Aziz forumdoshlar, Qurbon Hayiti bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?  ( 5635 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Noyabr 2010, 13:28:24

 :as:

Nasib bo'lsa İslom olamini birlashtirgan kunlardan biri-Qurbon Bayramiga oz qoldi.

Shu kun bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?

Barchamizga Arafa muborak bo'lsin, Qurbon Bayrami tom ma'noda "Bayram" bo'lsin azizlar...



Qayd etilgan


yoqutxon  15 Noyabr 2010, 23:09:36

 :as:
 :bs1:
Haaa Qurbon Hayiti buyuk bir bayram. U bilan bog'liq xotiralar ham hayotimning buyuk xotirilaridir.
Yoshligimda tog'ami qizlari bilan Hayit kuni ko'chaga ataylab hammani tabriklash uchun chiqib ketardik, yo'lma yo'l kim uchrasa tanishmi notanishmi " Hayit bayrami bilan tabriklimiz" deb barrala aytib ketaverardik.Bu paytlarda hali maktabga bormasmidim yoki 1 sinf edimmi esimda yo'q. Lekin odamlar rostan ham juda hursand bo'lib ketishardi. Huddi hozirgidek esimda o'sha yo'llimizda uchragan har bir odamning yuzzi. Bir Nuroniy otaxonni  huddi shunaqa barrala hammamiz tabriklaganimizda "Voy qizlarimey, sizlarniyam tabrikliman" deb rosa duo qilgandila. Biz shunga hursand bo'lardik. Eh bu kunlarga teng keladigan kunlar yo'q....
Barchangizga ko'p ko'p yaxshiliklar bo'lsin InshaAlloh. Har bir kunimiz huddi Qurbon Hayitti kunidek fayzu barokatga to'lsin Iloyim.

Qayd etilgan


JeeS  16 Noyabr 2010, 04:25:07

 :vslm:

Xa esimda usha kunlar ancha buldi, akam qassob (sallax). Hayit namozini ado etganimizdan keyin, qo`ni-qoshi, tanishlarni qurbonlik uchun atalgan jonliklarini suygani borar edik. Qurbonlikni teng qisimlarga taxsimlar edik, egalari uni tarqatar edi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Noyabr 2010, 14:14:31

Azizlar kech Qurbon Bayramini eng shirin xotiralaridan birini yashadim...Odatdagiday butun tanish-bilishlarga Bayram tabrigi jo'natdim sms orqali. Juda hurmat qiladigan ustozlarimdan biridan javob keldi:

"Kaba'tullohdan salom va duo ila"...


Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 13:57:58

jiyanim 3 yoshga to'lmagan edi hali hayit kuni hech qayerdan topa olmaymiz bir payt o'zi kirib keldi qo'lida bir dasta pul qayerdan olding tesak ko'chadagi tog'alar berdi dedi hammamiz hayronmiz surishtirib bilsak aylanib mahalla masjidi yoniga borib qolibdi u yerga kirayotganlarga salom berib hayit bilan degan ekan hammalri ta'sirlanib (axir u hali 3 yoshgayam to'lgani yo'q) hayitlik berishibdi

Qayd etilgan