Ko'ngil tubidan anglangan baxt!  ( 38137 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Best friend  10 Iyul 2012, 14:45:42

BAXT... BAXT... BAXT...
Baxt nima?. Yoningda do'sting borligi,
Sog'ingan chog'ingda intizorligi.
BAxt nima?. Onangning xumor ko'zlari
Sen uchun aytilgan shirin so'zlari.
Baxt nima?. Shirin uxlab yaxshi tush ko'rmoq,
Do'stlar davrasida doim xush yurmoq.
Baxt nima?. Inson boshiga tushganida g'am
Shu g'amga bardosh bera olsa odam.
Baxt nima?. Elga kelsa ko'rkam bahor,
Ko'klam tusiga kirgan ming yillik chinor...
Eng oliy baxt esa har bir insonning hayotda "MEN BAXTLIMAN" deya olishi!!!

 Eng oliy baxt emas, odam oz bo'sayam o'zini baxtli his qilishi uchun desangiz menimcha qaysidir ma'noda to'g'riroq bo'lar(mi)di.

Qayd etilgan


JeeS  11 Iyul 2012, 02:56:56

 :bsm3:

Ўзбекистонда тсғилиш, мусулмон юртда тсғилиш, имонда бслиш, бошни саждага қуйиш булар хам бахт. Аллоҳ барчамизни бахтимиздан айирмасин. Омин!

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  11 Iyul 2012, 08:26:21

:bsm3:

Ўзбекистонда тсғилиш, мусулмон юртда тсғилиш, имонда бслиш, бошни саждага қуйиш булар хам бахт. Аллоҳ барчамизни бахтимиздан айирмасин. Омин!
Ha juda to'g'ri fikr mana shularga yana bir qo'shimcha qilmoqchiman, mana shular insonni bahtiligini tushunib etishham bir baht, chunki ushbu ne'matlar atrofimizda juda ko'plarda mavjud, ammo ba'zilar uchun baht o'tkinchi boylikda.

Qayd etilgan


Best friend  11 Iyul 2012, 11:52:12

Har kimni o'z fikrlash dunyoqarashidan kelib chiqib etsak, Baxtni hamma uzicha tasavvur etadi.bu borada kimgadur fikr singdirish to'g'rimas. Aql ong-mustaqil fikrlawdan qoloq bulib qoladi,agar unga to'siq quysalar. Yoki hafsala yuqoladi,buyoga fikrini yozishga kelganda  : )

 Хадича opa, birinchidan men aql o'rgatmoqchi yoki o'zimni aqlli ko'rsatish maqsadida gapirmadim. Bu dunyoda haqiqiy musulmon odam hech qachon o'zini to'la to'kis baxtiyor his qila olmaydi. To'g'rida, musofir odam - hali o'z VATANiga yetisholmagan odam qanday qilib baxtli bo'lsin? Hasan Basriyning kulayotgan odamlarga nima degnlarini eslang. Ayniqsa ayni zamonda haqiqiy mo'minlar qancha azob - uqubatlarni boshdan kechiryabdi. Qaysi vijdonli mo'min birodarlar qiynalaotganini ko'rib, baxtliman deya oladi? Islom g'arib holda keldi va u g'ariblikka qaytadi. Bir ulamodan: "Mo'min qachon uqubatlardan qutulib, bax-saodatga erishadi?", deb so'raganlarida: "Jannatga yetganda!", degan ekanlar. Meni yana aqllilik qilyabdi demang, bu xar bir mo'minni aqidasi bo'lgan. Chunki eng buyuk baxt bu dunyoda bo'lmasligini odamlar emas, Alloh aytyabdi:

"Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yo‘lida jang qilishib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar, (Bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O’zining haq va’dasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo‘minlar), qilgan bu savdolaringizdan shod bo‘lingiz. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir." (Tavba. 111)

Qayd etilgan


Humayro  12 Iyul 2012, 10:06:25

Счастье - в предчувствии счастьс.
съни Бахт - бу бахтни кутишдир.

Qayd etilgan


Hilol OY  10 Avgust 2012, 21:33:59

BAXTning chegarasi va shakli yoqdir balki. Kim uchundir baxt hisoblangan narsa boshqa inson uchun azob ham bo'lishi mumkin. Lekin ba'zan odamlar kimlarnidir "baxtsiz" deya atashadi, lekin ularning ko'zi uning baxtini ko'rishga qodir emas.

Biz o'zimizni baxtli his etamiz ko'p hollarda, lekin baribir yuragimizni nimadir kemirib turgandek, nimadir kamdek go'yoki...

Alloh hammamizga IKKI dunyo saodatini nasib aylasin!

Qayd etilgan


xojarnur  04 Sentyabr 2012, 03:16:03

Baxtim...Mehribon Robbim meni bandalari orasidan tanlab Iymon bergani. Albatta buni to'la to'kis baxt deya olmayman,chunki taqdirimni bilmayman. Qalbimdagi yoki xulqimdagi qaysidir kamchiligim sababli bu Iymonni olib qo'ymasmikin.

Do'zaxga tashlanadigan qorilar bor,olimlar bor,shahidlar bor.
Jannatga bir qadam qolganida do'zaxiyning bitta amalini qilib do'zaxiy bo'lib ketadigan kishilar bor. Nastauzu billah.
Robbimning huzuri va Jannatiga erishishlik -keragidan ortiq BAXT.
Baxtli bo'laman deb CHiroyli gumon qilaman xolos.

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Sentyabr 2012, 04:36:09

 :asl3:

Inson noshukur bo'ladi. O'zida boriga emas o'zgada
boriga havas bilan qaraydi. Qoralar oqaraman, deb
terisini almashtirsa, oqlar qorayaman, deb "zagar" oladi.
Semizlar ozaman deb diyeta qilgan yerida oriqlar semiraman
deb davolanadi. Boylar pul bilan bog'liq mashmashalardan to'yib
och bo'lsa ham tinchgina yurgan kambag'al hayotiga havas qilsa,
kambag'allar nega meni faqir qilib yaratding, deb Robbisiga isyon qiladi.

Hulosa:
Alloh berganiga shukur qilib, rozi bo'lib, qanoatda yashashlik-bu katta baxtdir!


Qayd etilgan


Ansora  08 Sentyabr 2012, 17:26:38

 :asl3:

Yaqinlaringning sog'-salomat yurishi juda katta baxt ekanligini yana bir bor his qildim:(

Qayd etilgan


Muxsiya  06 May 2013, 17:00:17

Inson baxtining qadrini birozga bo'lsada undan ayrilganidagina his qiladi

Qayd etilgan