Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157315 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 20 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:57:38

VANNA UCHUN «JANG»

Qozon shahrida yashovchi pensioner ayol uyini ta’mirlash vaqtida boloxonasi tagiga chiqarib qo‘ygan cho‘yan vannaga ko‘z-quloq bo‘lib turmaganida, bu matohidan ayrilib, xudoga dodini aytib qolaverardi. Har tugul kampir pishiqqina ekan. U sal nariroqda turgan "œGazel" avtomashinasidagi kishilarga shubha bilan qarab-qarab qo‘yar, ora-chirada ustalar bilan chalg‘ib ham qolardi.

Kampir ko‘rinmay qolgach, ayni muddaoligini sezgan tovlamachilar 40 rubl berib yollagan daydini ishga solib, vannani joyidan qo‘zg‘atishni boshlagan edilarki, uy bekasi yugurib pastga tushdi. Uchta barzangiga kuch-quvvatdan qolgan zaifa bas kela olarmidi?

Kampir zudlik bilan nav-batchi militsiyaga sim qoqdi. Cho‘yan vanna uchun davom etgan "œjang" ularning aralashuvi bilan egasining manfaatiga hal bo‘ldi, deb xabar beradi "œVechernyaya Kazan" gazetasi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:04:13

Eng yengil odam (cha!)

Pakanagina, atigi 67 sm bo‘yli Lyusiya Ksarate (1863-1889, Meksika) tug‘ilganida 1,1 kg edi. 17 yoshida bu xonimcha taroziga tushib ko‘rdi va amin bo‘ldiki, haliyam kichkina-mittigina ekan (2.13kg). So‘ng semirishga qaror qildi va bunga erishdi ham. 20 yoshida uning og‘irligi 5,9 kg.ga yetdi.

Kattalar orasida o‘ta ozg‘inlik —Sammond (miya ostidagi o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki sekretsiya bezi kasalligi) tufayli yuzaga keladi. Va bunda kishining normal vazndan 65-70% kam vaznga ega bo‘lish kuzatiladi. Masalan, AQShlik Emma Shaller xonimning bo‘yi 157 sm bo‘lgani holda, vazni 20 kg.ni tashkil etgan. Ko‘ryapsizmi, 65 % normadan kam. Yana bir amerikalik janob Eddi Mosher esa bo‘yi 170 sm, og‘irligi 22 kg bo‘lgani uchun zamondoshlari uni «skelet-odam» deb atashgan ekan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:04:23

BO‘YI BO‘YIGA MOS EMAS EKAN!

Er-xotinlar orasida bo‘y jihatdan eng katta tafovut frantsiyalik Roben Pretu va Nataliya Lyusiuslar o‘rtasida kuzatilgan. Ular 1990 yil 14 aprelda nikohdan o‘tishar ekan, odamlarni ularning to‘ylaridan ko‘ra ko‘proq bo‘ylari qiziqtirib qoldi. Sababi, kuyovto‘ra Fabenning bo‘yi 188,5 sm bo‘lgan holda, kelinposhsha Nataliyaxon bor-yo‘g‘i 94 sm bo‘yga ega edi. Oradagi farqni qarang: 94,5 sm. Bo‘ylari-ku mos kelmapti, ko‘ngillari ko‘ngillariga mos kelgan bo‘lsin-da, ishqilib!

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:04:34

Vazn jihatdan er-xotinlar orasida eng katta farqqa ega juftlik

Amerikada yashagan ekan. Jon Brouer Minnox va uning rafiqasi Jannat 1978 yil martda o‘zlarini tarozida torttirib ko‘rganlarida, Janob Brouer naqd 635 kg tosh bosdi. Jannatxonim esa atigi 50 kg keldi, xolos. Oradagi farq 585 kg bo‘lib va bu farq dunyodagi barcha er-xotinlar vazni orasidagi farqlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich edi. Umuman olganda, Jon «eng semiz odam» bo‘lib tarixda qoldi. Lekin bilasizmi, uni hayotda rohatlanib kun kechirgan deb bo‘lmaydi.

Bolaligidanoq semizlik kasali uni ko‘p qiynay boshlaydi. E’tibor bering, u 1963 yil, endigina 22ga to‘lgan paytida bo‘yi 185 sm, og‘irligi 178 kg edi. Yillar o‘tgan sayin u tag‘in «og‘irlashib» bordi. 1976 yili 442 kg tosh bosgan bechora Minnox semirishda yana davom etdi va faqat 1983 yili, ya’ni, qazoi qadari yaqinlashganidagina ancha ozib ketdi. Vafot etganida u 362 kg edi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:04:46

FAMILIYANING MA’NOSI NIMA?

«Familiya» so‘zi lotinchada, ya’ni qadimgi rimliklar tilida «oila» ma’nosini anglatgan. Hozir esa «familiya» deganda biz bitta odamning ismini emas, balki ma’lum avlodga oid nomni nazarda tutamiz. Bu avlodda familiya ota-onadan bolalarga o‘tib boradi.

Dastlab familiyalar, ya’ni avlodlar nomi bo‘lmagan. Chunki qadimda odamlar kichik-kichik to‘da, ovul bo‘lib yashashar, hamma bir-birini ismidan bilardi. Bir xil ismlar bo‘lsa ularning ismini yoniga laqab qo‘yib aytishardi.

Vaqt o‘tishi bilan odamlar ko‘paydi. Shaharlar vujudga keldi. Odamlarning uzoq-uzoqlarga safar qilishlari qiyinlasha bordi. Faqat ism yoki laqabga ega bo‘lish kamlik qildi. Natijada familiya paydo bo‘ldi.

Dastlab familiyalar faqat boy odamlarda bo‘lgan. Qadim zamonlarda arablarda familiya shaxsning yuqori tabaqaga mansubligini, zodagonligini bildiruvchi, oddiy, mehnatkash xalq vakillaridan yuqori turganligini ko‘rsatuvchi belgi sifatida qo‘llanilgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:17:38

Yanvar — Ma’bud Yanus sharafiga «yanvarius» deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi bo‘lgan emish.

Fevral — lotincha «februarus» so‘zi tozalanish, poklanish ma’nosini bildiradi.

Mart — bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan «martius» so‘zidan olingan.

Aprel - «Apfire» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘z in’omlarini namoyon qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:17:56

May - Ma’buda Mayya «Mayus» ismidan olingan go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi.

Iyun — Yupitering xotini - ma’buda Yunona sharafiga qo‘yilgan. Afsonalarga ko‘ra, Yunona ayollar homiysi, er-xotinlar qo‘sha qarishi, uvali-juvali bo‘lishining tarafdori.

Iyul — Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar sharafiga shunday atalgan.

Avgust — Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo‘yilgan.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:18:13

Sentyabr — Qadimda rimlilarning o‘n oylik taqvimida yetti oy bo‘lib, lotincha «september» ( 7 ) so‘zidan olingan.

Oktyabr — Qadim rimliklar taqvimida sakkiz oy lotincha «oktober» ( 8 ) degan ma’oni beradi.\

Noyabr — lotincha «november» ( 9 ) so‘zidan olingan, qadimgi rimliklar taqvimida to‘qqizinchi oyni anglatgan.

Dekabr — lotincha «detsember» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘n degan ma’noni bildiradi.

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:23:51

Har bir millatning milliy taomlari bor va tabiiyki, uning ilk bor tayyorlangan davri haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ukrainalik tarixchi Grigoriy Gordienko o‘z xalqining eng xushxo‘r va eng ommaviy taomi — borshni 300 yillik tarixga ega, deb hisoblamoqda.

Karam sho‘rva uch asrdan beri tayyorlanayotganiga mamlakatda deyarli hech kim e’tibor bermaydi. U avloddan avlodga o‘tib, bugungi ukrainaliklarning ham oshxonasidan o‘z o‘rnini topib oldi. Pazandalar borshning o‘nlab xillarini ixtiro qilishdi: sabzili, kabachkali, sarimsoqpiyozli. Qaysi tur bo‘lishidan qat’i nazar, karamsiz tayyorlanmaydi. Ammo bari xushxo‘r, betakror, har bir oilaning taomnomasida birinchi o‘rinni ishg‘ol etadi.

Tarixda nomi qolgan ofitser Ivan Kotlyarevskiy o‘z kitobida, "œUkrainaliklar sho‘rvaning bu xilisiz yashay olmaydilar, agar uni uch kun ichmasalar, oshqozonlari "œg‘alayon" ko‘taradi" deb yozib ketgan ekan.

Borsh — o‘z yo‘liga, o‘z xalqining dasturxoniga, ammo bizning oshdan qo‘ymasin!

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:24:57

Ko‘zoynakdan kishilar qadim zamonlarda ham foydalanganlar. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi marta Xitoyda yaratilgan. So‘ngra Misr, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlarida ham kishilar katta qilib ko‘rsatuvchi shishalardan foydalanishgan. XVI—XVII asrlarga kelib ko‘zoynak ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. Bu vaqtga kelib aniq fanlar — matematika, fizika, mexanikaning tez rivojlanishi tufayli ko‘zoynak ishlab chiqarish ham taraqqiy etdi. Shu bois, ko‘zoynaklar ommaviy tarzda urf bo‘ldi.

Ko‘zoynaklarning foydali ahamiyati beqiyosdir. Juda kuchli yorug‘lik, masalan, quyosh, elektr payvandlash, shu kabi o‘tkir nurlar kishi ko‘ziga uzoqroq vaqt ta’sir etsa, ko‘zidan yosh oqa boshlaydi va qizarib, og‘riq paydo bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan nurlar ta’siridan maxsus ko‘zoynak yordamida saqlanish mumkin.

Shuning uchun ham tog‘li qor cho‘qqisiga ko‘tarilganda va qalin qor yoqqanda rangli ko‘zoynak taqib olish foydali. O‘tkir yorug‘lik bilan ishlovchilar qora ko‘zoynak taqishlari zarur. Aks holda ko‘z tezda zararlanishi mumkin. Ko‘zni turli chang-to‘zon va zararli tutunlardan saqlash uchun maxsus ko‘zoynaklar mavjud. Ular oddiy rangsiz shishadan ishlanadi va ko‘z sohasini butunlay qoplab oladi. Bunda chang-to‘zon yon tomonlardan ham ta’sir eta olmaydi.

Qayd etilgan