Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar  ( 157372 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:26:47

SHUNAQA!..
Tuya biryo‘la 250 litr suv ichadi.

ANTIQA MUZEY

Ruminiyaning Oraz shahrida antiqa muzey ochildi. Uning kollektsiyalari faqat tuxumlardan iborat. Bu yerda siz 80 ta davlatdan keltirilgan 700 ta tuxumni tomosha qilishingiz mumkin. Eksponatlar ichida eng kichkina 13 millimetrlik chittak tuxumidan tortib, 152 millimetrlik tuyaqush tuxumlarigacha bor.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:26:59

DAHSHATLI KALTAKESAK

«Dinozavr» so‘zi «Dahshatli kaltakesak» degan ma’noni anglatar ekan. Ularning eng uzuni diplodok, eng balandi bronxiozavr, eng kichigi kompsagnatus, eng og‘iri ultrazavr hisoblanadi.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:27:47

ENG KATTA SAHNA VA BINO

Spektakllar bo‘lib o‘tadigan eng katta bino Pekinda joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining yig‘ilish saroyi hisoblanadi. 1959 yilda qurilgan ushbu binoning maydoni 5,2 gektarga teng. Inshoot zaliga 10.000 nafargacha odam sig‘ishi mumkin.
Eng katta teatr sahnasi esa Buyuk Britaniyaning Blekpul shahridagi «Opera-xauz»da joylashgan bo‘lib, o‘lchamlari 18x30 metrga teng. Balandligi 33 metr.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:28:05

BAHAYBAT GLOBUSLARNI BILASZMI?

O‘tgan zamonlarda ham o‘tkir zehnli kishilar Yer yuzining tuzilishini, qaysi yurtlar qaerda joylashganini o‘rganish uchun o‘ziga xos globus yasab, undan foydalanganlar. Bizga XI asr boshlarida buyuk bobokalon-
larimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan yasalgan globus ma’lum. U yaratgan globusning diametri taxminan  5 metr bo‘lgan. Bu bahaybat globus o‘sha zamonda yurtlar o‘rtasidagi oraliq masofalarni aniqlashga xizmat qilgan. 
XVIII asr boshlarida Germaniyada ham globus yaratilgan bo‘lib, uning diametri  310 sm, ya’ni, Beruniy yaratgan globusdan ancha kichik  edi. Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyat va san’at tarixi muzeyida diametri 117 sm bo‘lgan globus saqlab kelinmoqda. Bu kattakon globusni XIX asrda xo‘jandlik ma’rifatparvar hoji Yusuf Mirfayoz yaratgan.
1984 yilda Toshkent davlat universitetining professori, geografiya sohasida tanilgan mashhur olim Hamidulla Hasanov tashabbusi bilan ajoyib ulkan globus yaratilgan.  "œToshkent globusi" deb nom olgan ushbu globusning diametri 2 m bo‘lib, u   o‘tmishdagi va hozirgi paytlardagidan tamomila farq qiladi.
Odatdagi globuslarda yer yuzining past—balandligi bo‘yoqlarning rangiga qarab aniqlansa, "œToshkent globusi"da esa past—balandliklar sirtining g‘adir—budirligini o‘lchash orqali aniqlanadi. Yer yuzidagi chuqur joylarni va baland tog‘larni bevosita globusda o‘lchash mumkin.
"œToshkent globusi"ni yaratishda fazogirlarning koinotdan turib olgan 200dan ortiq rangli fotosuratlaridan foydalanilgan. Bu globusni Yerning eng o‘xshash andozasi desa ham bo‘ladi. Darhaqiqat, "œToshkent globusi"ga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘yoki Yer kurrasini koinotdan turib tamosha qilayotgandek bo‘lamiz. Uning nihoyatda go‘zal manzarasi ko‘zingizni qamashtiradi.

Umida YO‘LCHIBOYEVA tayyorladi.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:28:22

BIR-BIRINGIZNI BAG‘RINGIZGA BOSING

Xorijlik oilashunos mutaxassislardan biri Virdjtinie Satir insoniy munosabatlarni rivojlantirishda quchoqlashib ko‘rishishning ahamiyati juda katta ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir kishi kuniga to‘rt martadan o‘n ikki martagacha quchoqlashishga zarurat sezishi mumkin ekan.
Xuddi shu fikrga yaqin yana bir xulosa Los-Anjelesdagi tibbiy markaz mutaxassislari tomonidan taklif qilinmoqda: yomon fikrlar inson organizmini zaharlashi, hattoki uning umrini ma’lum darajada qisqartirishi mumkin. Shunisi borki, sizni yaqinlaringiz haddan tashqari erkalab yuborsa, jahlingiz ham chiqishi mumkin-da. Demak, mutaxassislar me’yorida erkalab gapirishni va chin dildan bir-biriga mehr-muhabbat izhor qilishning shakli bo‘lgan quchoqlashib ko‘rishishni maslahat beradilar. Bu usul odamga eng mo‘jizakor doridek ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:28:34

QUYON HAMISHA HAM QO‘RQOQ EMAS

Quyonday qo‘rqoq, deyiladi ayrim odamlarga nisbatan. Aslida quyonning o‘zi hamisha ham beozor yoki himoyasiz bo‘lmas ekan. «Senimi, shoshmay tur» multfilmida jonivorning bu turi bo‘riga qanchalik chap berib, qanaqa nayranglar ko‘rsatganini tomosha qilgansiz.
Sibir tekisliklarida quyon yirtqich qushlar — burgut, kalxat, qirg‘iylardan o‘zini himoya qiladi. Quyon paydo bo‘lishi bilan uni yuqoridan kuzatib turgan yirtqich qush hujum qiladi. Bunday paytda quyon o‘zini talvasaga tushgandek ko‘rsatib, dumalab yotib  qoladi. Yirtqich yerda yotgan jasadga hujum qilgan paytda quyon chapdastlik bilan o‘ngarilib, o‘tkir tirnoqlarini qushning yuz qismiga botiradi. Ana olishuv-u mana olishuv. Qushning ko‘krak qafasiga qattiq botgan o‘tkir tirnoqlar uni halok qilmay qo‘ymaydi.
Bunday «jang»lar har doim ham quyonning g‘alabasi bilan tugamaydi. Xulosa shuki, quyonlarning ichida botirlari ham bor ekan.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:28:47

BULUTLARARO ODIMLASH

Ulkan havo laynerlarining bir shahardan ikkinchisiga uchishida qancha masofa borligi  hisob-kitob qilingan. Lekin yo‘lovchilarga iltifot ko‘rsatuvchi styuardessaning ana shu masofa oralig‘ida qancha marta qadam tashlashini birinchi bo‘lib Skandinaviya aviakompaniyasiga qarashli samolyot xodimasi aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Kopengagen — Alyaska —Tokio — Dehli — Anqara yo‘nalishi bo‘ylab uchuvchi bu samolyot styuardessasi havo kemasi tepaga ko‘tarila boshlagan lahzadayoq qadamlarini adashmasdan sanab boraverdi. Reys o‘z manziliga yetgan vaqtda u ham sanashdan to‘xtadi: umumiy natija 22 km. Har qalay, bu styuardessaning sog‘ligida katta rol o‘ynaydi, deb xabar beradi Chexiyada chiqadigan «Svet v obrazex» jurnali.

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:29:06

KUMUSH BILAN «ZAHARLANISH»

Mushukni haddan tashqari yaxshi ko‘radigan kampir jonivorning bezovtalanayotganidan tashvishlana boshladi. Sho‘rlikka nima bo‘ldi ekan, yoqmaydigan biror narsa yeb qo‘ydimikan?
Mutaxassis — veterinar mushukni o‘z asbob-uskunalari bilan obdon tekshirib ko‘rar ekan, oshqozoniga «begona» nimadir tushganini aytdi. Tasvirda mushukning oshqozonida yaltiragan nimadir ko‘rindi.
Oradan ma’lum muddat o‘tib, bezovtalikka sabab bo‘lgan narsa — kumush zanjir tashqariga chiqdi. Taqinchoq qachon, qanday qilib uning qorin bo‘shlig‘iga tushib qolgan, kampir hayron.
Harqalay, «Marik»ning kumush zanjir bilan «zaharlanishi» egasiga ham ziyon keltirmadi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Dekabr 2006, 23:25:33

OSHQOVOQ

Moskva yaqinidagi qishloqlardan birida yashovchi Nikolay Salakov urug‘ni bundan buyon faqat do‘kondan sotib olishga ahd qildi. Alam qiladi-da!.. Yaqinda bozordan oshqovoq urug‘ini sotib olib dala hovlisiga ekkan edi. Oshqovoq, chunonam o‘sdiki, daraxtdek tarvaqaylab ketdi. Kunlarning birida xayol bilan o‘tib ketayotgan Nikolayning boshiga haligi oshqovoqlardan bittasi uzilib tushib urildi... Miyasi chayqalib ketdi. Oshqovoq naq 5 kilo kelarkan.
Ekspertlar fikricha, bozorda sotilayotgan urug‘larning hammasi sifatsiz, eski, iste’molga yaramaydi. Ayniqsa, arzongarov urug‘ sotib olib inqirozga uchragandan do‘konga chopavergan ma’qul.

Qayd etilgan


Shahina  04 Dekabr 2006, 23:26:06

SIRKDAGI O‘YIN BAHONA

Britaniyalik sirk artisti Jeyd Xenson navbatdagi chiqishlar paytida, sal bo‘lmasa, baloga qolib ketayozdi. U pichoq otish bo‘yicha eng xavfli nomerni 22 yoshli yordamchisi Yana Radinova bilan sinab ko‘rayotgan edi. Nima bo‘ldiyu bosh atrofiga qadalishi lozim bo‘lgan pichoq to‘ppa-to‘g‘ri qizning peshonasiga rostakamiga sanchildi. Yaralangan Yanani zudlik bilan kasalxonaga olib ketishdi. Qiz endi sirkda ishlamasligini uzil-kesil ma’lum qildi. Uning aytishicha, shu bilan uchinchi marotaba boshidan yarador bo‘lishi ekan.

Qayd etilgan