Hayot nima?  ( 22662 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 16:35:43

                                                               
                                                                     :bs1:
                                                            :as:

Sizning nazdingizda Hayot tushunchasi qay tarzda talqin qilinadi?
Bu mavzuda barcha forum ahli fikrlari jamlansa, Hayot tushunchasining asl mohiyatini bilib olamiz, inshaAllah.

Shu o'rinda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning "Iqrornoma" kitobidan olingan satrlarni keltirib o'tmoqchiman:

"Insoniyat donolari hayot haqidagi savollarga bergan bevosita javoblari bu turur:

"Jismning hayoti yovuzlikdan va yolg'ondan iborat. Shuning uchun ham bu jism hayotini mahv etish ne'matdir, biz shu ne'matni tilamog'imiz darkor", deydi Suqrot.

"Hayot shunaqa narsaki, uning boridan yo'g'i yaxshiroq bo'lardi. Hayot - yovuzlik, yovuzlikdan hechlikka ko'chish hayotdagi birdan-bir ne'matdir", deydi Shopengauer.

"Dunyodagi hamma narsa - hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-hurramlik va qayg'u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o'ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema'nilikdir", deydi Sulaymon payg'ambar.

Ana shu katta aql egalari aytgan narsalarni ularga o'xshash million-million odamlar ham aytgan, o'ylagan, his etgan. Men ham shunday o'ylayman va shunday his qilaman. O'zni laqillatishning hojati yo'q. Hammasi - behuda! Tug'ilmagan odam baxtiyor, o'lim hayotdan yaxshi; shuning uchun hayotdan xalos bo'lmoq kerak".


Qayd etilgan


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 16:58:36

Naqadar Dono So'zlar...
Hayot BU-Alloh Tomonidan Berilgan Bir NE'matdir.Hayot BU Oxirat UchuN Imtixondir.Hayot bu-O'zlikni anglash...

Qayd etilgan


yoqutxon  04 Dekabr 2010, 21:08:55

 :as:
Menimcha inson  hayotni hayotida bo'layotgan vaziyatlarga qarab turli paytda turli  xil tassavur qilsa kerak.VaAllohu al'am!

Qayd etilgan


JeeS  04 Dekabr 2010, 21:56:49

 :bsm:
 :as:

Ey odam bolasi aslida sen kunlardan iboratsan. Agar bir kuning o'tsa, sening bir bo'laging ketibdi.

Bu dunyo uch kundan iborat:

1) Kechagi kun, o'tib ketib bo'ldi;
2) Ertangi kun, sen unga yetmasliging mumkin;
3) Bugungi kun, u seniki sen unda amal qilib qol.


HASAN BASRIY

Hayot bu...

Alloh tomonidan bizga berilgan bir ne`mat va shu bilan birga "sinov maydoni" deb bilaman. Bu ne`matdan biz bandalar unumli foydalanishimiz lozim.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  04 Dekabr 2010, 23:09:42

 :bs1:
(Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni
osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur,
so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir
zotdir.
(Kahf 45)

Qayd etilgan


Abu Muso  05 Dekabr 2010, 03:23:35

 :bsm:

Билингки, албатта, бу дунё ҳаёти сйин, кснгил срмаги ва зеб-зийнатдан, сзаро фахрланишдан,
мол-мулкни ва бола-чақани кспайтиришдан иборатдир. Худди ссимлиги деҳқонларни ажаблантирган
ёмғирга схшайдир. Кейинроқ бу ссимликлар қурийдир ва сарғайганини ксрасан. У сснгра хас-чспга
айланиб кетадир. Охиратда сса қаттиқ азоб бор, Аллоҳдан мағфират ва розилик бор. Бу дунё ҳаёти
ғурурга кетгазувчи матодан сзга ҳеч нарса смас.
(Ҳадид сураси, 20-ост)

Qayd etilgan


Bek aka  05 Dekabr 2010, 10:41:33

Iqtibos
"Dunyodagi hamma narsa - hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-hurramlik va qayg'u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o'ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema'nilikdir", deydi Sulaymon payg'ambar.

Hayot haqidagi eng to'g'ri xulosalardan biri shu bo'lsa kerak. Hayot - bema'nilikdir.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  06 Dekabr 2010, 16:45:55

Hayot bu - bozor. Kimdir nimanidir(kimnidir) sotish bilan, kimdir olish bilan band. Qizig`i shundaki, haridor va sotuvchilardan tashqari dallollar ham yetarlicha...

Qayd etilgan


Ansora  06 Dekabr 2010, 18:02:20

Hayot-xozirgi 30 dan oshgan yoshimda:

bolamni mas'uliyati;

ho'jayinimni xizmati;

ibodatimni qo'limdan kelgunicha bajarish tashvishi;

ekan...


Qayd etilgan


Nurdinboy  17 Yanvar 2011, 00:40:49

Hayot - aslida mo'min bandalar uchun sinov ko'prigi.
Hayot - yaxshi nom qoldirish, ota onaga solih farzand bo'lish, o'zidan solih va soliha farzandlar qoldirishdir.
Ad dunyoya, mazra'utul-ohira.
Ya'ni ma'nosi budir: bu dunyo u dunyoning polizidir.
Polizga har kim o'z ekinini ekadi. Ayrimlar odamlarga foydali, ayrimlar esa yovvoyi alaflaru, tikanaklarni ekadilar. Hayot kurash. Savob va gunohlarning kurawi.

Qayd etilgan