Yolg'on dunyo...(kundalik fikrlar)  ( 23613 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Хадича  23 Dekabr 2012, 14:03:07

Bir eshikni yopasan. Uni ortidagi qo'l sohtadek tuyuladi ba'zan. Lekin har doim ham biz o'ylagandek bo'lavermas ekan. Barcha eshiklarni yopish mumkin,faqat bir tuynukni yopa olmas ekanmiz. Bu Umid. Inson yasharkan doim Umid qiladi. Xasta inson ham bir kun ortiq yashamoqni, musofir ona zaminini, Kurtak Bahorni kutib umid qiladi. Mo'min mo'minalar oxiratda Robbini rahmatidan umid qilsa,dunyoda kimlardir yana nimadur o'zi uchun afzal va yaxshiroqlarini Umid qiladi... Umidsiz inson bo'lmasa kerak. Hatto, shu Umid ham bizni ba'zi chegaralarda ushlab qolib,ba'zi tuhfalarni nasib etishiga qaysidur ma'noda turtki bo'larkan.
Hayotni qadriga inson,faqat ajal soya solganda bilarkan. Ungacha odamlardan,hayotdan ayb qidiramiz. Lekin asli ayb o'zimiz ekanmiz.
Hayot nima?
Shamning miltiragan so'ngi nurlarimi?
Yoki kuydirguvchi otashmi?
Ehtimol,omonat berilgan Chechakdir...
Ha,bahorni sog'inib,bizning qahraton Qish faslimizda yashayotgan Omonat chechak...
O'z qo'limiz bilan yulib sukunatda toblantirib,so'lganidan so'ng ko'zimizga surtadigan lahzalik Chechak...

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2013, 13:04:24

Assalomu alaykum...


Bu kunlarda har doimgidan ham ko'proq his qilyabman vaqtning qadrini; kunlarning, oylarning baraksizligini...


Hafta ohiri keldi, deb xursand bolar ekanmiz, birdan vaqt otib, yangi haftaga boshlaganimizni sezmay qolyabmiz.


Sizlardayam shundaymi?


Mavlono Jaloliddin Rumiydan misralarni ilgingim keldi sizlarga:


Ey ko'ngil!


Eshik ochilur bir kun, sen yetarki eshikni qoqmoqni bil!


Qachonmi?


Bilmadim!


Sen yetarki bu eshikda turmoqni bil!



Allohim, tavba eshigingga loyiq bo'lgan holda kelmoqni, tilimiz, dilimiz bilan sabirla duo qilmoqni nasib ayla...


Yolg'on, sarob dunyoda xor qilma, omin...




Qayd etilgan


fergana_uz  20 Fevral 2013, 21:01:47

Dunyo shunday narsaki ba'zan undan inson nafratlanadi, ko'pincha esa sevadi. Bir kuni muqarrar o'lmogimizni bilgan holda yillab boylik to'playmiz, bilib bilmay boshqa insonlarni dillarini ranjitamiz, katta-kichik gunohlar qilamiz, ammo qachon chin dildan tavba qilib HAQ aytganidan chiqmaydigan, chin ma'nodagi Ä°NSON bo'lamiz?

Qayd etilgan


fergana_uz  20 Fevral 2013, 21:05:42

:asl3:

G'azza olovlar ichida, G'azza yonmoqda, gunohsiz insonlar o'lmoqdalar, "o'lmoq" so'zi judayam qo'pol so'zday nazarimda. Rabbim ularni shahidlik martabasiga yuksaltsin iloyim...

Shu kichkina qizloqning nima gunohi bor edi, ayting? Musulmonlar, ayniqsa Arab o'lkalari nimaga "to'hta" demaydilar bu baloga,,,,ichimni tirmalaydi har xil o'ylar, javobsiz savollarim ko'payaveradi...

Barmogim kesildi, achishi 3-4 kun davom etdi, qizaloq esa tamoman kuygan, uning dardini his qilish mumkinmi?

Shirin qizaloq, hozir sen farishtaday samolarda uchayabsan inshalloh....
Birlik, barobarlik so'zi biz Musulmonlar uchun yotday, begonaday, lug'atlardan chiqarib yubordikmi yoki...

Hech bo'lmasa duolarda bir bo'laylik din qardoshlarim....bir-birimiz uchun, Falastin, G'azza, Suriya uchun...



Ozimga savol:

Din qardoshlaring uchun necha marta qol ochib duo qilging?

Din qardoshlaringni bombalar yoq qilar ekan, sening hech ishtahang kesildimi, yoki  eslashga vaqting bolmadimi?

Savollar, savollar...
Chin mo'min kishi boshqa bir mo'minga ozor yetganida huddi o'ziga ozor yetganday his qilishi kerak.... ammo, lekin, biroq... siz aytganday savollar ketidan savollar tugiladi, ammo tayinli javob yo'q, do'stni do'stga qilgan duosi qabul bo'lishi haqida Hazrat Paygambarimiz S.A.V ning hadislari bor, kelinglar barchamiz mo'min do'stlarimiz haqqiga HOLÄ°S duo qilaylik, zora duolarimiz qabul bo'lsa..

Qayd etilgan


Muxsiya  21 Fevral 2013, 14:05:56

yolg'on dunyo yolg'on dunyo deymizu nega o'zimiz uning yolg'onlariga uchamiz. ushbu shirin yolg'onlar ortida qanday achchiq haqiqat yotganini o'ylagimiz ham kelmaydi,  Qaysidir shoir aytgan ekan(nomi hozir esimda yo'q) Eng go'zal she'r - bu eng yolg'on she'rdir. Xuddi shu kabi yolg'on dunyo ko'izmizga go'zal ko'rinib, shu go'zallik qarshisida uning asl mohiyatini o'tkinchi ekanligini unutamiz.

Qayd etilgan


Ansora  12 Iyul 2013, 12:53:10

Nimadan boshlashni bilmayman to'grisi...dunyodagi insonlarning shafqatsizligidanmi, Musulmonlarning loqaydligidanmi yoki Yevropaning qoq o'rtasida Musulmon bo'lishning qanchalar og'irligidanmi...

11-iyul, 1995! Bu sana sizga nimalarni eslatdi? Shaxsan menga toki tv-da bu xodisa bilan bog'liq ko'rsatuvlar, yangiliklarni tomosha qilmaginimcha hech narsani eslatmagandi, chuni o'sha paytlar e'tibor bermagan ekanman Bosniyaliklarni Musulmon ekanliklariga. O'tgan yillarda bildim voqealar haqida... Bosniyadagi urush asnosida Birlashgan Millatlar Serebrinitsani "ishonchli mintaqa" deb e'lon qiladi, lekin Serebrinitsa Serbiyalik qo'mondon Ratko Miladich tarafidan ishg'ol qilinadi. Tuproqlari dushmanlari tarafidan qo'lga olingan Bosniyalik Musulmonlarni Birlashgan Millatlar tashkilotining Gollandiyalik askarlar Serbiyaliklarga beradi....Avtobus va kamazlarga yuklangan Bosniyalik 8.372 Musulmon o'rmonlarda, fabrikalarda, omborlarda vahsiyona o'ldirdilar... Bosniyaliklar urushdan keyin moviy kapalaklarni ta'qib etarkanlar, sababi bu kapalaklar ommaviy mozorlarni ustiga qo'nar ekan...tv-dagi bu gaplarni har eshitganimda yuragim to'htab qolay, deydi.  Men Musulmonman, dunyoning qayerida bo'lsin bir Musulmon qardoshimning nohaq yerga, faqat Musulmon bo'lganligi uchun o'ldirilishi meni befarq qoldirmasligi shart!!!  Menga alam qilgani shu: Yevropaning qoq markazida qilingan qatliom nimaga dunyoning nazaridan chetda qoldi? Nimaga aybdorlar haligacha jazo olmadi? O'ylab qarang- agar Musulmonlar xuddi shu tarzda boshqa dindagi odamlarni qatl etganda edi dunyo indamay turarmidi? Nimaga biz jimmiz va bu qatliomdan faqat Bosniyalik Musulmon qardoshlarimiz va juda kam insonlarning yuragi achisin???

http://www.kanalahaber.com/haber/gundem/iste-gercek-goruntulerle-srebrenitsa-katliami-134199/


picture uploader


screen shots


Qayd etilgan


Pofiraxon  13 Noyabr 2014, 17:21:54

Kino ko'rayapman.
Atrof keng ammo hammayoqdan lava oqmoqda. Juda issiq oyoq kuyadi. Har tomondan oqib turgan lavalar to'planadigan markazda bir yigit turibdi. Yigit garangsiragan atrofga alanglaydi. Yordam qidirardi. Bir payt oldida ikki qiz paydo bo'ldi. Ular juda go'zal nur yog'ilardi ulardan. Ammo nur juda o'tkir yigitni butun vujudini o'tdek kuydurar tanasini teshib o'tardi. Nega nima uchun deya so'radi yigit. Ahir sizlardan najot umidida edim. Qizlar savoldan g'azablanib nurni yanada ortdira turib gapirdilar. Nima uchun azoblayotganimizni bilmaysanmi? Esla bir necha vaqt oldingi kunlaringni. Tanimayapsanmi bizlarni. Bizlar seniki edik. Senga vafo ila hizmat qilardik tun kun nur taratib seni hushnud qilardik. Baxtli eding biz bilan. Hayollaring sof edi senikiligimizdan hursand edik. Sekin asta oramizni buzuvchiga oshino bo'lding. Seni ogohlantirdik. Unga ishonma. Aldaydi. Gunohga boshlaydi. Oramizni buzadi. Biz senikimiz yaxshimiz qalbingni nurga quvoncha va muhabbatga to'ldiramiz u seni yoningga kelib gunohga boshlayapti borma gunohga borsang bizni topa olmaysan dedik. Sen nima deding? Ha sizlar haqsizlar u ham haq chunyapman gunoh qilmayman deding. Biz chirillab qolaverdik bizni aldab gunohga bording. Bir paytlar senga hush yoqqan mayin yo'llaringni yoritgan qalbingni eritib erkalagan nurlarimiz gunohing kasriga azoblovchi o'tkir lazerga aylandi. Bugun tanangni teshib qovurub turish vazifasi. Bu jazo hali holva. Hali bu gunohing uchun ancha jazolanasan. Qizlar azoblashda davom etdilar. Yigit ortiga qaradi chunki orqasi ham og'riq his qildi. Qarasa orqasida dunyoda tengsiz ikki go'zal qiz unga kamondan tinimsiz o'q otar edi. Yigitda mador yo'q kimsiz deya oladi zo'rg'a. Qizlar g'azabnok kulgu ila: nima bo'ldi og'riqlar telba qildimi bizni tanimading? Qara bizga biz kimmiz biz senikimiz senga qalqon edik seni deyardik seni himoya qilardik. Borimizni senga berdik. Rosa mehribon edik birga baxtli edik bizla guborsiz eding. Yomg'irda sayobon bo'ldik. Sen ag'yorni o'rtoq tutding. Biz seni ogohlantirdik. U senga dushman. Aytganlari gunohga boshlaydi oqibati yomon bo'ladi. Ahir u avrardi. Senchi sen nima deding. Bilaman gunohga boshlaydi u aytganlari lekin qiziq ahir bu tomonda juda ko'pchilik bor. Men gunoxga bormayman u ham borma deyapti. Faqat bir teshikdan mo'ralab ko'rmoqchiman. Ular qanaqa hilqan bilmoqchiman. Biz qarashga haqqing yo'q bilasanku qarash ham gunoh dedik. Sen ha lekin kichik juda kichik gunoh bitta qarimanu boshqa hech qaramayman ahir U kechirguchi deding. Biz bilib turib qilingan gunox kechirilmasligini aytdik. Sen bizni aldab xo'p qaramayman deding. Bir qancha vaqt dushmaning ila suhbat qurmay yurding. Seni bir fitnadan himoya qila olganimizdan hursand bo'lib turganimizda birdan o'z bilganingdan qolmay mo'ralabsan. Dushmaning kelmay qolgan bo'lsa ham o'z fitnasini urug'ini qoldirib ketgan ekan urug' tasirida gunox qilding. Oqibatda kamon bo'lib seni himoya qilib yurgan biz kamon bo'lib seni azoblamoqdamiz. Endi hursandmisan. Biz juda hafamiz chunki biz yaxshilik qilishga yaratilgandik. Yigit jim. Yigit yerga qaragan. Yigit og'riqdan bukchaygan og'riqqa chidash amri maxol. Kamonchi qizlar azobi, nurli qizlar azobi, lava azobi, nurli qizlar to'g'ri aytdi bular holva bo'ldi. Endi uni yuzi ko'zi demay minglab qamchilar qamchilab ketdi. Bu qamchilar qayoqda hech bilib bo'lmas ko'z ochib bo'lmas qamchilar to'xtovsiz qamchilar boshidan oyog'igacha qamchi tushardi. Yigit chiday olmadi: voy dod deya baqirdi. Qamchi minglarcha qiz qo'lida bir vaqtni o'zida ular bir ovozda: dod hali bu azobmi? Seni bizga berganing oldida azobmi? Dod deysan. Jim bo'l hali azob neligini totib ko'rmading. Bizni eslaysanmi? Biz senla edik. Do'st edik. Hamisha yoningda edik. Bizni ezozlarding. Bizchi biz seni quyoshdan yomg'irdan sovuqdan asrardik. Biz bilan maqtanarding. Biz senla iftixor etardik. Bizga muxabbatla qararding. Hayotimiz quvonchla o'tardi. Sekin asta hayollaringni buzguvchilar paydo bo'ldi. Sen ularni gapiga oldiniga parvo qilmading ularni quvding ular quvganing sari kelaverdi ishq haqida gapirishdi quvding sevgi deyishdi quvding ohiri senga yoqadigan so'z muxabbat deyishdi. Ular seni avrashdi. Seni ogohlantirdik. To'xta o'yla ular begona endi paydo bo'lishdi. Nimalar demoqdalar. Bu narsalar yotdir senga bu tuyg'ular soxta sen bunaqa tuyg'ularni his qilish uchun yaratilmagansan dedik. Sen lekin ular meni ustimdan kulmoqdalar sendan boshqa hamma buni nimaligini biladi sengina bilmaysan deyishdi deding. Biz Bu tuyg'ular gunoxga boshlaydi. Bir bildingmi chirmovuqday o'z domiga tortadi. Adashtiradi.  Qutulolmaysan. Ko'zlaringni och ahir sen ularga o'xshagan emassan demadikmi? Baribir u dushman o'z tasirini o'tkazdi sen gunox qilding. Bizga bergan vadangni buzding. Sen bizni mayin do'stlaringni o'z gunoxing evaziga qattiq qamchilarga aylantirding. Biz bundan qanchalar og'rindik qanchalar azob bilan mayinlikdan dag'allikka o'tdik sen bu jazoga loyiqsan sen malunsan. Sen bundanda ortig'ini kut. Azizlardan eding azizligingni tubanlikka alishding. Tubanlik esa o'ziga yarasha jazo ila yonmayondir. Dod deyishga erta. Bizni dodimizni eshitmading. Bizni chinqirtirib dushmaningni kuldirib gunoxga qarading. Endi bir qaraganing narxini bilyapsan bular esa holvadir. Yigit azoblanmoqda. Yigit yig'lamoqda va azoblardan qochish uchun qadam bosdi e voh ingrab yubordi. Oyog'i ostida minglab tikonlar bor va oyog'iga o'zlari o'sib kelib sanchilardi. Iltimos kerakmas derdi u. Biz ham bir paytlar kerakmas iltimos unday qilma demaganmidik. Qanchalar yolvorgandik. Biz doim mayin va namli edik. Sen har kun bizni baxtli qilarding. Biz seni chang to'zonlardan g'uborlardan gunoxlardan. Haslar va kaslardan asrar edik. Biz go'zal edik ko'plar bizga havas qilardi. Sen yaxshi eding. Ahir yaxshilik ko'rardik sendan. Birdan yomonlarga yondoshding. Ular aldadilar seni nega ishonding ularga. Qanchalar iltimos qildik sendan ketma ular tomonga derdik. O'zing suhbatlarimiz davomida vafo haqida gapirardin. Vafolilar vafosini ko'rib yig'larding. Ustiga najas surtgan yigitga. Ayoliga ko'zlarini ko'rmaydigan qilib ko'rsatgan odamga. Jannatda barcha hilqatlardan yashirin marjon qizlar hurlarga havas qilarding. Senla faxrlanardik. Ular dushmanlar bu dunyoda kimnidir fidoyilik bilan sevmay turib Uni sevolmaysan deyishdi. Aldashdi. Bu gapdan keyin sevgi nima degan savolga javob izlay boshlading to'xtatishga harakat qila boshladik. Hammamiz harakat qildik. Sekin sekin o'zing haqingda odamlar maqtovini sen oddiy ish degan narsalarni boshqalar mehr deya atashlarini va hamma uni kunduzi chiroq yoqib qidirishini bilding. Sen odam o'zi shunaqa bo'lishi kerak deb hisoblaydigan fikrlaringni boshqalar soflik deb atashini va uni ertaklarda qolgan deb unutayozganini bilding. Hammaga odam emas Olloh yaratgan qalb deb qarashingni buni farz deb bilganingni ular samimiylik deya atashini go'yo shu samimiyligingni ko'chada yotgan to'satdan topib olingan oltindek qabul qilishganini ko'rib g'ururlanding. G'urur kelishi bilan dushman ham keldi. Dushman sen zo'rsan sen bu dunyoda yakka shunaqa o'ylaydigansan sen shunchalar yaxshisanki dunyodagi eng zo'rdan zo'ri seniki bo'lishi kerak. Lekin sen zo'rdan zo'rni bilib olish uchun yomonlarda qanaqa sifatlar bo'lishini bilishing lozim dedi. Shunchaki mo'rala hayotda teshiklar ko'p hayotga qara odamlarni kuzat hayotga mo'rala hayotni o'z qariching bilan o'lchama dedi. Dushman u yog'ingdan bu yog'ingdan o'tdi. Amallab guhoxga boshladi. Qara hu ana u ustingdan mazza qilib kulmoqda. Sodda ahmoq demoqda. Biz esa sen uchun yig'lab azoblanib seni azoblamoqdamiz. Senga achinamiz. Yigit yiqildi. Unda tik turgani mador qolmadi. Shu payt vujudida juda muzdek sovuq ikki narsani ko'rdi. Ular kelib uni bo'g'a boshladilar. Yigit endi o'ldim deb o'yladi. O'lsam qutulardim dedi. Lekin qayerdadir shu yaqin o'rtada bir qiz shunday yig'lardiki u bu ovozga toqat qilolmadi. Birdan o'rnidan turdi. Qarasa bir qiz juda go'zal. U qizni tanidi. Lekin hayratda so'radi. Nima bo'ldi. Qiz yig'idan to'xtamay: siz har kuni muxabbatdan gapirardiz Uni sevishini meni unga bag'ishlashizni aytardiz. Har kun Unga duo qilib senga bag'ishladim uni qabul qil derdiz. Men Uni eshigi tagida turgandim birdan meni quva boshlashdi seni hojang gunoxga qaradi endi sen qabul qilinmaysan deyishdi. Tasavvur qilyapsizmi shuncha qizlar oldida quvishdi. Bariga siz aybdorsiz deya ho'ng ho'ng yig'layverdi. Yigit buni eshitib hushidan ketayozdi ilonlar esa uni yana bo'g'a boshladi.... Men esa jim kino ko'rayapman. Kitoblarda achinarli joylar chiqsa bir kun yig'lab yuradigan kinolarda aktyorlar o'rniga chin dildan yig'lab beradigan men jimgina kino ko'rayapman. Hatto achinmadim ham. Qaytangga shunga loyiq bu ham kam deya jimgina tomosha qilayapman. Jichcha izoh. Tv bu meni qalb ko'zguyim. Lavalar afsus nadomat. O'rtadagi yigit irodam. Qahr bilan kino ko'rayapman.

Qayd etilgan


leonardo1024  06 Dekabr 2014, 12:36:45

Men shuni sezdimki, Boshqa dindagi odamlarda ko'ra ko'proq musulmonlarni shayton vasvasa qilar ekan.  Musulmonlar ko'p holda mol-dunyoga o'ch. Musulmonlarni bir biri bilan hamkorlik bilan kelishib ishlashi qiyin...
Oddiy misol, Nega Arab davlatlarida buncha ko'p muammo...? Sababi o'zaro kelishuv yo'q. Har biri "Men zo'r" deb turib oladi.  Musulmon o'lkalardagi rahbarlarga qarasangiz, ular boylik to'plashdan o'zini tiyishi qiyin...

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  08 Dekabr 2014, 23:37:29

Albattada, shayton dushmaniga yopishmi birodariga yopishsinmi. Lokin Aqil egasini qalbini Alloh ko'rguvchi.

Qayd etilgan