Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157415 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 20 B


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:51:15

XUDO BERGAN BO‘Y

Dunyoda  "œeng" so‘zi  qo‘shib  aytiladigan  shaharlar, daryolar, tog‘lar va  qaysidir jihati bilan  ajralib turuvchi  kishilar alohida  qayd qilinadi va ular  haqdagi axborotlar  juda qiziqarli. Haddan tashqari pakanalik yoki terakday uzun bo‘yli  bo‘lish  yon-atrofdagilarning  diqqat-e’tiborini tortadi. Bo‘yning ham me’yorida bo‘lgani yaxshi.
Eng  uzun bo‘ylilar ro‘yxatida  xitoylik  Bao Sishunya ham bor. Uning  bo‘yi  2 metru  36 sm. bo‘lib, Ginnesning  rekordlar kitobidan  joy olishga arziydi. U o‘zining  tanish-bilishlari  bilan  xuddi  tog‘ning  ustida  turib gaplashgandek  muloqotga kirishadi. "œPastdagilar" aslida normal  kishilar bo‘lishsa ham Baoning  oldida  xuddi yosh boladek ko‘rinadilar. Bao  o‘zining  bu ajralib turuvchi xususiyati bilan  Xenan provintsiyasida istiqomat  qiluvchi  Van  Fenizyun bilan  "œraqobatla-
shishiga" hali erta. 25 yoshdagi Van 150 kilo vaznda bo‘lib, bo‘yi  2 metru  55 sm.ga  yetgan.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:51:22

MAXMUTOVNING BOTINKASI

Hammani hayron qoldiradigan oyoq kiyimini yaratish fikri uni anchadan beri bezovta etib yurardi. Valeriy Maxmutov odatdagidan farqlanadigan botinka yasab, Rossiyaning rekordlar kitobidan joy olishni niyat qilgan edi, shunga erishdi.
Maxmutov bu botinkani "œdunyoga keltirish" uchun roppa-rosa to‘qqiz oy urindi. "œOksford" deb nomlangan bu oyoq kiyimi 240-o‘lchamda bo‘lib, uzunligi 163 sm. Vazni ham shunga yarasha: uch pud. Faqat rekordlar kitobi uchungina yaratilgan botinka odatdagi xom ashyodan ishlangan.
Oyoq kiyimining favqulodda bu nusxasini Maxmutov yaxshi niyat bilan "œOltin qo‘lli ustalar" ko‘rgazma-yarmarkasiga yubordi. Ko‘rgazmada qo‘l mehnatining bu namunasi "œRossiyaning eng yaxshi qiziqishi" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.
Yaqin kunlar ichida Maxmutov jajjidan ham jajji Zolushkaning tuflisini  rekordlar kitobiga taqdim etmoqchi. Ajab emaski, mitti oyoq kiyimi ham shov-shuvga sabab bo‘lsa...

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:51:30

MAYMUNLARGA... VINO?

Lipetsk hayvonot bog‘i mutaxassislari sovuqdan bezovta bo‘layotgan maymunlarga qo‘shimcha ratsion sifatida kagor vinosini berishmoqda. Hech narsaga aralashtirilmagan ichimlik jonivorlarga juda yoqib tushdi shekilli, o‘zlariga ajratilgan bo‘lmada u yoqdan-bu yoqqa sakrab o‘ynay boshladilar.
"œBiz ularga birinchi marta vino berdik, maqsad ularning qattiq qish havosida shamollamasliklarini ta’minlash. Bir kecha-kunduzda bittasiga yuz gramm kifoya. Boshqa mintaqalarda bu usul allaqachon o‘zini oqlamoqda, hattoki filni aroq bilan siylayotgan hamkasblarimiz ham bor. Issiqsevar hayvonlarni sovuq kunlarda asrab-avaylashning o‘zi bo‘lmaydi. Qanotli, yirtqich va sudralib yuruvchilarga bunday ichimlik tavsiya qilinmaydi", deydi direktor Aleksandr Osipov.
Vino ayrim maymunlar uchun qo‘shimcha ovqat, ayrimlari uchun isitadigan ichimlik. Ishqilib, hayvonot bog‘ining erkatoylari bu ichimlikka o‘rganib qolib, xumori tutganda bezovta bo‘lmasa edi...

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:51:47

AYOL — MAYMUNNING ONASI

Taajjublanayapsiz, maymunning onasi maymun bo‘lishi kerak. Ammo ayrim holatlarda parvarishga muhtoj jonzotlarga "œonalik" qilish odamzot gardaniga ham tushishi mumkin-da...
"œReyter" agentligidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, yaqinda Sidney hayvonot bog‘ida dunyoga kelgan maymuncha onasiz qoldi. "œLoki" nomi berilgan jonivorning onasi uni dunyoga keltirdi-yu, joni uzildi. Maymunchaga endi kim g‘amxo‘rlik qiladi, degan savol hayvonot bog‘i ma’muriyatini zarracha ham tashvishga solmadi. Yetakchi ekspert Luiza Grossfeld unga "œonalik" qilishini aytdi.
Ayni paytda maymuncha Luiza xonimning kaftlariga joylashgan holatda parvarishlanmoqda. Hozircha u o‘zini-o‘zi boshqara olmaydi. Ishqilib, mustaqil kun kechirishga o‘rgangan paytida u "œonam" deb Luizaga osilib olmasa bo‘lgani...

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:52:06

BADMINTON — «QARIMAGAN» O‘YIN

Angliyalik sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar eski hujjatlarni titkilab, badminton bundan juda ko‘p asrlar muqaddam ham o‘ynalganini aniqlashdi. Bu — 1078 yilga borib taqalar ekan.
O‘sha vaqtlarda ham bu o‘yinning qoidalari bugungidek ko‘rinishda bo‘lib, qiziquvchilarni yanada o‘ziga rom etgan. Demak, 9 asr muqaddam boshlangan o‘yin aslo «qarigani» yo‘q, aksincha yoshargan. Chunki badminton bilan hozirgi vaqtda asosan, yoshlar shug‘ullanishadi.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:52:14

66 YOSHDA BIRINCHI FARZAND

Bir yil muqaddam ruminiyalik Adriana Iliesku 66 yoshda o‘zining birinchi farzandini ko‘rishga muyassar bo‘lgan edi. Bu ayol juda ko‘p yillar farzandsizlikdan azob chekkandi va nihoyat, yuzlariga ajin tushib, kuch-quvvatdan qolgan bir paytda orzusi ushaldi. Sabr qilsang, g‘o‘radan holva bitar, deganlari shudir balki.
Oradan bir yil o‘tdi. Qari onaning 1 kilo 400 gramm vazn bilan dunyoga kelgan qizalog‘i juda yaxshi o‘sayapti. Achinarlisi, uning sherigi ona operatsiya qilingan paytda nobud bo‘lgandi. Ishqilib, uzoq yillar mobaynida kutilgan bolaning umri uzoq bo‘lsin-da.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:52:34

SOG‘LIK UCHUN MUKOFOT

Rossiyadagi avtomobil zavodining 13 ming kishilik jamoasi o‘z sog‘liklari uchun mukofot puli olmoqdalar. Bundan ikki yil muqaddam muassasa rahbariyati "œIsh vaqtidan samarali foydalangani uchun-loyihasini ishlab chiqib, xodimlarga buni ma’lum qilgan edi. Mukofot puli yil davomida biror marta ham kasal bo‘lmagan xodimga beriladi. Rag‘batlantirish har bir xodimning yillik ish haqi o‘rtacha miqdoridan kelib chiqib, besh foiz miqdorida belgilanadi. Rahbarlar va mutaxassislar uchun esa uch foiz.
Shunday qilib,  ikki yil mobaynida hech kim "œkasal" bo‘lmadi. Natijada ish unumdorligi uch baravar oshdi.
To‘g‘ri, minglab odamlar ishlaydigan jamoada ikki yil ichida hech kim kasal bo‘lmasligi mumkin emas! Balki betob bo‘lganlar ham mukofot olamiz, deb ishlashga majbur bo‘lishgani ehtimoldan xoli emas.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:53:11

IBODATXONANING MITTI NUSXASI

Isaakov ibodatxonasining ulkan ko‘rinishda ekanligi  ma’lum. Kishinyovda yashaydigan 83 yoshdagi Anatoliy Mixaylidi degan otaxon bundan 30 yil muqaddam ana shu ibodatxonaning mittigina nusxasini yaratishga ahd qilgan edi.
Mana, shuncha muddat o‘tdi va yillar mobaynida Mixaylidining aqlu zakovati evaziga dunyoga kelgan ushbu mitti ibodatxona endilikda hamma-hammani hayratga solmoqda. 36 ming dona gugurt qutisi, 5 mingta to‘g‘nog‘ich va sakkizta taqinchoq bilan tiklangan shedevr «bino» Mixaylidini mashhur qilib yubordi. Bino ichida qulflanadigan saroylar mavjud.
Qariya yaratgan Isaakov ibodatxonasining mitti nusxasini ko‘rishga kelayotganlar son-sanoqsiz.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:53:19

BALIQ — ENG YAXSHI DORI

Yaponlar o‘zlarining uzoq umr ko‘rishlari bilan faxrlanishadi. Bu mamlakatda ayollar o‘rtacha 83—85, erkaklar 77—79 yil yashashi kuzatilmoqda. Ko‘p yillar hayot kechirishning siri to‘g‘ri ovqatlanish ekanligi haqida aytilsa ham, aynan qaysi taom bunga zamin yaratishi aniqlanmagan edi.
Kobe shahri universiteti olimlari uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tadqiqot olib borganlarida, dengiz mahsulotlari, xususan, baliq bu borada insonga beminnat ko‘makchi bo‘lishini aniqladilar. Baliq mahsulotlari yurak-qon, rak kasalliklari oldini olishda muhim vosita, shu bois, suv jonzotini ko‘proq iste’mol qiling, deb maslahat beradi yapon olimlari.

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:53:25

KELIB —KETUVCHILARGA HURMAT

Sin dinastiyasi davridan qolgan 300 yillik guldon Kembrij muzeylaridan birida saqlanib kelardi. Yaqinda kelib-ketuvchilardan biri ushbu vazaning yoniga ilashib qolgan botinka bog‘ichini tortaman deb, ehtiyotsizlikdan sindirib qo‘ydi. Eksponat parcha-parcha bo‘lib ketdi. Ammo shunga qaramasdan muzey xodimlari siniqlarni butlab qo‘yishga va’da berdilar. Bu esa, ularning kelib-ketuvchilarga nisbatan hurmat-e’tibori naqadar baland ekanligini ko‘rsatadi.

Qayd etilgan