Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 106640 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 20 B


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:48:52

GO‘YOKI BAXT KELTIRARMISH...

Gollandiyada yangi yilning birinchi kunlaridan boshlaboq iyun oyi oltinchi kunida nikohdan o‘tish istagini bildirib, fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd qilish idoralariga tushayotgan arizalar soni ko‘payib ketdi. Xo‘sh, buning sababi nimada?
Nikohini aynan o‘sha kuni rasmiylashtiradigan yoshlar go‘yoki ketma-ket keluvchi bir xil raqamlarda baxt bor, deb bilishmoqda, ya’ni 06.06.06. Birgina Ensxed shaharchasidagi arizalar soni 17 taga yetdi. Bu esa odatdagi tushadigan arizalardan 8 baravar ko‘pdir. Rotterdamda esa 14 juft kelin-kuyov yilning aynan shu kunida turmush qurish istagida ekan. Arnxemda 9 ta juftlik o‘z taqdirlarini 6 iyun kuni tutashtirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Utrext, Groningen, Nijmegen shaharchalarida ham «da’vogarlar» kam emas.
Amsterdamdagi bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning arizasida nafaqat 2006 yilning 6 iyunida, balki ertalabki soat 6 da nikohdan o‘tish istagi bayon qilingan. Ammo bunisi hammasidan «oshib» tushdi. Bu taklif nikohni rasmiylashtiruvchilar tomonidan qat’iy qarshilikka uchradi: ertalabki soat 6 ish kunining boshlanishi uchun haddan tashqari barvaqt.
Arizalar shu tariqa tushaversa, oqibati nima bilan yakunlanishi hech kimga ma’lum emas. Mahalliy hokimiyat vakillari qattiq tashvishda. Bir kunning o‘zida yuzlab kelin-kuyovlarni tantanali ravishda nikohdan o‘tkazishning o‘zi bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:48:59

QAYSI  XO‘ROZ CHIROYLI?

Kolumbiyada go‘zallik bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar xilma-xil bo‘lib, gullar, matolar, itlarga bag‘ishlanadi. Hattoki uy hayvonlaridan xo‘roz ham bunday ajoyib-g‘aroyib tadbirning qahramoniga aylanishi mumkin.
Unchalik katta bo‘lmagan Sutateks shaharchasidagi xo‘rozlar tanlovida biri-biridan ko‘rkam bo‘lgan 50 ta jonivor o‘z egalari bilan tashrif buyurdi. G‘olib chiqish uchun ishtirokchi bir nechta shartlarga javob berishi kerak edi. Masalan, u ko‘chada o‘z qaddi-qomatini qanday namoyish etadi? Qadam tashlashlari joyidami? Og‘irligi ham shunga yarasha bo‘lsin. Patlaridagi rang-baranglik, jilodorlik va ularni hurpaytirish muhim ahamiyatga ega.
Tabiiyki, hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan bu shartlarga hamma xo‘rozlar ham javob bera olmas edi. Bunday baxtga «Asulexo» laqabli xo‘roz muyassar bo‘ldi. Uning vazni 5 kilo bo‘lib, oyoqlari tikligidan boshqa sheriklari oldida tetik, kelishgan ko‘rinardi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:49:35

SHOXDA TURGAN HO‘KIZ

Ispaniyada buqalar jangi bo‘ladi, bilasiz. Bu o‘yinni chidaganga chiqargan. Buqaning shafqatsizligidan mayib-majruh bo‘lib qolganlar ham yo‘q emas. Sevilya shaharchasidagi musobaqada jonivorlardan biri shoxi bilan yerga qadalib qolgan lahzada qarsak yog‘ilib ketdi. Atigi bir daqiqa! Buqa go‘yoki o‘ziga olqish yog‘ilganini sezgandek, darhol o‘nglanib oldi va maydon bo‘ylab yugurishda davom etdi. Mutaxassislar ho‘kizning shoxi bilan yerga qadalib qolishini juda noyob, ya’ni akrobatik etyud deb baholashmoqda.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:49:42

ILON BOLALARI MAYDONDA

Yosh tabiatshunoslar stansiyasida tug‘ilgan 5 ta iloncha bu yerni tark etdi. Sababi, ular tuxumdan chiqqan paytiga nisbatan ancha yiriklashdi, ya’ni uzunligi 1,5 metrga yetib qolayozdi. Sudralib yuruvchilar yirtqichligiga borib, stansiya xodimlarining tartib-intizom o‘rnatishiga «qarshilik» qilishmoqda. Ular ko‘pqavatli uylar yerto‘lasidagi kalamush va sichqonlarni ovlash bilan ovora. Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo to‘qayzorlarida uchraydigan bu ilonlar borib-borib 8 metrli bahaybat sudralib yuruvchiga aylanadi. Bir yarim metrlik bolalari esa hozircha «holva».

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:49:51

ISHQI TUSHSA, QIYIN EKAN...

Kurskda yashovchi 80 ni qoralab qolgan Klavdiya Abramova har qanday ayozda ham suvga sho‘ng‘ishi, xumoridan chiqquncha suzishi mumkin. O‘ylamang, u yoshligidan boshlab suzishga berilmagan, nafaqaga chiqdi-yu, suvda suzishni xobbiga aylantirib oldi va bunga endigina o‘n yildan oshdi. Agar u suzish bilan shug‘ullanmay, qarilikni bo‘yniga olib, uyda o‘tirsa edi, hozirgidek ruhan tetik yurmagan bo‘lardi. «Men anchagina yoshardim», deydi mamnuniyat bilan Klavdiya momo.
Shunisi e’tiborga molikki, suzuvchi kampir Hind okeanidan tashqari barcha ummonlarni «qo‘ldan o‘tkazdi». Uning endigi orzusi Muz okeanini «ishg‘ol etish»dir, deb xabar beradi «Kurskiy kuryer» gazetasi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:49:58

ANTIQA BELLASHUV

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan bellashuvda 138 nafar o‘zlarini xunuk hisoblagan erkaklar ishtirok etishdi. Yurish-turishning almoyi-aljoyiligi, sochning pala-partish holati, tana tuzilishidagi beo‘xshovlik va boshqalar har bir ishtirokchiga daxldor bo‘lib, raqiblaridan ustun chiqish fikriga da’vogarlar mahkam «yopishib» olgan edilar. Ayni paytda kuldira olish san’ati ham inobatga olindi.
Tobisu Galao degan kishi birinchi mukofot egasi bo‘ldi. U o‘zining ulkan quloqlari, uzun, go‘shtli burni bilan barchaning diqqat-e’tiborini tortdi. Ayni paytda u gitara ham chalar ekan. Hakamlar hay’ati uni xuddi shu jihati uchun ham g‘olib deb topishdi. Axir xunuk odamda ham yaxshi fazilat bo‘lishi kerak-da.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:50:11

QURBAQA TERISI — SHIFOBAXSH

Olimlar Markaziy va Janubiy Amerika hududida qurbaqaning tamoman yangi turiga duch keldilar. U odatdagi qurbaqadan ancha farqli, ya’ni uzunligi 25 sm. Ularning terisi zaharli modda bilan qoplangan.
Janubiy amerikalik hindular bu qurbaqa terisidagi zahar-
dan o‘q bilan jarohatlangan paytda foydalanishadi. Buni ispan va portugal jangchilari ham yozma ravishda tasdiq-
lashadi. Ular aborigenlar otishmasidan shikastlanish-
ganda ana shu qurbaqa terisi juda qo‘l kelgan ekan, deb xabar beradi Argentinada chiqadigan «Kronika» gazetasi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:50:31

KO‘ZA KUNIDA SINDI

Mixaylovka qishlog‘ida o‘g‘rilik sodir etilmoqchi bo‘lgan do‘konda o‘qituvchi-
ning tishlari... noxushlikni bartaraf etdi.
Do‘konga niqob bilan kirib kelgan nusxalarning shovqin-suronidan bezovtalangan o‘qituvchi tezlikda yetib keldi. Bunday vaziyatda qanday ish tutishning hadisini olgan o‘g‘ri shoshilinch ravishda barmoqlarini «dushman»ning og‘ziga tiqdi. Axir u tovush chiqarmasligi kerak edida. Ammo «raqib» ham bo‘sh kelmadi. U o‘g‘rining barmoqlarini shu darajada qattiq tishladiki, bittasi naq uzilib ketgudek bo‘ldi. Ko‘za kunida sindi, bosqinchi hushidan ketdi, kim oq, kim qora, buni organ xodimlari hal qiladi, deb yozadi «Mariyskaya pravda» gazetasi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:50:52

IT QOPGANGA... MUKOFOT

«Ehtiyot bo‘ling, qopag‘on it bor!» degan yozuv Mariy Eldagi Parangin aloqa bo‘limida ishlovchi pochtachilarni endilikda aslo qo‘rquvga solmaydi. Bu tuman sug‘urta idorasi xodimlarining himmati tufayli amalga oshadigan yaxshi ish bo‘ldi.
Ishga qabul qilinganidan so‘ng har bir aloqachi 100 ming rublga qo‘shimcha ravishda sug‘urta qilinadi. Agar birorta xonadonning qopag‘on iti xat tashuvchiga tashlanib, ozgina shikast yetkazsa, uning nafaqat mehnatga layoqatsizlik varaqasiga to‘liq pul to‘lanadi, balki ko‘rgan zarari ham undirib beriladi.
Yaqinda pochtachilardan biri tan jarohatini olgan edi, sug‘urtachilar unga yetkazilgan zararni 10 ming rublga chaqishdi. Avvalo, itdan-ku har kim o‘zi ehtiyot bo‘lishi lozim, mabodo u hujum qilib qolsa, pul to‘lanishi xizmatchilarga mukofotday gap.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:51:00

ILON  — «MEHMON»

Italiyalik  ishchi  Rentso Cheski ertalab ishga  ketish oldidan  o‘z krovati yonida  uzunligi  taxminan  bir metr keladigan  ilonning kulcha bo‘lib yotganini ko‘rib, esxonasi  chiqib ketdi. Qo‘rqib ketgan Rentso sekingina  tayoq topib keldi-da, sudralib yuruvchiga  hujum boshlamoqchi bo‘ldi. Sharpani sezgan "œmehmon" shkaf ortiga bekinib oldi. Olishuvga hojat qolmadi.
Uy egasi  Italiyada  qutqaruvchilik vazifasini  bajaruvchi  o‘t o‘chiruvchilarga  qo‘ng‘iroq qildi. Ular esa Rentsoni  ichib olgan deb  o‘ylashdi shekilli, "tez yordam"ga sim  qoqishni maslahat berdilar. Faqat Rentso qasam ichganidan so‘nggina  o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan  yetib keldilar. Uy atrofini  qurshab olgan qutqaruvchilar  ilonni  maxsus asbob vositasida tutib oldilar-da, Trento shahridagi  tabiiy fanlar  muzeyiga topshirishdi. Muzey ekspertlari  ilonning unchalik xavfli  turi emasligini ta’kidlashmoqda.
Ilonning  o‘z uyiga qanday  kirib qolganligi  Cheskini hamon o‘ylantiradi. Ha, bunga  sudralib yuruvchilarni  o‘z xonadonida asrovchi  qo‘shnisi aybdor. Aftidan, qo‘shnisi  bir xil muhitga ko‘nikkan ilonni zeriktirmaslik uchun  Rentsonikiga  "œmehmonga" yuborgan  ko‘rinadi.
Endi esa  jonivorning  sayohatiga muzeyda nuqta  qo‘yiladigan bo‘ldi...

Qayd etilgan