Kasbingiz nima?  ( 52406 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Zulfina  21 Noyabr 2010, 23:06:17

Biza inshaAlloh bolalar shifokori bo'lamiz. Bolachalani rosa yaxshi ko'ramande :)

Qayd etilgan


JeeS  22 Noyabr 2010, 00:26:40

Bir qancha ishda ishlab hech birida as bo'lmagan ekanman : )
avval tipografiyada, kam sahifali kitoblar, bank korhonalarga qog'ozlar ko'paytirish bilan ishlaganman. Office Marketlar ko'payib ketgandan keyin ishni yopganmiz.
O'zimizning zapravkada, shofyorlarga yo'llanma berish, dizelni o'lchab berish bilan 1.5yilcha ish vaqti.
Mobil telefonlarga muzika, rasm shu kabilar yozish bilan 2 oy.
Ucellda 2yil.
Mana hozir taxta savdosi bilan oilaviy ishlayapmiz.
Kamina xam ko`p ishlarda ishladim Allohga shukur kam bo`lganim yo`q. Man hozir Moskvada magazinda taxta sotaman. Bu yerlarda o`zimizdan ancha farqi katta maxsulot sifati. Hozirgi kunda xamkasb ekanmiz brodar!

Qayd etilgan


_IYMONA_  22 Noyabr 2010, 07:03:05

Dastlab bolalikdan tish do'xtiri, pediatriyaga ham qiziqish bo'lgan. O'zim istagan tikuvchilik-dizayn sohasiga uyimdagilar ko'nishmagach, nailoj ular xohlagan huquqshunoslik bo'yicha kollejda o'qidim. Muhitga tez moslashuvchanligim bois hamma bn tez chiqishib ketdim. Bitirdim ham... Ammo baribir o'zim orzuimdek kasb emasdi... O'sha bitirgan yilim ham institutga hujjat topshirmadim. Ota-onam rozi bo'lmadilar, garchi qobiliyatim, shu sevgan kasbimga muhabbatim to'lib-toshsayam shu kasbim bo'yicha o'qimadim... Mutlaqo boshqa kasb egalari bn ishladim. Tahririyatda Kompyuter operatorligi, advokaturada ham biroz ishladim. U yergayam tez chiqishib ketdimu baribir armon armonligicha qolib ketdi... Hozir uydaman. Uy ishlari, ilm o'rganyapman. Yaqin kun/da hamshiralik kursida ham o'qimoqchiman. Mohir tikuvchi-dizayner kasbi man uchun hali ham armon... Bo'b qoldi...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  22 Noyabr 2010, 09:48:20

Kamina xam ko`p ishlarda ishalim Allohga shukur kam bo`lganim yo`q. Man hozir Moskvada magazinda taxta sotaman. Bu yerlarda o`zimizdan ancha farqi katta maxsulot sifati. Hozirgi kunda xamkasb ekanmiz brodar!
Biz ham Rossiyadan, aniqrog'i Toms, Omsk, Kurgan kabi shaharlaridan olamiz.
Afsus, sifatli tahtalarga bizda talab kattamas. Yuqori sifatli taxtalarni boshqa biznesmenlar olib kelishadi, bizda bunday yog'ochlarni sotadigan savdogar tanishlarimiz juda kam.
Kurgandan yashiklar uchun, Omskdan esa o'rta bahodagi tahtalarni olamiz.
Tomskdan yuqori sifatli tahtalarni esa avvaldan pulini berib, zakaz qilganlarga olib kelamiz.
Sizlar qaerdan olasizlar? Fikr almashsak yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Noyabr 2010, 18:49:34

Khozirda jurnalistikaga tarjimonlikda oqiyapman.lekin jurnalislik qilaman deb 100%ishonmayman.
Malaka oshirish uchun khozirda osiyo bilan birlashmada oddiygina student tarjiminlik qilaman.

Qayd etilgan


AL_laziz87  22 Noyabr 2010, 19:23:48

Maktab davrimda advakat bo'lishni xoxlardim lekin taqdirga bitilmagan ekan.... "O'rta va kichik biznesni rivojlantirish va korxonalarni moliyalashtirish"  qisqacha qilib ayitganda "ARSH SAVDO -ELIT" MCHJ bosh direktori lavozimida ishlayman eng qizig'i bu lavozimga 18 yoshda erishganman Tanlagan soxamdan xozircha afsusda emasman.

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Noyabr 2010, 22:35:13

 :as:

Neft va Gaz sohasi muhandisiman.

Qayd etilgan


ABU ZUFAR  23 Noyabr 2010, 08:17:17

Maktab davrimda advakat bo'lishni xoxlardim lekin taqdirga bitilmagan ekan.... "O'rta va kichik biznesni rivojlantirish va korxonalarni moliyalashtirish"  qisqacha qilib ayitganda "ARSH SAVDO -ELIT" MCHJ bosh direktori lavozimida ishlayman eng qizig'i bu lavozimga 18 yoshda erishganman Tanlagan soxamdan xozircha afsusda emasman.

АА Ш САВДО-А­ЛИТ....нима дегани???...Ва малол келмаса айта олмайсизми,нима билан савдо килади компаниснгиз???.....Сурашимнинг сабаби мен хам савдо билан шугулланаман :))...Балким Лартнёр булармиз келажакда(Интересларимиз тугри кеп коса)..Валлоху Аълам!

Qayd etilgan


AL_laziz87  23 Noyabr 2010, 13:43:55

АА Ш САВДО-А­ЛИТ....нима дегани???...Ва малол келмаса айта олмайсизми,нима билан савдо килади компаниснгиз???.....Сурашимнинг сабаби мен хам савдо билан шугулланаман :))...Балким Лартнёр булармиз келажакда(Интересларимиз тугри кеп коса)..Валлоху Аълам!
Asosiy faoliyati davlat va nodavlat obe'ktlarini xamda  ko'char ko'chmas mulklarini birja va birjadan tashqari tanlov va auksion savdolarini tashkil qilib berishdan iborat. "Birja" va "Mening mulkim" gazetalariga agentlik xizmati ko'rsatadi.  Bundan tashqari korxonalarni moliyalashtirish, marketing, audit,qimmatli qog'ozlar (aksiya) olib sotish bilan shug'illanaman. asosiy ish faoliyatimiz DMK bilan bog'liq.

Qayd etilgan


ABU ZUFAR  24 Noyabr 2010, 08:13:15

Биродар рахмат жавобингиз учун.....Шу ДМК хакида хам тушунмадим....айта олмайсизми?....Аммо менга бегона савдо ишлари скан :)

Qayd etilgan