"Infografika"ni o'rganamizmi?  ( 7364 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


_Otabek_  17 Noyabr 2010, 19:25:18

Assalomu alaykum,

Bu mavzu dizayn bo'limiga mos keladi deb bildim, mabodo adashgan bo'lsam, kerakli joyga yo'naltirasizlar :)
Yana shuni aytishim kerakki, maqola uzun va forumda ko'rishda noqulaylik tug'dirishi mumkin.. Shuning uchun, bu yerda bosh qismini, davomni esa original maqolaga ishorat berib qo'ydim. Katta suratlari ko'p, ammo, sayt TAS-IX tarmog'ida joylashgan va respublikamiz ichidagi ko'pchilik foydalanuvchilar uchun traffik bepul  bo'lishi kerak.


Infografika - O'zbekiston sharoitida hali yangi soha, ochilmagan qo'riq. Shunday ekan, kamina bu borada bir maqola tayyorlaganman va Siz azizlar e'tiboringizga havola etmoqchiman.

Axborot jamiyatida yashar ekanmiz, ko'p hollarda fikrimizni auditoriyaga - u xoh kichik yoki katta bo'lsin - sodda va lo'nda yetkazib berishga ehtiyoj sezamiz. Bunda bir enlik sahifadan joy olgan matndan ko'ra (ayniqsa statistik ma'lumotlar) bittagina ko'rgazmali vositadan foydalanib, aytmoqchi bo'lgan fikrimizni yetkazishimiz osonroq va tushunarliroq bo'ladi. Bunday vositalarni yaratishda esa, axborot va bilimni vizual tasavvur qilish (visual thinking), tartiblay bilish, jamlash, tahlil qilish va oxir-oqibatda, dizaynerlik ko'nikmalari kerak bo'ladi. Maqola mavzuga kirish sifatida yozilgan va unda, afsuski, amaliy yo'riqnomalar ko'zda tutilmagan (har holda, "Yaratish jarayoni" bo'limida qisqacha aytib o'tiladi). Ammo, shu yerda o'z savollaringizni bersangiz, qo'limdan kelgancha javob berishga yoki ma'lum resurslarga yo'naltirishlarga harakat qilaman.

Xullas, aziz do'stlar, tanishing:

Infografika — san’at va fan uyg’unligi


Iqtibos
UMUMIY MA'LUMOT

Inson diqqat-etiboriga bo'lgan raqobat hozirgi kunda har zamondagidan ham shiddatli kechmoqda. Ommaviy axboroti vositalari, shahar ko'chalaridagi bilbordlar va jamoat transport vositalari orqali turli kompaniya va tashkilotlar har zamon e'tiborimizni qozonish harakatida. Bu turli shakldagi xabarlar, ya'ni reklama uchun umumiy bo'lgan shakliy jihat shundaki, fikrni yetkazishda gazeta maqolasi yoki adabiy asarda bo'lganidek ko'p qatorli gaplardan foydalanilmaydi. Balki, atigi bir necha so'z bilan ifodalangan xabar, esda qoluvchi tasvirlar va harakatlar orqali yetkaziladi.

Axborot grafikasi, yoki infografika, ham reklama kabi kishilar diqqatini jalb etib, xabarni tez va oson etkazib berish xususiyatiga ega. Infografikaning funksiyasi va ahamiyati ko'lami kengroq bo'lib, television xabarlar, bosma ommaviy axborot vositalaridagi maqolalar, Internet resurslari, darsliklar va hokazo o'rinlarda; kommunikatsiya, ta'lim va boshqa sohalarda axborot va bilimni tez va samarali yetkazib berishda foydalaniladi.
Misol uchun, ob-havo ma'lumotlarida, television yangiliklarda biron bir baxtsiz hodisa sabablarini tushuntirib berishda, elektr uskunalarining qo'llanmasida yoki ma'lum bir tashkilotning yillik hisobotidagi diagrammalar ham infografika namunalaridir.



Maqolaning manzili >>

Hurmat bilan  :)

Qayd etilgan