Yangi hijriy yil muborak!  ( 9034 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  07 Dekabr 2010, 11:17:05

:bsm:

Bugun Muharram oyining, yangi hijriy 1432-yilning 1-kuni!

Iqtibos
Muharram oyi hijriy — qamariy taqvim bo‘yicha yilning birinchi oyidir. Birinchi Muharram yangi yilning boshlanish kunidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar. Biz ham barchalaringizni yangi hijriy yilning boshlanishi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Alloh taolo bu yilni barchamiz uchun xayr-baraka yili bo‘lishini nasib etsin. Aziz vatanimizni tinch va osoyishta bo‘lishini, xalqimizning baxti-saodati ziyoda bo‘lishini nasib etsin! Omiyn!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za, Allohning Muharram oyi ro‘zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir», dedilar.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir odam kelib Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Ramazondan keyin qaysi oy ro‘zasini tutmog‘imni amr qilasiz?», deb so‘radi.

«Agar Ramazondan keyin ro‘za tutuvchi bo‘lsang, Muharramni tut. Chunki, u Allohning oyidir. Unda Alloh bir qavmning tavbasini qabul qilgandir va boshqa qavmlarning tavbasini qabul qiladir», - dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
www.islom.uz

Yangi hijriy yilingiz muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Bek aka  07 Dekabr 2010, 19:54:50

Forumdoshlar, muharram oyida kim ro'za tutayapti/tutmoqchi?

Qayd etilgan


ibrohim  07 Dekabr 2010, 21:09:01

Forumdoshlar, muharram oyida kim ro'za tutayapti/tutmoqchi?

...menimcha ro'za pinhoniy ibodat bo'sa kere, hech kim bilmay qo'ya qolsin... yana o'zlariz bilaslar

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  09 Dekabr 2010, 12:16:31

:bsm:


Барча форумдошларни сал кичикиб бслса ҳам кириб келган Ҳижрий 1432 йил муборак бслсин! Аллоҳ бу йилни барча юртдошларимизга барокотли ва хайрли, тотли қилиб берсин. Бу йилда солиҳ амалларни кспроқ қилишимизга Аллоҳ ёрдам берсин!

Qayd etilgan


Habib  16 Dekabr 2010, 10:08:52

Shu kunlarda Muharram oyining 9-10 kunlarini ro'zalarini tutayotgan azizlarimizni ro'zalarini Alloh dargohi oliysida qabul aylasin! Barchamizni Islomda barqaror va bardavom qilsin!

Qayd etilgan


Maysara  26 Noyabr 2011, 23:58:51


الله أكبر، اللهم أهله علينا بالأمن والإيمان، والسلامه والإسلام، والتوفيق لما تحب ربناوترضي، ربنا و ربك الله.

Ma'nosi: "Alloh Ulug'dir! Ey Alloh! Bu oyni bizga omonlik, iymon, salomatlik, islom va Özing yaxshi köradigan, rozi böladigan ishga muyassar etishlik bilan chiqargin. Bizning ham, Sening ham Parvardigoring Allohdir!"


Alloh taolo tomonidan tanlab olingan sara oylardan biri, fazilatlarga boy bölmish - Muharram musulmonlarga Muborak bölsin! Barchangizga ushbu oyda qiladigan ibodatu solih amallaringiz gunohlarga kafforat bölishi baxtiga tilakdoshman. Ushbu oy ichidagi gavhar bölmish - Ashuro kuni ham hammamizga barakali bölsin. Hamda 9-10-Muharram rözasini tutishlik barchamizga nasib aylasin. :amn3:

1433-hijriy yilga ham yetib keldik, alhamdulillah!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  27 Noyabr 2011, 06:24:33

Ibrohim.
 Muharram 9-10 kuni ro'zasi sunnati muakkada bo'lib buni pinhon tutish shart emas, bu kunlari barcha habardor mo'minlar tutadi, bu huddi bomdod farzidan oldin o'qiladigan ikki rakat sunnat namoziga o'xshaydi.
.
Dushanba, payshanba yoki oyning o'rtasida uch kun tutiladigan ro'zalarini yashirin tutgan afzal, chunki bu amal sunnati mustahaba bo'lib huddi tungi nafl namozlariga o'xshaydi.

Qayd etilgan


braupov  27 Noyabr 2011, 11:04:33

 :bsm3:
 :asl3:
Kirib kelgan yangi hijriy 1433 yil Muharram oyi muborak bo'lsin ! Alloh barchamizni ishlarimizga o'zi barokat ato etsin!

Qayd etilgan


Princess.  27 Noyabr 2011, 20:14:32

 :bsm3:

  :asl3:

Allohim kirib kelgan yangi hijriy 1433 yilni biz musilmonlarga hayrli qilsin!

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  02 Dekabr 2011, 15:18:05

:bsm3:

:asl3:

Барча форумдошларни сал кичикиб бслса ҳам кириб келган Ҳижрий 1433 йил муборак бслсин! Аллоҳ бу йилни барча юртдошларимизга барокотли ва хайрли, тотли қилиб берсин. Бу йилда солиҳ амалларни кспроқ қилишимизга Аллоҳ ёрдам берсин! Қалбида сзгу нистлари бор юртдошларимизга Аллох сша сзгу нистларини рсёбга чиқарсин.!

Qayd etilgan