Birinchi yordam vositalari
Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda birinchi yordam vositalari qo‘llaniladi. Ular
tabel va qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi yordam tabel vositalariga bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov
paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, paxta va boshqalar kiradi. Qon ketishini to‘xtatishda qon to‘xtatuvchi jgutlar, immobilizatsiya uchun fanerli, narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi:
yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1—2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar. Odatda birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy
transport haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab, ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, taxta, yog‘och va boshqalarni qo‘llash mumkin.