Ibratli hikoyatlar  ( 59916 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:20:24

JO‘NLASHAYOTGAN HAYRAT

«Oxir zamon odamlari yantoq ustiga chiqib azon aytarkan», — derdilar momom. Ba’zan o‘ylab qolaman. Avlodlar almashgani sayin umr ko‘rish yoshining qisqarayotgani, gavda tuzilishining kichrayib borayotganligi — bor gap. Ammo e’tiborlisi shundaki, odamzotda xudbinlik ortgani sayin hayrat jo‘nlashib, doirasi torayib borayotir. Sun’iy jarayonlar qarshisidagi lollik esa hayrat bo‘lolmaydi. Navoiy hazratlari «Lison ut-tayr»dagi bir vodiy (kamolot bosqichi)ni Hayrat deb nomlaganlar-da. Bilingki, hayrat yo‘qolgani sayin inson o‘zligidan, «men»idan uzoqlashib boraveradi.
Yaqinda Toshkentga kelishimda bir yigit safardosh bo‘ldi. Gapimiz darrov o‘ng tushdi. Rosa xursand ko‘rinardi:
— To‘ydan kelayapman, aka. Tog‘am o‘g‘lining qo‘lini halolladi. Dahshat. Hamma qoyil qoldi. Sakkizta otarchi. Vay, to‘ydan bir kun oldin-chi, to‘rtog‘ayni «neksiya»ni minib chiqqanmiz. Rosa o‘tirib, yarim kechasi osh qilmoqchi bo‘ldik-da. Urin-urin boshlandi. Bir payt ko‘zimni ochsam, savzi kuyib, qozonga yopishib qolibdi. Hamma «o‘chib qolgan» ekan. Vay, ana komediya...
U yana ko‘p gapirdi: asli samolyotda kelmoqchi ekanu, Termizgacha borishga erinibdi. Hali «prava» ololmagani uchun mashinani olib kelolmabdi. Qizlardan tanishi ko‘p, o‘zi ham sanog‘idan adashib ketadi. Bir qancha rasmlarni ko‘rsatdi: turli hangomalardan yodgorliklar.
Avtobus jo‘nashi oldidan u bir yigit bilan gaplashib turgandi. Negadir u yigit chiqmadi. Shuni so‘radim.
— Ha, umi, sinfdoshim, qo‘shnimizning o‘g‘li, — beparvo qo‘l siltadi. — Toshkentga ishga borayotgan ekan, avtobusga puli yetmabdi. Mana, mana shu-da haligi aytganim. Tog‘da «Matiz»ni haydab avariya qilishimga ozgina qolgan...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:20:38

SO‘ZG‘AKI POYON BO‘LUR...

Bir kuni darsdan kelsam, shumxabar aytishdi: yaqin bir akamiz olamdan o‘tibdi. Bandalik. Uyidan chiqarishayotgan ekan. Ulgurolmasligimni bilgach, to‘g‘ri qabristonga borib qo‘ya qoldim. Masjidda ikkita tobut turardi. Ko‘p yaxshi gaplar bo‘ldi. So‘ng bitta tobut chiqdi. Qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Imkon qadar ko‘tarishdim. Marhumni qabrga qo‘yayotib, atrofimga qarasam, bitta ham tanish kishi yo‘q. Adashganimni sezdimu, duoni o‘qir-o‘qimas, ikkinchi tobutni olib ketishgan tomonga chopdim. Qorovuldan so‘rab topgunimcha vaqt o‘tdi. So‘ngi duoga adashganimdan afsuslandim. Keyin... o‘zimdan jirkanib ketdim.

Umid Yoqubov

Qayd etilgan


Nodi  09 Oktyabr 2006, 07:39:22

Salomat bo'ling.
Judayam chiroyli yozilibdi.

Qayd etilgan


Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:45:40

Naql qilishlaricha, buxorolik yosh, navqiron, baquvvat bir yigitning ko‘ngliga shayton vasvasa solibdi va o‘g‘rilik qilmoqqa bel bog‘labdi. Ota-ona, yor-u og‘aynilarining bergan pand-u nasihati unga aslo ta’sir qilmabdi. Yigit g‘oyat  jasur, bir so‘zli ekan. Har bir kasb-korning ustasi bo‘lgani kabi eng zo‘r o‘g‘rini qidirib Nishopur degan mamlakatga kelibdi va  muddaosini bildiribdi. Usta o‘g‘ri esa bunday abjir yigitni ko‘rib, benihoya shod bo‘lib, unga izzat-ikrom ko‘rsatibdi. Yigitning oldiga dasturxon yozibdi, bir tovoq palov qo‘yibdi. U och-nahor emasmi, «Bismilloh» deb oshga qo‘l uzatibdi. Shu on usta uni ovqat yemoqdan to‘xtatib, debdi: «Ey shogird! O‘ng qo‘l bilan emas, balki chap qo‘l bilan ovqat iste’mol qiling! O‘g‘rilik kasbini o‘rganuvchilar uchun birinchi shart shudir!». Yigit o‘ng qo‘lini oyog‘i ostiga bosib, chap qo‘lini taomga cho‘zibdi, lekin chap qo‘l bilan taomni yeya olmagach, yana beixtiyor o‘ng qo‘lini uzatibdi. Chunki yigit haddan tashqari och edi. Usta ikkinchi marta tanbeh berib debdi: «Ey farzand! Barcha shartlaringizni bajarishga tayyorman, deb menga so‘z berdingiz! Shuni bilingki, o‘g‘rilik kasbini o‘rganmoqlikning birinchi sharti chap qo‘l bilan ovqat yemoq, barcha ishlarni chap qo‘l bilan bajarmoqdur! Chunki siz ertaga o‘g‘rilik qilasiz va qancha mohir, epchil bo‘lsangiz ham, bir kunmas bir kun qo‘lga tushasiz. Shunda bilingki, sizning o‘ng qo‘lingizni kesadilar va siz faqat chap qo‘l bilan qolasiz. O‘shanda sizga og‘ir bo‘lmasligi uchun hozirdan chap qo‘l bilan ishlashni o‘rganing! Tushundingizmi?».
Yigit o‘g‘riboshiga dedi: «Ey ustod! Dunyoning barcha xazinalaridagi oltin-u gavharlarni jamlab bersam, mening kesilgan o‘ng qo‘limni qayta o‘z o‘rnida ko‘rishning imkoni bo‘lurmu?». O‘g‘riboshi dedi: «Aslo, bo‘lmas!». Yigit dedi: «Unda bergan ta’limingiz uchun tashakkur. Bu sabog‘ingiz menga bir umr yetadi. Endi niyatimdan qaytdim. Oltindan ham, gavhardan ham qimmatbaho bo‘lgan qo‘llarimni halol mehnat uchun safarbar qilgumdur! O‘g‘ri bo‘lmoqning birinchi sharti chap qo‘l bilan ovqat yemoq bo‘lsa, mening birinchi niyatim o‘g‘rilikdan voz kechmoqdur!».
Yigit shunday deya halol mehnati qilishni boshlabdi.

Qayd etilgan


Nodi  21 Oktyabr 2006, 07:09:57

Bir hukmdor o‘z o‘g‘liga murabbiy yollabdi. Bola odob va fazilatda yagona bo‘lib, kamolga yetganda bir kuni murabbiy uni hech bir sababsiz kaltaklabdi. Shunda bolaning ko‘nglida murabbiyga nisbatan kek saqlanib qolibdi.
   Vaqti kelib hukmdor o‘lib, o‘g‘li uning o‘rniga taxtga o‘tiribdi va o‘z murabbiyini chaqirtirib:
   — Nega sen falon paytda meni hech bir sababsiz urgan eding, deb dag‘dag‘a qilibdi.
   Ey hukmdor, — debdi unga javoban  murabbiy. — Men fazlu odobda kamolga yetganingni ko‘rganimda otang vafotidan keyin albatta taxtga o‘tirishingni bilgan edim. Shuning uchun men senga tayoqning zarbini-yu nohaq zulmning alamini torttirdimki, toki sen bu zulmni hech kimga ravo ko‘rmagaysan...
   Bu so‘zlardan hukmdor chuqur o‘yga cho‘mibdi. Va o‘z murabbiysiga rahmatlar aytibdi.

Qayd etilgan


Nodi  21 Oktyabr 2006, 07:10:35

   Luqmoni Hakim Habash xo‘jayinining quli bo‘lgan. Unga bir kuni qo‘y berib: "œEng shirin joyidan kesib keling", — deydilar. Luqmon qo‘yning yuragi bilan tilini kesib keladi. Yana bir gal qo‘y berib:
   "œUning eng yomon joyini kesib keling", debdi xo‘jayini. Bu gal ham Luqmon yuragi va tilini kesib kelibdi. Buni ko‘rgan xo‘jayin savol beribdi. Shunda Luqmon: "œAgar bir zotning tili shirin, yuragi pok bo‘lsa, eng yaxshisi shu. Agar tili achchiq, yuragi qora nopok bo‘lsa, bu eng yomoni", — deb javob beribdi. Shundan keyin undagi karomatni sezgan xo‘jayin qullikdan ozod qilibdi. Bir kuni o‘tayotib, bir xonadon oldida kirib-chiqib turgan xaloyiqni ko‘rgan xo‘jayin shu ostonaga intiladi. Qarasa, o‘zi ozod qilgan qul. "œSen men ozod qilgan Luqmon emasmisan?", — deganida. "œHa", — degan. "œSen qanday qilib shu martabaga erishding, ya’ni qanday qilib xalqni rozi qilayotibsan?", — debdi. Shunda qul: "œMening yuragimning pokligi, shirin tilim, yaqinlarimga mehr-muhabbatim, qo‘shnilarimga hurmat-izzatim, beminnat mehnatim, halolligu pokligim, to‘g‘ri so‘zim, birovlarning oilasiga, xotiniga nopok nazarim bilan qaramaganim meni shu darajaga ko‘tardi.", — degan ekan.

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:52:14

O’ZGARISHNING BOSHLANISHI

Keksa bir so’fi o’zi haqida shunday degan ekan: "Yoshligimda juda isyonkor edim va yaratganga iltijo qilib, "Tangrim, menga dunyoni o’zgartirishim uchun kuch ato et!", derdim. O’rta yoshga yetganimda, umrimning yarmiga kelgan bo’lsam ham, hatto birgina insonni ham o’zgartira olmaganimni farqlaganimdan so’ng iltijoni shu taqlid o’zgartirdim: "Tangrim, men bilan birga bo’lgan yaqinlarimni o’zgartirishim uchun menga salohiyat ber, ayniqsa, oilam va do’stlarimni o’zgartirishga quvvat ber. Shunda baxtli bo’lardim". Endi esa yoshim bir joyga borib qoldi, o’tgan umrimni sarhisoblab, naqadar ahmoq bo’lganimni payqay boshladim. Dilimdagi birgina duo esa shu: "Tangrim, menga o’zimni o’zgartirish uchun quvvat ber!" Agar boshidan shunday duo qilganimda hayotimning har bir lahzasini bekorga sarflamagan bo’larmidim".
Vaqtimizni o’zgalarni o’zgartirish uchun harakat qilishga sarflay olamiz. Biroq, aslida birgina kishini o’zgartira olamiz: Faqat o’zimizni... Natijani hisobga oladigan bo’lsak, shuning o’zi ham yetarli.

Qayd etilgan


Mashhura  02 Mart 2007, 16:53:22

   Vaqt  (Hikoya)

Bir vaqtlar butun tuyg’ular va tushunchalar yashaydigan bir orol bor ekan. Shodlik, Qayg’u, Bilim va boshqalar"¦Sevgi ham u yerda ekan.
Bir kuni orol suvga ko’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’ngi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi yordamga chaqira boshlabdi
Boyli juda katta bir kemada ekan. "œBoylik, meni yoningga olasanmi?" — deb so’rabdi Sevgi. "œYo’q" — debdi Boylik, "œOlolmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi"
Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so’rabdi: "œ Kibr, iltimos, menga yordam ber!"
"œ Senga yordam bera olmayman, Sevgi, shalabbo bo’lib yotibsan va elkanlarimni bulg’ashing mumkin".
Qayg’u ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi unga yuzlanibdi: "œ Qatg’u sen bilan ketay"¦"
"œ Uff"¦Sevgi, shu qadar yomonmanki, yolg’iz qolmoqchiman".
Shodlik ham Sevgining yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham"¦
Shunda Sevgi bir ovoz eshitibdi: "œKel Sevgi! Seni yonimga olaman". Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etbdi-ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi.
Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi"¦
Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi, Bilimdan so’rabdi: "œ Menga yordam bergan kim edi?"
"œU Vaqt edi", - deb javob beribdi Bilim
"œVaqt-mi? U nega menga yordam berdi?"
Bilim jilmayibdi: "œ Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi"¦"

Bu hikoyani www.samdu.uz da o'qishingiz ham mumkin.

Qayd etilgan


Mashhura  31 May 2007, 18:56:21

Soyaboningizni unutmang
   Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’ošchilik avj olib kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi. Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: «Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutšara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg'ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo’lib keling».
   Odamlar o’zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga to’plandilar. Ammo imom ularni ko’rishi bilan jahl otiga minib:
-   Bugun duo qilmabsiz. Demak, сœali сœam yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.
-   Iya, - deb e’tiroz qiladi odamlar, - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.
-   Ishonyapsizmi? — deb so’raydi imom, unda soyoyabonlaringiz qani?
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko’p. Bu insonlar umr bo’yi istak va duolarining ijobat bo’lishini umid qiladi, lekin aslida ro’yobga chiqishini kutmaydi. Ba’zilar bo’lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so’nggi nuqtasigacha har on go’yoki bir hodisa yuz berishi mumkindek, hozirlik ko’rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringizning ijobat bo’lishini hamda natija berishi uchun harakat qilyapsizmi?
Unda soyaboningizni unutmang!!!


Qayd etilgan


Mashhura  31 May 2007, 19:06:21

Butun dunyo yo’q desa ham
   
Genri Uord Bicher ismli kishi maktabda o’qib yurgan kezlari bir umrga tatigulik voqyeani boshidan kechirdi va bundan o’ziga yarasha xulosa chiqara oldi.
Yosh Genridan o’rtaga chiqib, o’tilgan darsni sinfdoshlariga tushuntirib berishni so’rashadi. U mavzuni enidgina boshlagan ham ediki, o’qituvchisi «yo’q» deya fikrini bo’ladi. Genri takror boshidan boshlaydi, ammo ustozi yana baqiradi: «Xato». Izzat-nafsiga tekkan, bu gapdan jahli chiqqan Genri borib joyiga o’tiradi.
Navbatdagi o’quvchi darsni gapirib berish uchun o’rnidan turadi va u ham ma’ruzani boshlagan zahoti o’qituvchisidan rad javobini eshitadi: «Bo’lmagan gap». Biroq bu o’quvchi mulohazasini oxirigacha davom etadi. Gapini tugatishi bilan o’qituvchi «Barakalla», degancha o’tirishga ruxsat beradi.
Bu hol Genrini tamomila shoshirib qo’ygan edi. U ustoziga bo’lib o’tgan anglashilmovchilikdan norozilini bayon etadi: «Men ham xuddi shunday gapirib berayotgan edim, hyech narsaga tushunmayapman». O’qituvchi esa jilmaygancha unga shunday deydi: «Darsni to’liq tushunmagansan, buni tan olishing kerak. Seni to’xtatishimga imkon berishing o’zingga ishonmaganlikdan dalolat beradi. Hatto butun dunyo «YO’Q» desa ham, sening vazifang «HA» deyish va haqligingni isbotlab berishdan iboratdir!»
Umr davomida odamlar ming xil ko’rinishda «yo’q» deyishadi:
-   To’xta, buni qilolmaysan.
-   To’xta, yanglish yo’ldan ketyapsan.
-   To’xta, buning hyech bir narsaga yaramaydi.
-   To’xta, yetarlicha biliming yo’q.
-   To’xta, puling yo’q.
-   To’xta, bunday qilinmaydi...
Har bir «yo’q» javobining o’zingizga bo’lgan ishonch alangasini toki siz taslim bo’ldim, deguningizga qadar asta-sekin puflab o’chiradigan ta’siri bo’ladi. Atrofingizdagilar har kuni sizga «yo’q» desalar-da, siz o’zingizga ishonsangiz «HA» deyishda davom eting va buni isbotlashga boringizni sarflang. Shuningdek, bunda nekbin bo’lishni ham unutmang!!!

Qayd etilgan