Jahon mamlakatlari  ( 51273 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Habib  30 Noyabr 2010, 14:31:47

     Duyno mamlakatlari haqidagi ma’lumotlar barchani qiziqtirishi tabiiy. Yer kurrasining boshqa burchagidagi davlat nomi, aholisi, geografik joylashuvi, iqtisodi, sanoati va shunga o’hshash qisqa, lo’nda ma’lumotlar asosida tayyorlangan ushbu risola keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
    
     Mazkur risolada dunyoning 221 davlati haqida ma’lumotlar jamlangan.


Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 14:33:16

Avstraliya

Rasmiy nomi —
Avstraliya ittifoqi. Poytaxti — Kenberra. Hududi — 7692,5 km². Aholisi — 20.001 546  kishi (2007). Davlat tili — ingliz. Dini — anglikanlar (26%), katoliklar (26%), protestantlar (20%), pravoslavlar (4%). Pul birligi avstraliya dollari.
Geogragik joylahshuvi: Avstraliya materigi Tasmaniya va uning yonidagi mayday orollarda, Yerning januby yarim sharida joylashgan davlat.
Iqtisodi: Avstraliya bozor iqtisodi yuqori rivojlanishga ega bo’lgan agrar-indusrtrial mamlakat.
Sanoati: Mashinasozlik, tog’-kon, kimyo sanoati, oziq-ovqat, po’lat quyish. Qishloq ho’jaligi asosan, eksportga ixtisoslashgan.Chorvachilik rivojlangan.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 14:38:36

Avstriya

Rasmiy nomi — Avstriya Respublikasi. Poytahxti — Vena. Hududi — 83,9 km². Aholisi — 8.0 mln kishi(2001). Davlat tili — nemis. Dini — katoliklar (86%), protestantlar (5,5%), boshqa dinlar (8,5%). Pul birligi — evro.
Geografik joylashuvi: Avstriya Markaziy Yevropada joylashgan davlat.
Iqtisodi: Avstriya milliylashtirilgan sanoat va ijtimoiy ta’minotning keng tizimiga ega bo’lgan, rivojlangan iqtisodga ega davlat.
Sanoati: metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, teri-poyabzal, energetika, sellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish yahshi yo’lga qo’yilgan.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:05:06

Albaniya

Rasmiy nomi — Albaniya Respublikasi. Poytaxti — Tirana. Hududi — 28,7 km². Aholisi —3 mln, 400 ming kishi(2001). Davlat tili — alban. Dini — musulmonlar (70%), pravoslavlar (20%), katoliklar (10%). Pul birligi — lek.
Geografik joylashuvi: Bolqon yarim orolining g’arbiy qismida, janubi-sharqiy Yevropada joylashgan davlat.
Iqtisodi: to’g-konchilik, oziq-ovqat,yengil sanoat, neft, kimyo, metallurgiya, gidroenergetika,qishloq ho’jaligiga ihtisoslashgan.


Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:08:29

Amerika Qo’shma Shtatlari

Rasmiy nomi — Amerika Qo’shma Shtatlari. Poytaxti — Vashington. Hududi — 9363200 km². Aholisi — 284500000 kishi.(2001). Davlat tili — ingliz (ispan,fransuz,nemiz,italyan,polyak, portugal,arab,hind tillari ham keng tarqalgan.) Dini — protestantlar (53%), katoliklar (26%), yahudiylar (2% ga yaqin), pravoslavlar (2% ga yaqin), musulmonlar (2% ga yaqin). Pul birligi — AQSh dollari.
Geografik joylashuvi: Shimoliy Amerika materigida joylashgan.
Iqtisodi: AQSh ilg’or industrial va sanoatning yuqori diversifikasiyiga ega davlat bo’lib, neft sanoati (dunyoda 2-o’rinda), metallurgiya(alyuminiy, qo’rg’oshin, mis ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, electron, oziq-ovqat, yog’ochni qayta ishlash va qishloq ho’jaligiga qaratilgan.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:09:58

Angilya

Rasmiy nomi — Buyuk Britaniya mulki Angilya (Anguilla). Poytaxti — Valli. Hududi — 96 km². Aholisi — 11147 kishi. (1998). Davlat tili — ingliz. Dili — xristianlik. Pul birligi — sharqiy karib dollari.
Geografik joylashuvi: Karib dengizidagi Angilya va Sombrero orollarida va Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan.
Iqtisodi: asosan dengiz ovchiligi, chet el turizmi, qishloq ho’ajligirivojlangan.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:15:56

Angola

Rasmiy nomi — Angola Respublikasi. Poytaxti — Luanda. Hududi — 1246700 km². Aholisi —12300000 kishi (2001). Davlat tili — Portugal. Dini — katoliklar (65%), protestantlar (20%), majusiylar (10%). Pul birligi — kvanza.


Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:17:18

Andorra

Rasmiy nomi — Andorra knyazligi. Poytaxti — Andorra — Le —Velya. Hududi — 468 km². Aholisi — 100.000 kishi(2001). Davlat tili — katalan. Dini — katolik. Pul birligi — evro.
Geografik joylashuvi: Yevropaning janubiy-g’arbida (sharqiy Pireneyda) joylashgan.
Iqtisodi: turizm(yiliga 13 mln sayohatchi), sigaralar, sigaretlar, mebel ishlab chiqarish.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:39:30

Antigua va Barbuda

Rasmiy nomi — Antigua va Barbuda. Poytaxti — Sent-Jons. Hudugi — 442 km². Aholisi —65176 kishi.(1995). Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — Sharqiy karib dollari.
Geografik joylashuvi: Vest-Indiyada, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan orol-davlat.
Iqtisodi: turizm, qishloq ho’jaligi, chorvachilik.

Qayd etilgan


Habib  30 Noyabr 2010, 15:48:13

Antil orollari

Rasmiy nomi — Antil orollari (Niderlandiya mulki). Poytaxti — Villemstad. Hududi — 800 km². Aholisi — 200000 kishi(2001). Dini — katoliklar (85%), protestantlar (15%). Pul birligi — Niderlandiya antil guldeni (florin).
Geografik joylashuvi: Venesueladan shimolroqda, Karib dengizi havzasida joylashgan.
Iqtisodi: chet el turizmi, neftni qayta ishlash, to’qimachilik, sellyuloza-qog’oz, oziq-ovqat, tamaki, spirtli ichimliklar.

Qayd etilgan