Ko'ngil tubidan anglangan baxt!  ( 38112 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


azizbek_mx  25 Dekabr 2010, 08:05:27

Kunim bir qolipga tushib qolgan. Har kuni ertalab ishga jo'nayman, kech qaytaman. Namozni ham unutib yuborganman... Forumga kirib, ibratli postlarga ko'zim tushadiyu, butun vujudim muzlab ketadi. Lekin baribir o'zimni ibodatga majburlay olmayman...
Ana shunday kunlarning birida kompimniyam yangilab oldim. Endi maza qilib musiqa eshitib ishlayman, deb o'yladimda, ro'yhatini tera boshladim. Nogoh, kataloglar orasida ma'ruzalarga ko'zim tushdi. Hamma ishlarimni tashlab, jon qulog'im bn tinglashga tushdim.

"bugun xitoydan islomni endigina qabul qilgan 12 yigit turkiyaga kelishdi. Hali ular muqaddas dinimiz shartlarhdan behabar, faqatgina Alhamdulillah va Allohu Akbar deyisha olardi holos. Hatto namozda o'qiladigan suralarni ham bilishmas, shu sabab, dinni yaxshi tushunadigan biror olimni izlab yurishardi. Va nihoyat, bir hoji imomning huzuriga borishdi. Hikoyaning davomini uning o'zidan eshitsak...
Hitoyliklarni birin ketin qoidalar bn tanishtira bordik, hatto ismlarini ham o'zgartirib, birini Muhammad, birini Hasan kabi har birini yangi nom bilan atay boshladik. Bularning orasida Muhammad alohida ajralib turardi, doim ko'zida yosh bilan ibodatda bo'lardi. Ular bilan Haj safariga bordik. Bolalarcha baxtiyor, goh kulishar, goh yig'lashardi. Bir kuni Muhammad aroq haqida so'rab qoldi, unga islom dinida qanday qaraladi? Men esa unga sharob islomda harom qilingani va uni hchish va sotish ham gunohligini aytdim. Shu kuni kechqurun mehmonxonaga qaytganimizda Muhammad xitoydagi ukasiga qo'ng'iroq qildida, aroq zavodini darhol yopishni buyurdi. Ukasi bunday qilolmasligini, katta zarar ko'shlarini ta'kidlamasin, baribir hoziroq yopishni buyurib go'shakni qo'ydi. Ertasi kun bomdodda Payg'ambarimiz s.a.v. Jannat bog'chasi deya ta'rif bergan namozni o'qish un jam bo'ldik. Ikkinchi bor sajdaga borganimizdan keyin Muhammad sajdadan boshini ko'tarmadi. Sajdada uzildimi deb o'yladim, yo'g'e, hali yosh yigit... Uni sekingina turtib ko'rsam yon tomonia yiqilib tushdi..."
..

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Dekabr 2010, 08:17:03

"zudlik bn uni shifoxonaga olib bordik. U olamdan o'tgan edi...
Tashqariga chiqib nima qilarimizni bilmay turganimizda, shifoxona yoniga bir mashina kelib to'xtadi. Uning egasi katta obro' egasi ekanini mashinasi markasidan ham bilsa bo'lardi. Shifoxona xodimlari ham u kishini hurmat bn qarshi olishdi. Keyinchalik bilsak, u kishi Shayx hazratlari ekan. Shifoxona xodimlaridan, bu yerda biron xitoylik olamdan o'tdimi deb so'radilar. Biz, uni taniysizmi, biz uning do'stlarimiy, deb so'rasak u kishi, kechqurun tushimga Payg'ambarimiz s.a.v kirdilar va buyurdilar, bu yerda bir xitoylik ummatim olamdan o'tadi, turginda janozasiga xozirlan!...."
ma'ruzaning shu yeriga yetganimda ko'zlarimdan shashqator yoshlar quyilib kela boshladi. Men uchun bundan ortiq baxt yo'q, chunki Olloh qalbimni yumshatib qo'ygan edi. Shu kundan buyon doim shu hikoyani eslab, namozni kanda qilmaslikka harakat qilyapman. Xudoga Shukr, ishlarim ham yaxshi. Allaqanday o'tkinchi hislar sabab o'zimni botqoqqa botirib yurgan ekanmam.... Duo qiling birodar, menga ham insof bersin. Sizday forumdoshlarim borligidan baxtiyorman...

Qayd etilgan


AL_laziz87  25 Yanvar 2011, 12:09:59

Узоқ-узоқлардаги бир қишлоқда ёш йигит сз ишини бошлади. Яъни, икки ксчанинг чорраҳасида савдо қилишга киришди. У жуда оқкснгил, меҳрибон йигит сди. Ҳамма уни схши ксрарди. Аарсаларни ундан олишиб, танишларига ҳам тавсис қилишарди.
Ҳалиги йигит бир йилни ичида мамлакатнинг бир томонидан иккинчи томонига етадиган, халқларни бир-бирига жипслайдиган занжир ҳосил қилганди. Орадан йиллар стди...
Кунлардан бир куни сша киши ҳасталаниб, шифохонага ётқизилди. Врачлар уни текшириб, ксп сшамаслигини айтишди.
Шунда ҳалиги киши ёнига уч сғлини чақириб, уларга қуйидагича топшириқ берди:
Мен бир неча йиллар тер тскиб, сратган фирмамга ичинглардаги биттанглар бошлиқ бсласизлар. Лекин, қайсингиз снг лойиқ сканингизни билиш мақсадида ҳар бирингизга бир доллардан бераман. Ушбу бир долларга ҳоҳлаган нарсангларни олишинглар мумкин. Лекин, бир шартим: бугун кечга бу ерга келганингларда, олган нарсанглар мана шу хонани бошдан-оёқ тслдириб туриши керак!
Учала сғил ҳам бундай нуфузли фирмага сга бслиш илинжида ҳасжонлана бошлади. Аиҳост, учаласи ҳам шаҳарга бориб, пулларини ишлатишди. Кечга қайтганларида оталари ссради:
Қани, тснғич сғлим, пулингга нима олдинг?
Ўғли жавоб берди:
Дсстимнинг даласига бордим. Лулимни унга бериб, икки қоп сомон олдим. Кейин чиқиб, сомонларни олиб кирди-да, хонага соча бошлади...
Хона бир онда учиб юрган сомонга тслди. Лекин, ксп вақт стмасдан ҳалиги сомонлар ерга тушди. Яъни, ота айтгандай: хонани бошдан-оёқ тслдиролмади.
У киши иккинчи сғлига юзланди: Ўғлим, сен пулингни нима қилдинг?
Мен бир ксрпа-ёстиқ тикадиган одамни уйига бордим. Икки дона ёстиқ сотиб олдим, - деди иккинчи сғил. Ва, хонага иккита ёстиқ опкелиб, ичидан парларни (патларни) чиқариб, ер билан битта қилиб хонага соча бошлади. Ҳамма ёқ пат билан тслса-да, лекин, дарров ерга тушиб, сна хонани тслдиролмади...
Шунда ота учинчи сғлидан ссради: Сен пулингни нима қилдинг?
Учинчи сғил бундай деб жавоб берди:
Сиз берган сша бир долларни олиб, бир дсконга бордим-да, майдалатиб олдим. 50 яентини муқаддас жойга садақа қилдим. 20 яентини шаҳримиздаги иккита ёрдам ташкилотига бердим. Яна 20 яентини заифларга тарқатдим. Шундай қилиб, 10 яентим қолди. Унга сса иккита нарса олдим.
Бола қслини чснтагига солиб, бир гугурт қутиси ва битта шам чиқарди.
Хонанинг чироғини счириб, шамни ёққан сди: хона шам ёруғи билан тслди!
Хона сомон ёки патлар билан смас, бошидан-охиригача нур билан, ёруғ билан тслган сди!
Ота бениҳос хурсанд сди!
Жудасм схши, сғлим! Фирманинг бошлиғи  сен бсласан. Чунки, сен  ҳаётдаги снг муҳим нарсани биласан, съни сз ёруғингни сочишни! Бу  жудасм муҳим...

Qayd etilgan


AL_laziz87  05 Mart 2011, 13:01:35

Podishox o’z askarlari bilan tunda ketayotgan ekan shunda yo’lda bir toshga o’xshagan narsa ko’rishibdi, shuna podishox hohlasalaring olinglar hohlasalaring olmenglar debdi shunda bazlar bitta olibdi. Bazlar esa ikkita uchta olishibdi. Olmaganlar ham bo’libdi. Shundan so’ng ular yo’lida davom etishibdi. Ancha yurgandan so`ng yerga yoruqlik tushibdi va olgan narsalarini ko’rishganda u narsa oltin ekanligini bilishibdi.
Shudan so’ng olmaganlar shunaqangi afsus qilishdiki bitta olsam bo’lmasmidi deb, bitta olganlar esa ikkita olganimda edi ikkita olganlar uchta uchta olganlar to’rtta olmabman deb afsus qilishibdi. Qanay baxt qurik qoldik deb ox urishibdi........
Biz ham bu dunyodan o’tib u dunyoga borganimizda shunday afsus qilar ekanmiz. Alloxning farz amali 5 vaqt namozni o’qimaganlar nega o’qimadim 5 vaqt namozni o’qiganlar nega nafl namozlarini o’qimadim 5 vaqt va nafl namozini o’qiganlar esa nimaga juma namoziga bormadim nimaga zakot bermadim nimaga ro’za tutmadim deb afsus qilar ekan.
Biz ham bu dunyoda yo’ldamiz yo’limizda Alloxning bizga buyurgan farzlari bu oltin bu oltindan ko’piroq olvolaylik u dunyoda kamroq afsus qilamiz.... Chinakam baxtga yetishelik........

Islom Litseyi talabasi bilan qilgan suxbatimdan

Qayd etilgan


Habib  05 Mart 2011, 13:21:47

Мсмин бслиш қандай бахт.... Аллоҳга шукр!

Qayd etilgan


AL_laziz87  15 May 2011, 17:42:01

O’zgaga jahannam «gullari» nasib bo‘lishini istayotgan odam buning o‘rniga o‘zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.

Qayd etilgan


Best friend  15 May 2011, 17:50:59

 Odam bolasini faqat Jannat qoniqtiradi, chunki otamiz Odam a.s. Jannatni ko'rganlar va farzandlari hamon shunday baxtni qidirmoqda. Faqat Jannatdagina o'zimizni hech narsaga muhtoj emasligimizni his qilamiz. Jannatda baxtli bo'lishni barchamizga nasib qilsin Robbimiz...

Qayd etilgan


ummugulsumm  16 May 2011, 00:14:23

    Allohning borligiga,birligiga iymon keltirib,uning rahmatini his qilib yashamoq hayotimizning asl mazmuni.Tahoratda tanamiz yayraydi,namozlarda rohat topamiz.Allohga hamdu sanolar bulsin. Ammo bu buyuk haqiqatdan uzoq,qalblarini muz qoplaganlar,utkinchi dunyo lazzatlari uchungina tiriklar qancha...
    Alloh uzi suygan bandasini iymon nuri ila siylaydi bunday baht barchamizga nasib qilsin INSHALLOH.



Qayd etilgan


NANO  16 May 2011, 08:13:44

Ko'ngil tubidagi baxt faqat va faqat hotirjamlik... Qolgani qiymatsiz...


Qayd etilgan


Ислoмбек  16 May 2011, 08:27:44

O’zgaga jahannam «gullari» nasib bo‘lishini istayotgan odam buning o‘rniga o‘zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.
Tohir Malik. Akani ijodlariga, Allohimdan yanada kuch quvvat so'rab qolaman.

Qayd etilgan