Jahon mamlakatlari  ( 39482 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Nurdinboy  01 Dekabr 2010, 23:30:57

Turkiya (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti)

     Turkiy davlati. Osiyoning janubi-gʻarbida, Qora dengiz va Oq dengiznning oʻrtasidagi, Onadoʻli yarimorolida joylashgan. Yeri (ichki suv havzalari bilan )783,562 km² dan tashkil etadi.
     Turkiya sharqdan Gurjiston, Armaniston, Ozarbayjon va Eron bilan, janubdan Iroq va Suriya bilan, gʻarbdan esa Yunoniston va Bolgariya bilan chegaradosh. Oʻlkaning Marmara, Egey, Oq dengiz va Qora dengiz bilan qurshalgani dunyo okeaniga chiqishga imkon beradi.
     Bayrogʻi: oy-yulduzli Turk Bayrogʻidir.
     Rasmiy tili: Turkcha (Onadoʻli Turkchasi)'dir.
     Eng katta shahri Istanbul'dir.
     Poytaxti Anqara.
    Eng baland togʻi Ogri (Ağrı) togʻidir, eng keng koʻli esa Van koʻlidir. Turkiya Usmonlilar İmperiyasining devomidir.
    Oʻlka 7 joʻgʻrofiy mintaqa va 81 viloyatga ayrilgan.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Habib  02 Dekabr 2010, 10:48:43

Meni qo'limda Yangi Asr Avlodi nashroytida chiqqan(2010), P.Qodirov qalamiga mansub "Jahon mamlakatlari" kitobchiasi bor. Shuni baham ko'ryapman qo'ldan kelgancha.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 15:53:27

Bruney

Rasmiy nomi — Bruney Dorussalom. Poytaxti — Bandar-Seri-Begavan. Hududi — 5765 km². Aholisi — 300.000 kishi(2001). Davlat tili — malay, ingliz. Dini — Islom. Pul birligi — Bruney dollari.
Geografik joylashuvi: Janubi-sharqiy Osiyodagi Kalimantan orolining shimolida joylashgan davlat.
Iqtisodi: Neft qazib olish va qaysa ishlash, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish. Sholi va palma dehqonchiligi, chorvachilik.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 15:54:50

Burkina-Faso

Rasmiy nomi — Burkina-Faso Respublikasi. Poytaxti — Uagadugu. Hududi — 274122 km². Aholisi — 12 mln. 300.000 kishi(2001). Davlat tili — fransuz. Dini Islom(50%), majusiylar(40%), katoliklar(10%). Pul birligi — Afrika franki.
Geografik joylashuvi: G’arbiy Afrikada joylashgan.
Iqtisodi: agrar mamlakat. Merganes,simob,oltin,fosfatlar,nikel,marmar qazib olinadi. To’qimachilik, teri-poyabzal, go’sht tayyorlash, yo’g-moy, pahta tozalash korxonalari mavjud. Baliqchilik rivojlangan. Yeryong’oq, shakarqamish yetishtiriladi.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 15:56:40

Burundi

Rasmiy nomi — Burundi Respublikasi. Poytaxti-Bujumbura. Hududi - 27834 km². Aholisi — 6 mln, 200.000 kishi.(2001) Davlat tili- fransuz,Kirundi. Dini — katoliklar (63%), majusiylar(32%), protestantlar(5%). Pul birligi — Burundi franki.
Gegorafik joylashuvi: Sharqiy Afrikada joylashgan mamlakat.
Iqtisodi: Burundi — agrar mamlakat. Yog’ochni qayta ishlash, to’qimachilik, sement ishlab chiqarish, qishloq ho’jaligi xom-ashyolarini qayta ishlash korxonalari bor. Baliqchilik, chorvachilik rivojlangan. Qahva, choy, paxta yetishtiriladi.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 15:58:22

Butan

Rasmiy nomi — Butan Qirolligi. Poytaxti — Tximpxu. Hududi -47000 km². Aholisi — 900.000 kishi(2001). Davlat tili — dzong-ke. Dini — maxayan budaviyligining lamaistik shakli. Pul birligi — ngultrum.
Geografik joylashuvi: Osiyoning janubida, Malayning shaqrida joylashgan davlat.
Iqtisodi: dehqonchiligi — mango, boshoqlilar, sitrus o’simliklar, ananas yetishtiriladi. Hunarmandchiligi- sovuq qurol, gilam, mato to’quvchiligi, yog’ochga ishlov berish amalgam oshiriladi.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 15:59:25

Buyuk Britaniya

Rasmiy nomi — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti — London. Hududi - 24410 km². Aholisi — 61. 634. 782 kishi.(2009) Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik (71,6 %), Islom (2,7 %). Pul birligi — funt-sterling.
Geografik joylashuvi: Yevropaning shimoli-g’arbida. Britan orollarida joylashgan davlat.
Iqtisodi: Jahondagi eng rivojlangan 8 ta davlatlar biri. Neft va gaz ishlab chiqarish, mashinasozlik(avtomobilsozlik,kemasozlik), aerokosmik sanoat(dunyoda 3-o’rinda), oziq-ovqat sanoati, elektronika va elektrotexnika, tibbiyot anjomlari, kimyo sanoati, parfyumeriya.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 16:00:46

Vanuatu

Rasmiy nomi — Vanuatu Respublikasi. Poytaxti — Port Villa. Hududi — 14800  km². Aholisi — 200.000 kishi(2001). Davlat tili — bislama, ingliz, fransuz. Dini — protestanlar(58%), katoliklar (15%) va boshqalar. Pul birligi — vatu.
Geografik joylashuvi — Tinch okeanining janubi-g’arbiy qismidagi Yangi Gibrid orollarida joylashgan Okeaniya davlati.
Iqtisodi: qishloq- ho’jaligi — kakao, qahva, kopra,banan,yams(смс), manioc, shokolad daraxti o’stiriladi. Baliqchilik va turizm rivojlangan.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 16:01:51

Vatikan

Rasmiy nomi — Davlat-shahar Vatikan. Poytaxti — Vatikan. Hududi — 0.44 km². Aholisi — 900 kishi(2001). Davlat tili — italyan va lotin. Dini — katoliklar. Pul birligi — evro.
Geografik joylashuvi: Italiyaning poytaxti Rim shahrining g’arbiy qismida(Monte-Vatikano tepaligida), katlolik cherkovi boshlig’I Rim papasining rezidensiyasi hududida joylashgan kichik davlat.
Iqtisodi: moliyaviy hizmatlar va cherkovlarning badallaridan foyda ko’radi. Tangalar, suvenirlar ishlab chiqaradi.

Qayd etilgan


Habib  15 Dekabr 2010, 16:03:01

Vengriya

Rasmiy nomi — Bengriya Respublikasi. Poytaxti — Budapesht. Hududi — 93032 km². Aholisi — 10.000.000 kishi(2001). Davlat tili — vengr. Dini — katoliklar(68%), protestantlar(25%). Pul birligi — forint.
Geografik joylashuvi: Markaziy Yevropada joylashgan.
Iqtisodi: Vengriya — agrar-industrial davlat. mashinasozlik(avtomobilsozlik,lokomotiv,kemasozlik), asbob-uskunasozlik, kimyo, yengil(to’qimachilik, poyafzal) va oziq-ovqat sanoati, konchilik.

Qayd etilgan