UMR BO‘YI O‘QIB-O‘RGAN
Pskovda chiqadigan "œKuryer" gazetasi, Aleksandr Frolov degan kishining 27 ta tilni bilishi haqidagi qiziqarli ma’lumotni e’lon qildi. U eng so‘nggi fin tilini 63 yoshida o‘rganishga kirishibdi.
Aleksandrning fikricha, hech bir tilni o‘rganishda kishi o‘zini qiynamasligi kerak. Kuniga atigi 15 daqiqa til o‘rganishga vaqt sarflash hafta mobaynida ikki soat shug‘ullanishga nisbatan yengil ko‘chishi mumkin ekan.
Frolov ko‘pfarzandli dehqon oilasidan chiqqan. Ko‘p yillar o‘qituvchilik qildi. Ayni paytda Markaziy Osiyo xalqlari — tojik, qozoq, o‘zbek, turkman, shuningdek, tatar, eston, latish, litva tillaridan "œquling o‘rgilsin" tarjimalar qiladi.
Ha, til o‘rganish bobida har qanday kishiga Frolov qo‘llagan usul juda qo‘l kelishi mumkin.