BraziliyaRasmiy nomi — Braziliya Federativ Respublikasi. Poytaxti — Brazilia. Hududi — 8.511.965 km². Aholisi — 171 mln. 800.000 kishi(2001). Davlat tili — portugal. Dini — katolik. Pul birligi — real.
Geografik joylashuvi: Janubiy Amerikaning sharqiy va markaziy qismida joylashgan.
Iqtisodi: agrar-industrial mamlakat. Mashinasozlik(avtomobilsozlik va samolyotsozlik), electron hisoblash texnikasi, metallurgiya, kimyo, yog’ochni qayta ishlash, to’qimachilik, qahva, shakarqamish, sitruslar, soya, kakao, guruch, manioka o’stiriladi va ishlov beriladi. Qoramol, qo’y, yilqi, cho’chqa, parrandachilik rivojlangan.