Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157155 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 20 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:47:50

TYULYENNING TUG‘ILGAN KUNI

Okeanlarda yashovchi jonvor— tyulenlarning qachon dunyoga kelgani kimni ham qiziqtirardi? Ammo ularning hayotiga haddan ziyod qiziquvchi okeanshunoslardan bir guruhi yaqinda Murmanskdagi ulkan suv havzalaridan birida bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam dunyoga kelgan "œFilipp" laqabli tyulenning tug‘ilgan kunini nishonlashdi.

"œFilipp" o‘zining tavallud topgan kunida "œartist"ligini har tomonlama namoyon qildi. Xuddi valsga tushgandek suvda xirom ayladi, okeanga otilgan koptokni goh u, goh bu tomonga dumalatdi. Balandlikka sakrashni-ku qo‘yavering. Ko‘rsatgan tomoshasi uchun unga tashlangan sovg‘a-salomlarning cheki yo‘q edi.

300 kilo og‘irlikdagi kulrang tyulen arktika hayvonot olami ichra tsirk "œartisti" bo‘lib, mahalliy bolalarga ermakdir. Eh-he, uni tasvirlab chizilgan suratlar butun bir galereyani tashkil qiladi. Bitta jonzotga bo‘lgan e’tibor bundan ziyod bo‘lmasa kerak.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:48:11

JONIVORLARGA MUZQAYMOQ

Itlarning muzqaymoqqa ta’bi qalay ekan? Bu juda ham qiziqarli savol. Jonivorlarga shu darajada mehrini bergan odamlar borki, ularning yotish-turishiyu yeydigan xo‘raklari haqida ham qayg‘urishadi.

Katta daromad orttirish orzusida yurgan tadbirkorlardan ikki nafari itlar uchun muzqaymoq ishlab chiqarishga qaror qildi. Ularning kuzatishiga qaraganda, itboqarlar o‘z jonivorlariga hali bunday yegulikni umuman tortiq etishmagan. Demak, bu shov-shuv uyg‘otishi ham mumkin va natijada mahsulot xaridorgir bo‘lishiga shubha yo‘q.

Muzqaymoq go‘sht bo‘lagiday kattalikda bo‘lib, cho‘ntakka solish uchun juda qulay. Go‘sht hidi gupurib turadi, kim bilsin, balki mol, cho‘chqa va qush go‘shti ham aralashtirilgandir. Har qalay egasi muzqaymoqni itga tutishi bilan paqqos tushirsa kerak. Yangi mahsulot muvaffaqiyat qozonsa, mushuklarga ham muzqaymoq ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Muzqaymoq tarkibiga, albatta, valerian solinadi, bu esa ham ishtaha ochadi, ham tinchlantiruvchi vositadir, deb xabar beradi Belgiyada chiqadigan «Suar» gazetasi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:48:20

AKKUMULYATORLI ETIK

Qachonlardir pedalsiz velosiped yaratishga ishqiboz bo‘lgan Fyodor Sichev degan kishi bu gal baliqchi, ovchi va favqulodda vaziyatlarga tayyor turadigan qutqaruvchilar uchun piyma etik ixtiro qildi. Uning odatdagi etiklardan farqi shundaki, cho‘ntakka joylashtirilgan akkumulyator orqali isitiladi.

Qahraton qish, o‘ranib-chirmansang ham izillagan sovuq taningni qaqshatadi. Kimki, Fyodor amaki yaratgan etikni kiysa, sovuq pisand emas. Etik har o‘n besh minutda isitiladi. Bu «nou-xau» ayniqsa, baliqchilarning xotinlariga qo‘l kelmoqda. Chunki ayollar erkaklarga qaraganda sovuqqa chidamsizroq. Ayniqsa, kun bo‘yi savdo rastalarida turadigan kishilarga ham isituvchi etik juda qo‘l kelayapti.

Mijozlar xursand, buyurtmalar yanada alomat. Ular Fyodor amakidan isish xususiyatiga ega stul kutishyapti. Ajab emas, shunday stulcha ham dunyoga kelib qolsa...

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:48:44

YANGI YILGA NASTARIN

Ko‘pchilik «siren» deb tilga oluvchi buta madaniy o‘simlik hisoblanib, aprel oyida gullaydi. Ammo boshqirdistonlik Lidiya Solixova degan ayol undan yangi yil archasini bezashda foydalandi. Nastarin gullar xuddi daraxtdan hozir uzilgandek xushbo‘y hid taratar edi. Xo‘sh, beka bunga qanday qilib erishdi ekan?

Kuzda shoxidan qirqib olingan nastarinni u tselofanga ehtiyotlab o‘rab, xolodilnikka qo‘ygan. 1 dekabrda shoxni chiqarib, sovuq suv solingan idishga joylashtirgan. Ma’lum muddatdan so‘ng iliq shakarli suvga solingan nastarin yayrab-yashnab ketgan. Har ikki-uch kunda suvi almashtirilgach, shoxda gulcha paydo bo‘ladi. Shunday qilib, qishki nastarin Liliya xolaning uyini muattar isga to‘ldirib yubordi. «Izlagan imkon topadi» deganlari shudir-da...

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:49:19

SANAB, SANOG‘IGA YET

Oshiqlar o‘z ma’shuqasiga albatta gul sovg‘a qilishadi va bu muhabbat izhori sifatida qabul qilinadi. Ayniqsa, uzoq muddatli hijron damlaridan so‘ng yigitning sevgilisiga gul uzatishi juda zavqli manzara. Portugaliyalik Manuel Birranto mahbubasi bilan roppa-rosa 513 kun ko‘rishmagandan so‘ng diydorlashuvni orziqib kuta boshladi. Salkam bir yarim yillik hijron damlaridagi arazni nima bilan yumshatsaki, sevgilisi uni tushunib, gunohidan kechsa.

Buning eng oson yo‘li semiz guldasta yasash, degan xayolga keldi Manuel. 518 dona atirgul sotib olgach, diametri 1,2 metr guldasta yasattirdi. Guldasta yasovchilar atirgulni sanab charchashdi va zo‘rg‘a sanog‘iga yetishdi. Guldastaning og‘irligi 30 kilodan kam emas edi. Oshiq yigit bo‘lg‘usi rafiqasini hamon sevishini isbotlash uchun guldastani u yashaydigan shaharchaga vertolyotda keltirdi. Hartugul mahbubasi ham uning bu qahramonligini bajonidil qabul qildi.

Alqissa, araz-ginalar chetga surilib, dunyoda eng semiz guldastani sevgilisiga izhor etgan yigitning muhabbat dostoni mamlakat tarixida qoladigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:49:32

TIMSOH YENGILDI

Dengiz jonzoti — timsohni ko‘rganda, kimning ham es-hushi chiqmaydi, deysiz! Ammo Afrikaga tijorat ishlari bilan borgan Mak Basko timsohni bitta hamla bilan yengganiga ishonasizmi?

Mak dengizda cho‘milayotib, suzishga astoydil berilib ketdi shekilli, qirg‘oqdan ancha uzoqlashdi. Chayqalib turgan dengizda uning sohiblari — timsohlar ham suzib yurishardi. Ulardan biri Makka tashlanib qoldi. Xavfli vaziyatni qanday bartaraf qilish mumkin? Jon shirin, ammo o‘lim bir qadam narida. Himoyaning shunday usulini tanlashi kerakki, yirtqich undan o‘z ixtiyori bilan uzoqlashsin. Bu tishlari bilan yirtqichga zarba berish usulidir, boshqa yo‘l yo‘q.

Shunday qilib, Mak jon holatda dengiz hayvonining burnini tishlab oldi va timsoh uni butunlay qo‘yib yubor­maguncha tishlab turaverdi. Makka ham, timsohga ham jon shirin, kim kimni yengar ekan? Hayot-mamot jangi bo‘lishini kutmagan timsoh yigitni qanday qo‘ldan chiqarib, qanday ortga jo‘nab ketganini o‘zi ham payqamay qoldi.

Bunday holatda odam timsohni emas, timsoh odamni yengishi muqarrar edi. Ammo aql bilan ish tutilsa, aksinchasi ham bo‘lishi mumkin ekan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:49:49

30 DARAJA SOVUQDA... YALANGOYOQ

Xitoyning shimoliy provintsiyalaridan birida yashovchi Szin-Sunxua roppa-rosa 40 yoshni "œurib" qo‘ydi. Shunisi diqqatga sazovorki, u o‘z tengqurlariga nisbatan obdon chiniqqan. Masalan, u to‘rt soat mobaynida 30 daraja sovuqda yalangoyoq va bitta ichki kiyimda turib, hammani qoyil qoldirishi mumkin. Qo‘ni-qo‘shnilari uni har kuni qor qotgan yo‘laklarda 2—3 kilometr yugurishiga ham guvoh bo‘lishadi.

Sovuqqa chidamlilik har qanday odamda ham kuzatilmaydi. Szin-Sunxua ham aslida oddiy odam, sovuqqa dosh berish qobiliyatini esa ozuqa bilan bog‘liq holda rivojlantiradi. U iste’mol qiladigan taomnoma tarkibida hamisha qo‘y go‘shti, asal va olma bor. Sovuq bilan o‘zini chiniqtirib kelgan xitoylik janob ana shu yeguliklarni muntazam ravishda iste’mol qilib, mahalliy qahramonga aylandi, deb xabar beradi nemislarning "œVelt am zonntag" jurnali.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:50:06

ERIMAY TURIB, ULGURISH KERAK

Biz bilan siz ko‘radigan sumalak bir metrga yetmasa kerak. Ammo Xakasiya tomonlardagi ko‘pqavatli uylarning tomida osilib turgan muz parchalari Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishga arziydi: har biri 4 — 5 metr.

Kunduz tomlarni qoplagan qor barxanlari erish oqibatida hosil bo‘layotgan sumalaklar, to‘g‘risini aytganda, tomosha qilishga arziydi. Ayni paytda bu aholi uchun xavf tug‘dirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Xo‘sh, sumalaklar bilan qanday kurashish kerak? Mahalliy kommunal xizmat bo‘linmasi bir kampirning boshiga tushib ketgan muz parchasidan keyin hushyor tortib, "œEhtiyot bo‘ling, sumalak!" degan e’lon bilan ko‘pqavatli uylarning pod’ezdlarini "œbezab" chiqishga majbur bo‘ldi.

Sumalaklar rekordlar kitobiga tez kunlar ichida kiritilishi kerak, aks holda erigach, ulgurmay qolish hech gap emas.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:50:13

ILOJI BORMIKAN?

Tinib-tinchimas olimlar inson umrini uzaytirish haqidagi bahs-muno­zarani hamon davom ettirishmoqda. Yetmishga yetib, saksondan sakrash, to‘qsonda to‘q yurib, yuz bilan yuzlashish hammaga ham nasib etavermaydi. Massachusetdagi univer­sitetlardan birining olimlari shuni aniqlashdiki, inson organizmining qarish jarayoni 95 yoshgacha juda tez davom etib, shundan keyin jindek sustlashar ekan. Aslida shuncha yil umr ko‘rishga hamma ham erishmaydi. Qarish jarayonini bir necha o‘n yillarga qisqartirish mumkin emasmikan? Muammo shunda. U 40-50 yoshgacha juda tez qarisa-yu, keyin bu jarayon sustlashsa... Shunday qilinsa, kishi 150-175 yilgacha bemalol umr ko‘rishi mumkinga o‘xshaydi. Buning iloji topilarmikan?

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:50:21

QADRI BALAND QUSH

Biz qadrlaydigan qushlar sirasiga qaldirg‘och, musicha, bulbul, to‘ti, laylak, turnalar kiradi. Hattoki yirtqich bo‘lsa ham, burgutni-da ko‘klarga ko‘taramiz. Xitoyliklar uchun esa oddiygina chumchuq eng aziz qush ekan. Dehqonchilik serdaromad bo‘lgan 60-yillarda Xitoy dehqonlari chum­chuqlarga qiron keltira boshlashgan. Ular bu qush barcha zararli hasharotlar, asosan ekin-tikinning jami kushandalari bilan oziqlanishi haqida eshitishmagan, shekilli. Hozir esa, aksi bo‘layapti. Mahalliy dehqonlar, qo­laversa, Xitoydagi shu sohaga aloqador tash­kilotlar Vetnamdan chumchuqlar to‘dasini «Vatanlariga qaytarish» haqidagi shartnomani imzolashdi.
Qisqasi, Xitoyda chum­chuqqa ozor yetkazgan kishiga qonun asosida jazo beriladi.

Qayd etilgan