Ko'ngil tubidan anglangan baxt!  ( 38149 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AL_laziz87  27 Noyabr 2010, 20:16:31

Ko’ngil. Ufqqa intilar!"¦
Cheksiz orzu umidlar"¦
Yozib xayot asarin"¦
"¦Tangrim bizga tikalar"¦

Assalomu alaykum! Ushbu blogda ko’nglimiz tubidan anglagan baxtni yozamiz!

Qayd etilgan


AL_laziz87  27 Noyabr 2010, 20:33:12


Baxtni angladikmi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim doim xayiralishdan oldin baxtli bo’ling duya xayirlashardi uning bunday tarzda xayirlashuvi meni mushaxadaga chorlardi: Men baxtlimanmi?, unga qanday erishiladi? Shu kabi savollarga javob izlashga xarakat qildim! Baxt —baxt tushunchasi keng qamrovli deb qabul qilinadi, aslida esa umrimizni bezab turgan arzimas omillar xam baxtli ekanimizdan darak beradi. Baxtli bo’lish uchun o’sha baxtga intilmoq va muximi o’sha baxtni xis etmoq kerak!......

Qayd etilgan


AL_laziz87  27 Noyabr 2010, 20:38:20

              "œBaxt izlagan baxtsizlar"
Ushbu mavzuni ochishimga eng katta sabab bo’lgan, o’z boshimdan kechirgan manabu voqea sabab"¦.
"¦Ish yuzasidan Andijon viloyatidagi bir tumaniga borgandim. U yerda bir keksa otaxon bilan suxbat qurib qoldim! Suxbat yakunida U menga shunday so’zlarni ayitdi: Dunyoviy ilmdan ancha savotli ekansan, o’z ishingni ustasi ekanliginga esa shubxam yo’q, lekin baxtli bo’lish uchun baxtsizlikni unitmoq kerak diya suxbatni yakunladi. O’z ishlarimni yakunlab yo’lga qaytar ekanman yo’lda faqat bir narsani oy’lardim Otaxon bilan bo’lgan suxbatning yakunini. Nima uchun bunday dedi men baxtliman yoki baxtsizman deb unga ayitmadimku yoki ko’zlarimda baxtsizlikni sezdimi? Naxotki meni baxtsiz deb o’yladi. Agar shunday diya o’ylagan bo’lsa nimaga? Shu kabi savollar menga umuman tinchlik bermadi"¦suxbatni qayerida xato qilganimni o’ylab oxiriga yetolmadim..
Ikki kun o’tdi shu xayollar bilan yana ish yuzasidan o’sha tumanga bordim otaxon bilan ko’rishar ekanman sabrim chidamasdan nima uchun bunday deganini so’radim"¦Ozgina skut cho’mdi va menga kulimsirab shunday dedi: Baxt qayoqda? Oraga ya’na skunat cho’mdi"¦Otaxon..Gap boshlashimni bilaman..gapimni bo’ldida o’yla yaxshilab o’ylagin shunda Baxtli bo’lish uchun baxtsizlikni unutmoq kerak va baxt qayerda degan savollarga javob olasan faqat uzoq o’ylama qancha umring qolganini bilmaysan dedida men boray Namoz vaqti yaqin deb ketdi"¦.
O’yladim. Odatda baxt nima? degan savollarga javob izlardim..Bugun esa savol boshqacha edi. Baxt qayoqda? Abadiy, yakuni yo’q baxt, Bunday baxt faqat jannatda. Seskanib ketdim.  Ikki kun oldin Otaxon ushbu gaplarni ayitganda Asr Namoziga Azon ayitilayotgani esimda"¦ Otaxon suxbatni yakunlaymizmi desa men axmoq tushunib olsaiz o’zizga foyda ertga dakument qilishda qiynalmaysiz degan so’zlarni ayitganimni esladim... Bu dunyo baxti, pul, topish uchun xarakatida o’sha tumanga boribmanu abadiy baxt uchun chaqirilayotgan azonga amal qilib 1 chaqirim narigiyoqdagi masjidga bormaganimni eslab ko’zimdan yosh chiqdi. Anglab yetgandim. Baxtli bo’lish uchun faqatgina bu dunyoni emas bu dunyoda baxtsiz bo’lsakda oxiratdagi baxtimiz uchun ishlashimizni angladim, moshinaga borib o’tirganimda shafyor yigit qayoqqa ishxonaga boremi degan savolni berdi"¦ Savol berdi-yu Ko’zimdagi yoshlarni ko’rib xayron bo’ldi.. Bu dunyo baxti uchun, buyurgan amallaringni unnutganimiz uchun kechir Olloxim!

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2010, 20:53:02

:as:

MashaALLAH, bloglar muborak, forumdosh.. Manfaatli bo'lsin!

Ilohim HAQIQIY BAXTga yetish jami mo'min-musulmonlarga nasib etsin!

:amn:

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Noyabr 2010, 23:16:30

Juda chiroylik,blog lazizbek!
Moro bolsin!

Qayd etilgan


afifa  28 Noyabr 2010, 08:16:47

Assalamu alaykum.bloglar muborak bo'lsin.SIZNI Oxirat dunyo baxti sizga nasib qilsin!
Baxtsizlik bu o'tmishda qolgan yomonlik,gunoxlar, benamoz o'tgan kunlar,xullas boshingiz sajda ko'rmay o'tish shu baxtsizlik,kelgan musibatlarga sabr qilmaslik baxtsizlik,xayotidan,taqdiridan nolishlik baxtsizlik!xaqiqiy baxt Iymonlik,sabrlik,taqvolik mana shular Baxtlilik.XAMMAMIZGA baxt ato qilsin, baxtdan bebaxra qolmasin!

Qayd etilgan


siddiqa  29 Noyabr 2010, 23:22:23

 :as:

Manfaatli bo'lsin .

Bir ko'zi ojiz tanishimiz bor ,o'qishni ,ham bitirib oldilar .Doim kulib turuvchi chehrasini ,viqor bilan hadis aytishini ,ko'r bo'lsam ham nega endi barmoqlarim bo'la turib Allohni kitobini o'qimasakanman,eshita ola turib eshitmasakanman  degan opani eslasam .o'zimga O'zim SIDDIQA SEN NOSHUKURSAN deb aytib qo'yaman .

Qayd etilgan


Hadija  30 Noyabr 2010, 09:38:05

 :jaza: Alloh hayirli, barokatli va davomli qilsin!
   


Qayd etilgan


JaviK  30 Noyabr 2010, 14:58:49

Mening bahtim namozda

...Bir kun tush ko`ribman, tushimda juda qorong`u zulmat ichida yurar ekanman. Oyog`imga nimalardir sanchilyapti, yuragimni tez urushidan ovozi o`zimga eshitalotgan edi. Bu yerdan qanday chiqaman deb o`ylayatgan cho`gim Uzoqdan bir nur ko`rina boshladi, Shu nurga qarab intila boshladim, oyog`imdan nimalardur chaqayotganga o`hshardi lekin menga buni qizig`i yo`q edim meni shu holatimda faqatgi shu nurga yetib olsih niyati edi. Nur taralayotgan tomon yaqinlashar ekanman nur mendan uzoqlasha bordi. yorug`likka yetay deganimda oyog`imdan bir narsa torta boshladi, va meni tubsiz chuqurga tortayotgan edi, Qo`rqib ketdim , qattiq qichqirdim va uyg`onib ketibman. Uyg`onganimda esa yonimizdagi masjid muazini Bomdod namoziga aytayotgan azoni eshitildi.

           O`tmishim yodimdan o`tdi, o`tgan yili do`stim bilan ish boshladik, Do`stim namozhon, taqvoli yigit edi, menga ham namozni o`rgata boshladi. doim masjidda birga namoz o`qir edik. Alloh ishimizni rivojini berib ishimiz yurishib ketdi, firmamizni kenggaytirdik. Asta sekin dushmanlar ham chiqa boshladi, do`stingman deb ichingga kirar ekanda seni yo`ldan urar ekan. Har kuni maishat, yig`ilish bohona ulfatchilik, Do`stim esa meni bu yo`ldan qaytarar men esa g`aflatga tobora bota boshlar edim. Do`stim bilan oramiz buzildi va firmani bo`lishib oldik. men tobora botib borar edim. Namozimni unutdim. Alloh ham meni unutdi. Ishimdan ayrildim, Oilam buzildi, bu dardlarni ko`tara olmay Onajonim vafot etdi. ichkillika mukkasidan ketgan bir inson bol`ib qolgan edim. Atrofimdagi ulfatlarim ham meni tashlab ketdi. Qorongu honada o`zim qoldim.

O`rnimdan turim oynaga qaradim. Yuzimdan nur ketgan edi, Shu payt o`limni esladim. Qabr azobi, Ohiratni esladim. Allohni oldida qanday javob beraman. Shunda tushimni esladim, Nahot zulmat ichra meni chorlayotgan nur bu Allohning menga rahmatidur. Asta yuvindimda tahorat oldim, Masjid tomon qadam tashlar ekanman, Ichimda Allohdan gunohlarimga mag`firat so`rardim. Namoz o`qidim. Sajdaga borar ekanman ichimda qandaydur ovoz yo`qotgan bahtingni topding. Alloh Ihlos bilan tavba qilganlarni kechiradi deya ovoz chiqardi. Ko`nglim tog`dek ko`tarildi va masjid eshigi oldida Do`stimni uchratdim meni ko`rib ko`ziga yosh olib meni bag`riga bosib qaytganing rost bo`lsin dedi. yorug`llikka chiqqaning Allohning rahmati dedi. shunda do`stim so`zi davomida bugun tushida meni ko`rgani va meni zulmatdan u tomon harakatlanayotganimni ko`ribdi, U yorug`lik tomnda meni chorlayotgan men esa unga qarab yugurar ekanman, tushini nihoyalatmay ko`zimga yosh oldim. birga ishga yo`l oldik. Men yo`qotgan bahtimni namozimdan topganimi ichimdan his qildim. Allohim o`zingga shukur.

Qayd etilgan


Zamiraxon  30 Noyabr 2010, 23:36:39

 :as:

Javik, Allohim sizdan rozi bo'lsin, omin! Judayam ta'sir qildi. Allohim hidoyat yo'liga kirmaganlarning bu nurli yo'lda yurishlarida sizni sababchi qilsin. Mashaallah!!!

Qayd etilgan