Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157467 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 20 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:53:49

TOVADA TENNIS O‘YNOVCHILAR

Tennis raketka bilan o‘ynalishi hammaga ma’lum. Yekaterinburg shahridagi tumanlardan birida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa ishtirokchilari qariyalar bo‘lib, ular raketka o‘rnida "œjaz-juz" qilish uchun ishlatiladigan tovadan foydalanishdi. Keksalarning o‘yinini tomosha qilish chindan ham maroqli edi. Tovaning bandidan ushlab, tennis sharikchasini qarama-qarshida turgan "œraqibi"ga otish odatdagi o‘yinlardan baribir farqli bo‘ldi.

Eng yaxshi o‘yinchi sifatida Nadejda Kojuxova e’tirof etildi. U hattoki musobaqa ishtirokchilari orasidagi ikki choldan ham abjirroq chiqdi. "œMen tovada yengil-yelpi taomlar tayyorlashni xush ko‘raman. Shu bois ham, u mening qo‘limda xuddi raketka singari harakat qildi", dedi u mamnuniyat bilan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:05

DOIRA SHAKLIDAGI TURAR JOY

Braziliyadagi turli imoratlar qurish bilan shug‘ullanadigan «Moro» kompaniyasi direktori Alkir Moroning yangilikka o‘ch matbuot xodimlariga bergan intervyusi surat bilan yana ham jonliroq chiqqan. Suratda 11 qavatli dum-dumaloq bino aks etgan. Ammo uning tagida to‘g‘riburchakli blok joylashgan bo‘lib, bunda liftning shaxtasi va zinalarga o‘rin berilgan.

Dumaloq binodagi har bir xonadon 287 kvadrat metr joyni egallaydi. Narxi esa 300 ming AQSH dollariga hisob-kitob qilingan. Sharoit jihatdan esa har bir xonadon egasining boshi ko‘kka yetishi mumkin. Chiroqlar, konditsionerlar masofadan turib yoqiladi va o‘chiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, mo‘’jiza. Alkir Moroning aytishicha, binodagi har bir xonadonni sinchiklab ko‘zdan kechirish uchun kamida bir soat lozim bo‘ladi.

AQSH, Kanada, Avstraliyada xuddi shunday ko‘rinishdagi restoranlar ishga tushirilgan. Ammo turar joy binosi birinchi bo‘lib, Braziliyada tiklandi va boshqa imoratlardan ajralib turadigan xususiyatlariga ko‘ra tarix sahifasidan o‘rin oladigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:16

UMR BO‘YI O‘QIB-O‘RGAN

Pskovda chiqadigan "œKuryer" gazetasi, Aleksandr Frolov degan kishining 27 ta tilni bilishi haqidagi qiziqarli ma’lumotni e’lon qildi. U eng so‘nggi fin tilini 63 yoshida o‘rganishga kirishibdi.

Aleksandrning fikricha, hech bir tilni o‘rganishda kishi o‘zini qiynamasligi kerak. Kuniga atigi 15 daqiqa til o‘rganishga vaqt sarflash hafta mobaynida ikki soat shug‘ullanishga nisbatan yengil ko‘chishi mumkin ekan.

Frolov ko‘pfarzandli dehqon oilasidan chiqqan. Ko‘p yillar o‘qituvchilik qildi. Ayni paytda Markaziy Osiyo xalqlari — tojik, qozoq, o‘zbek, turkman, shuningdek, tatar, eston, latish, litva tillaridan "œquling o‘rgilsin" tarjimalar qiladi.

Ha, til o‘rganish bobida har qanday kishiga Frolov qo‘llagan usul juda qo‘l kelishi mumkin.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:25

YANA TO‘RTTA G‘ILDIRAK KERAKMI?

Odatda mashinalarning g‘ildiragi to‘rtta bo‘lishiga hammaning ko‘zi ko‘nikkan. Tokioda ochilgan xalqaro avtosalondagi sakkiz g‘ildirakli yengil mashina barchaning bu ko‘nikmasini tonggi tumandek tarqatib yubordi. Yaponiyadagi universitetlardan birining kashfiyoti hisoblangan "œElika" avtomobili an’anaviy mashinalardan barcha jihatlari bilan ustundir. U soatiga 250 km. yurish quvvatiga ega bo‘lib, agar uni 120 km.ga tushirish zarurati tug‘ilsa, buning uchun 4 daqiqa kifoya. Hozircha ilk namuna nusxasi ishlab chiqarilgan, narxi 250 ming dollar turuvchi mashina hademay, Tokio shahri ko‘chalarida harakatlana boshlaydi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:38

QARILIKNING DAVOSI

Britaniyalik olimlar ajinga qarshi dori o‘ylab topishdi. Buning siri — infraqizil nurlardir. Ko‘z atrofining nozik qismlarida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu usul 95 foiz yaxshi samara berdi. Tibbiyotchilarning ta’kidlashicha, «O‘rdak panjasi» deb nomlangan infraqizil nurlanish natijasida ko‘z atrofidagi tirishlar yo‘qolib, mijoz o‘n yilga yosharar ekan. Ma’lum bo‘lishicha, infraqizil nurlar ta’sirida teri o‘z elastikligini kuchaytiradi va egiluvchan hamda silliq bo‘lib qoladi.

Sanderlend shahri olimlari esa ajoyib asbob yaratishdi. Bu asbob bilan kishi ajinlarga qarshi mustaqil kurashishi mumkin. Mahsulot 110 funt (200 dollar atrofida), narxi baland bo‘lishiga qaramay mijozlardan birortasi ham uni qaytarib kelgani yo‘q. Hattoki, asbob ko‘z atrofidagi nozik terigaki ijobiy ta’sir etmoqdami, uni terining boshqa yerlarida ham qo‘llasak bo‘lmaydimi, deyishmoqda ular.

Mashinkadan foydalanish juda oson: uni har kuni terining kerakli joyiga 15-30 daqiqa to‘g‘rilab qo‘yilsa bo‘lgani. Qarabsizki, kayfiyatingizni tushirayotgan alomatlar qarilik hisobiga bittaga kamayadi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:46

GAPIRUVCHI PULLAR

Avstraliyalik talaba qiz Eymi Xinvud savob ishga qo‘l urdi. Uning elektron ixtirosi ko‘zi ojizlarga asqotadi, chunki ko‘ra olmaydigan odamlar, tabiiyki, puldagi yozuvlarni ham o‘qiy olmaydi. Eymi yasagan asbob esa aynan shunday odamlarga pulning nominalini ovoz chiqarib aytadi va ularga pul hisob-kitobida qulaylik yaratadi. O‘zining kashfiyoti evaziga Eymi allaqachon «Fresh Innovators award» nomli mukofotni ham qo‘lga kiritdi. «Avstraliya pullarini ko‘zi ojizlar farqlashi qiyin, chunki ularda hech qanday bo‘rtib chiqqan belgilar yo‘q. Paypaslaganda hammasi bir xildek tuyuladi», deydi Xinvud.

Asbob pullarni ranglar yordamida ajrata oladi. Asosiy farq pulning aynan rangida bo‘lgani bois, Eymi boshqacha usul qo‘llolmagan. Mashinaga 20 dollarlik pulni aniqlashni «o‘rgatish» uchun u 50 dona shunday qog‘ozlarni sinovdan o‘tkazdi. So‘ngra uskunaga maxsus dastur kiritdi. Kashfiyotchi qizning fikricha, kattaroq miqdordagi pullardan ham tajribada foydalanib ko‘rish kerak. Faqat talaba bo‘lgani bois, unda bunday pullar hozircha topilmaydi. Eymining so‘zlariga qaraganda, asbob sotuvga ham chiqib ulgurgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:54:54

DENGIZ QAROQCHILARI

Somali qirg‘og‘ida dengiz qaroqchilari Tailand kompaniyasiga tegishli bo‘lgan bortida 24 kishisi bor yuk kemasini qo‘lga olganlar, deya xabar beradi «Reyters».

Asosan Tailand fuqarolari bo‘lmish ekipajni qutqarish uchun qaroqchilar garov puli talab qilmoqdalar. Seshanba kuni ichiga shakar ortilgan yuk kemasi Braziliyadan Yamanga yo‘l olgan edi. Juma kuni Somali qirg‘og‘i yaqinidan suzayotgan kema mahalliy dengiz qaroqchilarining qurolli hujumiga duchor bo‘ldi. Xalqaro dengiz Byurosi (IMB) ma’lum qilishicha, bu so‘nggi oy ichida Somali qirg‘og‘ida yuz berayotgan yettinchi talonchilikdir.

O‘tgan hafta qaroqchilar bortida yevropalik turistlari bo‘lgan yo‘lovchi kemasiga ham «tashlangan» edilar. Yetarli darajadagi xavfsizlik imkoniyatlariga ega bo‘lgan kema tezsuzar katerlarda avtomatlardan o‘q otib hujum qilgan qaroqchilardan bir amallab xalos bo‘lgan edi.

Xalqaro Dengiz Byurosi Somali va mazkur mintaqadagi boshqa mamlakatlarning hokimiyatlariga o‘z dengiz chegarasidagi xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:55:02

BEZOVTA BO‘LISHNING HOJATI YO‘Q

Penza shahrida yashovchi ayol brilliant ko‘zli uzugini yo‘qotib qo‘ygach, kuchukchasini veterinar vrachga keltirdi, deb xabar beradi mahalliy «Reporter» gazetasi. Voqea tafsiloti esa quyidagicha.

Ayol kechki payt uzugi solingan mo‘jazgina barqut qutichani stol ustida qoldirdi, yonida esa uzugi. Qaytib kelsa, jurnal stoli ustida uzugi yo‘q, pastda esa g‘ijimlangan quticha.

«Biz itning oshqozonini tasvirga tushirdik va u yerda brilliant ko‘zli uzuk yotganini ko‘rdik», degan xushxabar bilan yuzlandi bu ayolga veterinar shifokor Ivan Davidenko. Ortiqcha bezovtagarchilikka hojat yo‘q. Qimmatbaho buyumni mushukdan qaytarib olish eca u qadar mushkul ish emas.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:55:32

AYIQPOLVON MULTFILM KO‘RDI

O‘rmonda ishlaydigan Tom Bakli (Alyaska) televizor qarshisida o‘tirar ekan, deraza ortida qandaydir sharpa turganini ilg‘adi. Burilib qarasa, ulkan ayiqpolvon. U o‘rmonchiga e’tibor ham bermas, ikki ko‘zi go‘yoki ekranga mixlangandek edi.

Multfilm kattalarga ham, kichiklarga ham yoqadi. "œLip-lip" qilib qisqa kadrlarda namoyish qilinadigan multfilmlar demak, ayiqpolvonga ham asalday yoqib tushdi. Tomosha yakunlanishi bilan "œqiyshiq oyoq" daraxtlar orasiga g‘oyib bo‘ldi, deb yozadi bu haqda Chexiyada chiqadigan "œSo vas zayma" jurnali.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:55:39

MUZLATILGANI FOYDALIROQ

Leypsig universiteti olimlarining yaqindagina matbuotda e’lon qilingan xulosasiga ko‘ra, yangi uzilgan meva va sab¬zavotlarga nisbatan ular¬ning muzlatilgani foy¬daliroq ekan. Ular bunday fikrga ikki xil ko‘rinishdagi mahsulotning tarkibini sinchiklab tekshir¬gan¬laridan so‘ng kelishdi. Xususan, muzlatilgan yashil no‘xat, gulkaram, mak¬kajo‘xori, sabzidagi vitaminlar hozir uzib olinganiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘lib chiqdi. Sababi, muzlatilganda sabzavot va mevalar tarkibidagi turli xil mineral o‘g‘itlar «o‘lar» ekan. Shu bois, do‘konlarda turgan qimmat mahsulotlarni yangi deb xarid qilish sog‘liq uchun unchalik foydali emas, deb xabar beradi nemislarning «Bild» gazetasi.

Qayd etilgan