«Tez tibbiy yordam» xizmatini tashkil qilish
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari va xizmati tizimida
«Tez tibbiy yordam» xizmati alohida o‘rin tutadi. Aholining o‘tkir yurak-tomir tizimi kasalliklari, jarohat va shikastlanishlar, bolalarning, ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘satdan kasallanishi bo‘yicha murojaat etishlari sonining oshishi umumiy sog‘liqni saqlash tizimida
«Tez tibbiy yordam» xizmatining ahamiyatini yanada oshirdi. Ma’lumki, baxtsiz hodisa, shikastlanish va to‘satdan og‘rib qolish hollari ko‘pincha kutilmagan sharoit va joylarda, masalan, ko‘chada, ishlab chiqarishda, transportda, jamoat va turar joylarda yuz berishi mumkin. Bu esa tashxis qo‘yish hamda shikastlangan shaxs ahvolining og‘irligi, jarohat va kasallikning xususiyatiga qarab shoshilinch yordam ko‘rsatish masa-
lalarini qisqa vaqt ichida hal qilishni taqozo etadi. Zero, bemorning hayoti va og‘ir kasallikdan yoki olingan shikastlanishlardan davolanishningnatijasi ko‘p jihatdan zarur shoshilinch yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda, shoshilinch tibbiy yordamning aniq va sifatli ko‘rsatilishi kasallangan va shikastlangan bemorlarning statsionar sharoitdagi taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatadi.