Kasbingiz nima?  ( 52362 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


_IYMONA_  21 Noyabr 2010, 12:10:35

Ayollar kasalliklari bo'yicha erkak shifokorlarga hech tushunmayman

Qayd etilgan


afifa  21 Noyabr 2010, 13:01:30

Assalomu alaykum.asosan meni kasb tanlash paytim maktab davrida boshlangan, judayam sho'x qiz edim o'zimdan kotta sinfdagilar xam mendan xayiqardilar! Bitirib xarbiy o'quv yurtiga, yoki akademiyaga kirmoqchi edim, xarbiylardek fo'rma kiyishni yoqtirardim! Xamma etiroz bildirdi va orzu bo'b qoldi: keyin xechqanday o'qishga kirmadim buvim raxmatli qizlardek yurishimi.muomala, gapirishni, ilm olishim uchun meni shogirdlikka berib yubordi. Maktabdan o'qishga kirganmi deya xujjat so'rayverdi, tavakkal qildimda Andijon muxandislik iqtisodiyot institutiga topshirdim, va kirdim o'qib bitirdim! Davlat idoralarida Biznes ledy bo'lib yurish yoqardi, ishladim,ammo xozir dam olyapman! juda ko'p joydan taklif tushyapti yu, qizbolag xarxil erkaklar oldida ishlash yaxshimasligi uchun ishlagim yo'q! endi kelakda chiroyli kelin bo'lib uy yumushlarini qilib, qaynona, qaynota, xo'jayinni xizmatlarini qilib yurishlikni niyyat qilib turibman. Bir duo qivorilar!

Qayd etilgan


Sakiina  21 Noyabr 2010, 15:14:41

meni kasbim jurnalist va tarjimon kupincha man tarjimonlika qiziqardim lekin kasbim boicha ishlamadim nega deganda osha paetlar ishga kirish uchun tanish-bilish,pora degandae...shunga qolimiz kaltalik qildi,yana bir kasbim tikuvchilik bu kasbda 10yil shugulandim kein chetga ketib qoldi,lekin shu kasb manga juda foeda berdi mana buerda (chet davlatida)davom qilayabman hindlarga sari,pokiston,hind mussulmonlariga esa panjabi dres,malaziyani oz halqiga ozini fasonida kuelaklar tikaman,lekin tarjimonlik,jurnalistika kasbini hali haligacha orzu qilaman

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Noyabr 2010, 15:47:15

Kasbim - Jurnalist. Lekin tarjimonlik soxasida ishlayapman.

Qayd etilgan


azizbek_mx  21 Noyabr 2010, 16:06:01

Va nihoyat ko'nglimdagi kasbim, foto-video montajchiligiga ishga kirdim. Yetkizganiga shukr! Endi, faoliyatimni to'xtatmagan holda, komp.mutaxassisligidan dars ham berish niyatidamiz. Duo qivorsela, bizam shogird chiqarsek yomon bo'mas...

Qayd etilgan


_IYMONA_  21 Noyabr 2010, 18:07:23

Assalomu alaykum.asosan meni kasb tanlash paytim maktab davrida boshlangan, judayam sho'x qiz edim o'zimdan kotta sinfdagilar xam mendan xayiqardilar! Bitirib xarbiy o'quv yurtiga, yoki akademiyaga kirmoqchi edim, xarbiylardek fo'rma kiyishni yoqtirardim! Xamma etiroz bildirdi va orzu bo'b qoldi: keyin xechqanday o'qishga kirmadim buvim raxmatli qizlardek yurishimi.muomala, gapirishni, ilm olishim uchun meni shogirdlikka berib yubordi. Maktabdan o'qishga kirganmi deya xujjat so'rayverdi, tavakkal qildimda Andijon muxandislik iqtisodiyot institutiga topshirdim, va kirdim o'qib bitirdim! Davlat idoralarida Biznes ledy bo'lib yurish yoqardi, ishladim,ammo xozir dam olyapman! juda ko'p joydan taklif tushyapti yu, qizbolag xarxil erkaklar oldida ishlash yaxshimasligi uchun ishlagim yo'q! endi kelakda chiroyli kelin bo'lib uy yumushlarini qilib, qaynona, qaynota, xo'jayinni xizmatlarini qilib yurishlikni niyyat qilib turibman. Bir duo qivorilar!
Allohim hammamizga hayrli jufti halol ato qilsin. Omiyn!

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 21:21:11

 :as:
Forumdoshlarim, barchangizning kasblaringizga Alloh subhanahu va taolo baraka bersin. Halol kasb orqali topgan har bir so'mingiz sizga savob olib kelsin.
Mening kasbim inshaallah kimyo sohasi bilan bog'liq bo'lsa kerak, Vaallahu A'lam.

Qayd etilgan


yoqutxon  21 Noyabr 2010, 22:52:53

Assalom aleykum.
Avallambor mavzu uchun katta raxmat.
Dunyodagi barcha sohalarga qiziqishim tufayli, maktabni  bitirib biror bir kasb egasi bo'lish uchun o'qishga hujjat topshirish vaqti kelganda boshim aylanib qolgan, barcha barcha o'qishlarga hujjat topshirgim kelgandi.Lekin afsus buni iloji yo'q.Shundan so'ng dadamni maslahatlari bilan tibbiyot aniqrog'i farmasevtika sohasini tanladim.Kasbim ham farmasevt.Dadamning bu maslahatiga quloq solib  to'g'ri  ish qilganimni o'qish davrlarimdayoq anglaganman. Keyinchalik ishga joylashganimdan so'ng bu kasb qanchalar masuliyatli hamda  go'zal ekanligini, uning ham o'zga yarasha siru asrorlari borligini  va shu bilan birgalikda ko'p narsadan  habardor bo'lib yurishni talab qilishini bilib oldim. Ma'suliyat shundaki huddi vrachniki kabi siz ham bir inson hayotiga masulsiz, dori darmonlarni berayotganda juda ehtiyotkor, e'tiborli bo'lish kerak.Hudo ko'rsatmasin adashib ketsangiz oqibatlari juda yomon bo'ladi.Kasal inson borki uning ko'nglida biror bir dardi bo'ladi shunday paytlarda fe'l atvori ham injiqroq bo'lib qoladi,shuning uchun haridorlarga har qanday vaziyatda yaxshi muomilada bo'lib kerak bo'lsa ularning dardlarini eshitishni o'rgandim.Kasbimning Go'zaligi shundaki Olloh biror bir insoning katta kichik kasalidan davo topib ketishiga sizni sababchi qilsa va o'sha davo topib ketgan inson kelib sizga bir og'iz rahmat aytsa bundanda go'zalroq narsa yo'q men uchun. Bir so'z bilan aytganda kasbimdan roziman, o'z kasbimni sevaman.



Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Noyabr 2010, 22:57:16

Bir qancha ishda ishlab hech birida as bo'lmagan ekanman : )
avval tipografiyada, kam sahifali kitoblar, bank korhonalarga qog'ozlar ko'paytirish bilan ishlaganman. Office Marketlar ko'payib ketgandan keyin ishni yopganmiz.
O'zimizning zapravkada, shofyorlarga yo'llanma berish, dizelni o'lchab berish bilan 1.5yilcha ish vaqti.
Mobil telefonlarga muzika, rasm shu kabilar yozish bilan 2 oy.
Ucellda 2yil.
Mana hozir taxta savdosi bilan oilaviy ishlayapmiz.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 23:01:06

Yoqutxon, sizdek o'z kasbiga mehrli dorishunoslar ko'paysin, iloyim.

Qayd etilgan