

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 49226
So'nggi javob 18 Avgust 2008, 09:18:45
muallifi AbdulAziz
Ramazonga oid, Ibratli hikoyatlar

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Ro'za

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 7954
So'nggi javob 08 Avgust 2011, 12:24:21
muallifi Secret
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 149933
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 67393
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:42:01
muallifi Sadulla