Har bir millatning milliy taomlari bor va tabiiyki, uning ilk bor tayyorlangan davri haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ukrainalik tarixchi Grigoriy Gordienko o‘z xalqining eng xushxo‘r va eng ommaviy taomi — borshni 300 yillik tarixga ega, deb hisoblamoqda.
Karam sho‘rva uch asrdan beri tayyorlanayotganiga mamlakatda deyarli hech kim e’tibor bermaydi. U avloddan avlodga o‘tib, bugungi ukrainaliklarning ham oshxonasidan o‘z o‘rnini topib oldi. Pazandalar borshning o‘nlab xillarini ixtiro qilishdi: sabzili, kabachkali, sarimsoqpiyozli. Qaysi tur bo‘lishidan qat’i nazar, karamsiz tayyorlanmaydi. Ammo bari xushxo‘r, betakror, har bir oilaning taomnomasida birinchi o‘rinni ishg‘ol etadi.
Tarixda nomi qolgan ofitser Ivan Kotlyarevskiy o‘z kitobida, "œUkrainaliklar sho‘rvaning bu xilisiz yashay olmaydilar, agar uni uch kun ichmasalar, oshqozonlari "œg‘alayon" ko‘taradi" deb yozib ketgan ekan.
Borsh — o‘z yo‘liga, o‘z xalqining dasturxoniga, ammo bizning oshdan qo‘ymasin!