Tilshunoslik masalalari  ( 7593 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


jasur.best  15 Noyabr 2010, 01:57:15

Sizda o'zbek tilshunosligi (ona tili) bo'yicha tushunmagan yoki bilmagan savollaringiz bo'lsa, qoldirishingiz mumkin. Qo'limizdan kelgancha, javob beramiz.

Qayd etilgan


Nurdinboy  11 Dekabr 2010, 18:54:40

Kecha O'zFA Til va adabiyot institutida bo'lib o'tgan Dissertatsiyada D.Abdullayeva yangi ANTISEMA atamasini kashf qilibdi. Shu haqda nima deya olasiz?

Qayd etilgan


Bek aka  12 Dekabr 2010, 14:32:41

Kecha O'zFA Til va adabiyot institutida bo'lib o'tgan Dissertatsiyada D.Abdullayeva yangi ANTISEMA atamasini kashf qilibdi. Shu haqda nima deya olasiz?

Nima degani ekan ANTISEMA?

Qayd etilgan


Nurdinboy  12 Dekabr 2010, 15:18:58

Kecha O'zFA Til va adabiyot institutida bo'lib o'tgan Dissertatsiyada D.Abdullayeva yangi ANTISEMA atamasini kashf qilibdi. Shu haqda nima deya olasiz?

Nima degani ekan ANTISEMA?
Men ham shuni jasur.bestdan so'radimda. Menimcha anti - qarshi. sema esa ma'no. Ma'no zidlashuvimikan... yaxshisi jasurni javoblarini kutganimiz ma'qulroq.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Dekabr 2010, 10:28:50

Sizlar shu sohaning kelgusi olimlarisizlar, inshaalloh.
Shu ergashgan va bog'langan qo'shma gaplar turlarini yaxlitlab, qisqartirsa bo'lmaydimi?
O'quvchilarda bu mavzularni tushunishda katta qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Yana aynan shu mavzularda ko'p adabiyotlardagi qoidalar bir-biriga to'g'ri kelmaydi.

Qayd etilgan


jasur.best  14 Dekabr 2010, 22:33:01

Kecha O'zFA Til va adabiyot institutida bo'lib o'tgan Dissertatsiyada D.Abdullayeva yangi ANTISEMA atamasini kashf qilibdi. Shu haqda nima deya olasiz?
Dildora opani himoyalarida qatnashdim. Haqiqatdan ham, ajoyib ish yoqlandi. Aslida javobni oldinroq yozganimda bo'lardi-yu, lekin Dildora opani o'zlaridan shu ish bo'yicha chiqargan avtoreferatdan yozishga qaror qildim

Qayd etilgan


jasur.best  14 Dekabr 2010, 22:37:38

Antonimiya bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning deyarli barchasida mazkur hodisa bir so’z turkum doirasida mavjud deb qaralgan. Ammo leksik birliklardgi qarama-qarshilikning ifodalanishi turli turkum doirasida ham kuzatilishi ayni haqiqat. Aytish mumkinki, antonimik holat leksik birliklar semantikasidagi qarama-qarshi semalarning aynan bo’lishi qarama-qarshilikni yanada yorqin ifoda etadi. Ammo leksik birliklarning semantik qarama-qarshiligiga asos bo’luvchi semalar doim ham ana shunday simmetrik holatda emas, assimetrik holatda bo’lishi ham juda ko’p kuzatiladi. Masalan: baland — past leksemalarining antonimik munosabatiga ularning semantik tarkibidagi qarama-qarshi semalar ("œvertikal jihatdan o’lchami yuqori" — "œvertikal jihatdan o’lchami quyi") asos bo’lgan. Ushbu juftlik antonimiyaning mezonlariga to’la javob beradi. Lekin ayni shu qarama-qarshi semalar baland — pasaymoq, baland — pastlik leksemalari o’rtasida ham mavjud. Bnday juftliklarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan: katta — kichraymoq, oq — qoraymoq, yomon — yaxshilik, uzun — qisqarmoq kabi. Ushbu leksik birliklar lisoniy ifodalovchi sifatida qarama-qarshilikka xos bo’lgan har qanday xususiyatlarni o’zida ifodalay oladi. Ularda ham antonimlarga xos bo’lgan mantiqiy, psixologik, leksik, kommunikativ tomonlar mujassamlashgan. Shunga ko’ra, lingvistik qarama-qarshilikning faqat antonimiya mezonlari asosida belgilanishi hodisa mohiyatini to’liq ochishga mkon bermaydi. Demak, leksik birliklardagi semantik qarama-qarshilik munosabatini antonimiya doirasidagina emas, balki undan tashqarida tekshirish maqsadga muvofiq. Ana shunday keng doiradagi hodisani biz antisema (yunoncha anti — "œzid", sema — "œbelgi") nomi ostida o’rganishni lozim topdik.  

manba: f.f.n ilmiy darajasini olish u-n yozilgan avtoreferat. B-10,11

Qayd etilgan


jasur.best  14 Dekabr 2010, 22:41:08

yana bir misol: Dunyo tinchlik hukmron, lekin ko'nglimda g'ulg'ula.

Qayd etilgan


jasur.best  14 Dekabr 2010, 22:49:09

Shu ergashgan va bog'langan qo'shma gaplar turlarini yaxlitlab, qisqartirsa bo'lmaydimi?
aka, bizga universitetda ergashgan qo'shma gaplarni 14-15 turini o'rgatishadi. Maktab darsliklarida, adashmasam, 5 ta turi mavjud. Bundan ortiq soddalashtirib bo'lmasa kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Dekabr 2010, 10:09:42

Shu ergashgan va bog'langan qo'shma gaplar turlarini yaxlitlab, qisqartirsa bo'lmaydimi?
aka, bizga universitetda ergashgan qo'shma gaplarni 14-15 turini o'rgatishadi. Maktab darsliklarida, adashmasam, 5 ta turi mavjud. Bundan ortiq soddalashtirib bo'lmasa kerak.

Biz maktabda o'qigan yillarda ergashgan qo'shma gaplarning 14 turini o'qitishgan. Bir-biridan ajratib olguncha xunobimiz chiqqan edi...

Qayd etilgan