BAHAYBAT GLOBUSLARNI BILASZMI?
O‘tgan zamonlarda ham o‘tkir zehnli kishilar Yer yuzining tuzilishini, qaysi yurtlar qaerda joylashganini o‘rganish uchun o‘ziga xos globus yasab, undan foydalanganlar. Bizga XI asr boshlarida buyuk bobokalon-
larimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan yasalgan globus ma’lum. U yaratgan globusning diametri taxminan 5 metr bo‘lgan. Bu bahaybat globus o‘sha zamonda yurtlar o‘rtasidagi oraliq masofalarni aniqlashga xizmat qilgan.
XVIII asr boshlarida Germaniyada ham globus yaratilgan bo‘lib, uning diametri 310 sm, ya’ni, Beruniy yaratgan globusdan ancha kichik edi. Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyat va san’at tarixi muzeyida diametri 117 sm bo‘lgan globus saqlab kelinmoqda. Bu kattakon globusni XIX asrda xo‘jandlik ma’rifatparvar hoji Yusuf Mirfayoz yaratgan.
1984 yilda Toshkent davlat universitetining professori, geografiya sohasida tanilgan mashhur olim Hamidulla Hasanov tashabbusi bilan ajoyib ulkan globus yaratilgan. "œToshkent globusi" deb nom olgan ushbu globusning diametri 2 m bo‘lib, u o‘tmishdagi va hozirgi paytlardagidan tamomila farq qiladi.
Odatdagi globuslarda yer yuzining past—balandligi bo‘yoqlarning rangiga qarab aniqlansa, "œToshkent globusi"da esa past—balandliklar sirtining g‘adir—budirligini o‘lchash orqali aniqlanadi. Yer yuzidagi chuqur joylarni va baland tog‘larni bevosita globusda o‘lchash mumkin.
"œToshkent globusi"ni yaratishda fazogirlarning koinotdan turib olgan 200dan ortiq rangli fotosuratlaridan foydalanilgan. Bu globusni Yerning eng o‘xshash andozasi desa ham bo‘ladi. Darhaqiqat, "œToshkent globusi"ga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘yoki Yer kurrasini koinotdan turib tamosha qilayotgandek bo‘lamiz. Uning nihoyatda go‘zal manzarasi ko‘zingizni qamashtiradi.
Umida YO‘LCHIBOYEVA tayyorladi.