Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157495 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 20 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:55:50

MUSHUKDAGI KLINIK O‘LIM

Odamda behush yotib, go‘yoki narigi dunyoga ravona bo‘lgandek holat kuzatiladi. Ammo xuddi shunday voqea hayvonlar hayotida ro‘y bersa-chi?

Moldaviyaning aholi punktlaridan birida «Ke¬sha» laqabli mushuk kutil¬maganda o‘z egalarini lol qoldirdi. Uyga qaytgan «Kesha» uyquga ketdi va deyarli qimirlamay qo‘ydi. Demak, uni ko‘mish kerak. Butun xonadonning sevimli a’zosiga aylangan jonivor¬ni ko‘mish marosimi ham tantanavor tus oldi. Yig‘i-sig‘i, vidolashuvda ayti¬ladigan gaplar...

Shunday qilib, «Kesha»-ni chuqurchaga ehtiyot qilib qo‘ydilar. Kutilma¬ganda jasad qimirlab qoldi! Aza quvonchga aylanib ketdi deng. Jonivor yana chuqurchadan chiqarilib, uyga olib ketildi.

Keshaning «klinik o‘limi» qayta tirilish bilan barham topib, mehribonlariga yana quvonch baxsh etdi, deb yozadi Kishinev gazeta¬laridan biri.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:55:57

MAYMUNLARGA ISHONISHMOQDA

Amerika politsiya maxsus xizmati o‘z ishiga maymunlarni jalb qilmoqchi. Arizona shtatining Mesa shahrida janubiy amerikalik kaputsin oilasiga mansub maymunlarga razvedkachi vazifasi yuklatiladigan bo‘ldi. Politsiyachilar zarur tadqiqot ishlari olib borishlari uchun 100 ming dollar miqdorida pul ajratilishiga rozilik berishdi. Ularning fikricha, to‘rt yildan so‘ng aniq ijobiy natijani olish mumkin. Maymunlar maxsus o‘q to‘suvchi ko‘ylak kiyib, radiouzatgich bilan jinoyatchini tutishga yuboriladi. Og‘ir bo‘lmagan vazni va tana tuzilishining mosligi maymunlarga odam, robot eplolmagan ishlarni qilishiga imkoniyat yaratadi. Ko‘plab kaputsinlar allaqachon kasal boqish, aravachadagi nogironlarga mehribonlik ko‘rsatish, ovqat tashish, chiroqni o‘chirish, yoqish va hatto soch tarashga o‘rgatilmoqda. Politsiyachilar maymunlarning o‘tkir zehni, aql-idroki va odamnikiga o‘xshash chaqqon, epchil qo‘llariga tan berishdi. Shuningdek, politsiyachilar qulfni ochish, binoni sinchiklab qidirish va yaradorlarga yordam berish mahoratini egallash ham maymunlarga xosdir, degan xulosaga kelishdi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:04

STULCHA BILAN AVTOBUSGA

Kishinyovdagi marshrutli taksi va avtobus haydovchilari bu kampirni juda yaxshi taniydilar. Chunki uning qo‘lida doimo yig‘iladigan stulcha bor.

Avtobuslar hamisha tirband. Yoshi o‘tib qolgan kishilarga joy berish haqida yigit-qizlar unchalik ham o‘ylayvermaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak, "œbez" bo‘lib o‘tirganlarga joy istab qarash ham foyda bermay qo‘ydi. Momo buning chorasini o‘ylab topdi, u hech qachon salonga birinchi bo‘lib kirishni o‘ylamaydi. Garchand salon tirband bo‘lsa ham yo‘lovchilarni surib-surib, stulchasini qo‘yishga joy topadi.

"œQarib qoldim, turib ketolmayman, oyoqlarim toliqadi, yoshlarga joy ber, deb qarab turishdan yomoni yo‘q. Eng qulayi stulcha bilan yurish", deydi kampir konduktorlarga.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:11

JAZOLAB BO‘LMAYDIGAN O‘G‘RI

Amerika banklaridan birida 5 ming dollar pul yo‘qoldi. Ikki xodimdan shubhalanishdi va ular ishdan ham olindi.

Bankda navbatchilik muntazam joriy qilingan. Tushlik mahali ham bu yer nazoratsiz qolmaydi. Ajabo, kim o‘margan bo‘lishi mumkin? Shubha ostiga olingan xodimlar tavba-tazarru qilishsa ham ishonmadilar. Aslida o‘g‘ri... to‘tiqush edi.

Ochiq turgan panjarali derazadan ichkariga uchib kirgan to‘tiqush stol ustida turgan qog‘ozlar bilan ishi bo‘lmay, suratli ko‘k pullar solingan yashikka tumshug‘ini tiqib, og‘ziga siqqanicha qistirdi-da, uchib chiqdi.

O‘sha kuni navbatchilik qilgan politsiya xodimining xabaridan so‘ng to‘tiqush boquvchi xonadonlarda birma-bir tekshiruv o‘tkazildi. Bir talay to‘tiqushlarni boqayotgan janobning qanotli do‘sti o‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Afsuski, "œo‘g‘ri"ni sudga sudrashning iloji yo‘q...

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:20

11 KUN DARAXT TEPASIDA

It bilan mushuk bir-biriga dushman. Ayniqsa, mushuk itdan juda qo‘rqadi, qopib olaman deb tashlansa, sho‘rlik "œsichqonning dushmani" daraxt tepasiga chiqib olib, ko‘p kunlar qolib ketishi ham mumkin ekan.

Metallurgiya tumanida istiqomat qiluvchi onaxonlardan biri "œKsyusha" laqabli mushugi bilan sayr qilib yurardi. Qo‘shni itlardan biri mushukka "œhujum" qilib qoldi. Mushuklar esa bunday paytda daraxtga chiqib olish bo‘yicha "œchempion". Itdan yurak oldirgan Ksyusha daraxtga sakrab chiqib olishga oldi-yu kech kirib, tong otsa-da, pastga tushay demasdi.

Mushukning egasi uni har kuni pastga tushirish uchun harchand urinmasin, bari zoye ketardi. Sho‘rlik bitta shoxga shunday o‘tirib olgan ediki, it unga xavf sololmasdi. Jonivorni pastga tushirish uchun o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishga to‘g‘ri keldi. Qutqaruvchilar o‘t o‘chirishda asqotadigan narvonga chiqibgina, Ksyushani pastga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Alqissa, mushuklar uchun 11 kun "œtuz" tatimaslik qahramonlikdir.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:28

18 YOSHLI SHAHAR MERI

Michigan shtatidagi Ximdeyl shaharchasi meri lavozimiga 18 yoshdagi maktab bitiruvchisi Maykl Seshns da’vogar bo‘ldi. Maykl amaldagi tartib-qoidaga ko‘ra bo‘lib o‘tadigan saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ydi.

Avvaldan ana shu maqsadni ko‘zlab yurgan yigitcha yoz bo‘yi ishlab topgan pulini saylov kompaniyasiga sarflashni mo‘ljallardi va shunday qildi ham. Bu uning saylovoldi dasturlarini targ‘ib-tashviq etishga yetarli bo‘ldi. Nomzod o‘z dasturi va uning ahamiyati haqida saylovchilari bilan qahvaxonayu kir yuvish shaxobchalarida ham, dorixonayu xiyobonlarda ham uchrashuv uyushtiraverdi. Targ‘ibot ishlari shu darajada tashkillashtirildiki, saylovchilar Mayklning shaharcha turmush tarzini keskin o‘zgartirib yuborishiga ishondilar. Uning eng diqqatga sazovor g‘oyasi shunda ediki, buvi va buvalar o‘z farzandlari uchun yelib-yugurib, jonini jabborga berib mehnat qilishgan. Endi ular uchun ko‘proq g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kerak.

Shunday qilib, saylovoldi dasturi barchaga ma’qul kelgan Maykl eng yosh shahar meri sifatida qayd etildi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:35

OLTI YILDIRKI VELOSIPEDDA

Italiya fuqarosi — 62 yoshdagi Yanush River, mana olti yildirki, velosipedi bilan yo‘lda. Bu vaqt mobaynida u du¬nyo¬ning 55 ta mamlakatiga sayohat qilib, shu kecha-kunduzda Polsha va Boltiqbo‘yi, so‘ngra Rossiyada bo‘lishni mo‘ljal qilib turibdi.

Yanush jami 20 ta tilni biladi, bir kunda uch dollardan ko‘p pulni sarflamaydi. Bu uning kamtarligidan, boriga shukr qilishidan dalolat beradi. Uning keyingi maqsadi Avstraliyani «ishg‘ol» etish. Velosi¬peddagi sayohatini u Pekindagi Olimpiada o‘yinlariga ulab yubor¬moqchi. Uyiga esa 2008 yildan avval qaytmoqchi emas.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:43

BO‘RI BOQISH OSON EMAS

Jonivorlarning bo‘lgani yaxshi, axir tabiat o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan go‘zal-da. Ammo yirtqich hayvonlarni boqish inson uchun oson ish emas. Bunday qiyinchilik Der¬bishka posyolkasi (Qozon) aholisi boshiga tushdi. Furgonchaga minib olgan o‘rmon xodimlari hayvonot dunyosi ishqibozlariga bo‘ri, tulki, ayiqlarni «sovg‘a» tariqasida ulashib chiqa boshladi. Bular orasida bo‘rini boqish mashaqqatga aylandi. Unga go‘sht, sabzavot, nonlar kor qilmas, katta-katta o‘lja — qo‘y, sigir, cho‘chqa, qisqasi, gavda jihatdan o‘zi bilan teng bo‘lgan hayvonlarga talabgor edi.

Yirtqichlarga nisbatan mehribonlik Derbishka posyolkasida uzoq davom etmaydiganga o‘xshaydi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:51

AVTOBUSDA KOMPYUTER

Sankt-Peterburg ko‘chalarida yuruvchi avtobuslardan biriga kompyuter o‘rnatilgani ko‘pchilikda taajjub uyg‘otmoqda. Elektron uskunaga jamoat transportidagi barcha vazifalar yuklangan. Masalan, kompyuter bosh va oxirgi bekatdagi dispetcher xonalari bilan bog‘langan bo‘lib, yo‘nalishni nazorat qiladi. Avtobusning harakat tezligi, yo‘lovchilar soni ham kompyuterning "œnazaridan" chetda qolmaydi. Eng muhimi, haydovchining harakati: u bekatlarda to‘xtab, eshikni qanday ochib-yopadi, yo‘lovchilar bilan muomalada qo‘pollik qilmaydimi? Elektron nazoratchining haydovchilarni tartibga soladigan yana bir jihati shundaki, ichgan-ichmagani to‘g‘risidagi axborotni zudlik bilan dispetcherga uzatadi. Agar haydovchi ichgan bo‘lsa motor zudlik bilan o‘chirilishi mumkin.

Hozircha kompyuter-nazoratchi eksperimentda. Agar u tajribadan muvaffaqiyat bilan o‘tsa, shahar ko‘chalaridagi barcha avtobuslarga o‘rnatiladi. Bu hol xizmat madaniyatini yuksaltirishga, har xil ko‘ngilsizliklarning oldini olishga imkon yaratsa, ajab emas.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:56:58

MARHUMNING BIZNESI

Do‘konga kirib kelgan militsiya xodimlari spirtli ichimlik sotishga litsenziyasi bo‘lmagan tadbirkorni shubha ostiga olishdi. Litsenziya bo‘lmasa, anavi shishalar qaerdan paydo bo‘ladi?

Sotuvchining hujjatlarini tekshirib ko‘rishganida... hammasi ayon bo‘ldi. Bundan ikki-uch yil muqaddam Arxangelskda yashovchi tadbirkor ayol o‘z tanishidan ishonch qog‘ozi olib, uning nomidagi do‘konni ijara uchun rasmiylashtirib ish yurita boshlagan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ishonch qog‘ozi muallifi bandalikni bajo keltiradi. Ayol esa hamon o‘sha ishonch qog‘ozi asosida ish yuritib kelmoqda edi. Hattoki sotuvchi bir necha bor marhumning nomidan soliq ham to‘lagan. U buni bilib qilganmi, bilmay qilganmi, yolg‘iz xudoga ayon.
Haqiqat sudda oydinlashsa kerak.

Qayd etilgan