Hiqqichoq tutsa  ( 9000 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


jasur.best  29 Noyabr 2010, 23:58:24

Agar sizni hiqqichoq tutib qolsa, so'rg'ich konfentni og'zingizga soling. Tezda uni bartaraf etadi.

Qayd etilgan


JaviK  30 Noyabr 2010, 01:30:16

bizda buvimlar sabzi archib berardilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  01 Dekabr 2010, 00:18:39

 :as:

Hiqichoq qanday yuzaga keladi, shuni hech o'ylab ko'rganmisiz?

Hiqichoq tutgan insonni qo'rqitsak o'zdan-o'zi to'xtardi :)
Esimda bir marta hiqichoq tutib turganda pochcham "Ha, Zamira nimaga o'g'irlik qilding" desalar, yuragim chiqib ketay degan va shu bilan birga qiynab turgan hiqichoq to'xtagan. VaAllahu A'lam, har narsada hikmat bor, Alloh bilguvchi, hiqichoqni O'zi beradi, O'zi to'xtatadi!

Qayd etilgan


Bek aka  01 Dekabr 2010, 00:54:40

VaAllahu A'lam, har narsada hikmat bor, Alloh bilguvchi, hiqichoqni O'zi beradi, O'zi to'xtatadi!

Man qattiqroq narsa yeganimda (behi yeganimda ko'p bo'ladi) tiqilib hiqichoq tutadi. Suv ichsam, suv to'xtatadi.

Qayd etilgan


jasur.best  01 Dekabr 2010, 19:50:39

:as
Esimda bir marta hiqichoq tutib turganda pochcham "Ha, Zamira nimaga o'g'irlik qilding" desalar, yuragim chiqib ketay degan va shu bilan birga qiynab turgan hiqichoq to'xtagan.
shunga ya'ni o'g'irlik qilding deganiga rostdan ham ishonsangiz, to'xtaydi. Bo'lmasa, to'xtamaydi. Biz ham yoshligimizda hiqqichoq tutganda kattalar shunaqa deyishasa, yig'lab yuborgudek bo'lib ketardim. Keyin sababini bilganman

Qayd etilgan


Sevdo  02 Dekabr 2010, 14:12:32

Chuqur nafas olish yohud suv ichib yuborish ham hiqichoqni tuxtatadi

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 14:26:31

Bizda esa asosan qo'rqitishadi:)

Qayd etilgan


braupov  02 Dekabr 2010, 14:42:56

 :as:
Hiqqichoq tutmaslik uchun eng avvalo Ovqatni shoshmasdan eyish kerak. Chunki Hiqqichoq asosan nafas yo'liga ovqat yoki suyuqlik ketib qolishida vujudga keladi deb eshitganman.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  02 Dekabr 2010, 15:04:15

Chaqaloqlar odatda emizilgandan keyin, yoki sun'iy ovqat so`rg`ichda berilganidan keyin hiqichoq tutib qoladilar. Buni oldini olish uchun bolani ovqatlantirgach, bir muddat ko`tarib(turg`azgan holda) turish lozim. So`ng ozroq qaynatilgan suv berilsa to`htaydi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Dekabr 2010, 21:37:32

Hiqichoq tutishining sababi qizilo'ngachning ochilib qolishi va diafragmaning uni yopishga urinishi Vaallahu A'lam.

Qayd etilgan