Amerika Qo’shma ShtatlariRasmiy nomi — Amerika Qo’shma Shtatlari. Poytaxti — Vashington. Hududi — 9363200 km². Aholisi — 284500000 kishi.(2001). Davlat tili — ingliz (ispan,fransuz,nemiz,italyan,polyak, portugal,arab,hind tillari ham keng tarqalgan.) Dini — protestantlar (53%), katoliklar (26%), yahudiylar (2% ga yaqin), pravoslavlar (2% ga yaqin), musulmonlar (2% ga yaqin). Pul birligi — AQSh dollari.
Geografik joylashuvi: Shimoliy Amerika materigida joylashgan.
Iqtisodi: AQSh ilg’or industrial va sanoatning yuqori diversifikasiyiga ega davlat bo’lib, neft sanoati (dunyoda 2-o’rinda), metallurgiya(alyuminiy, qo’rg’oshin, mis ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, electron, oziq-ovqat, yog’ochni qayta ishlash va qishloq ho’jaligiga qaratilgan.