Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va
ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) ta’sirlarga berilgan javobdir.
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira yuz bergan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ularning natijalarini (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyat (histuyg‘u, iroda)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faol-
lashtirib yuboradigan va boshqa xildagi taassurotlar oqibatida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvori (temperament, xarakter va boshqalar)dagi tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariya va qoidalarni I. P. Pavlov (1849—1936) tajriba yo‘li bilan aniqlashtirdi va
tasdiqladi. U hayvonlarning, shuningdek odamlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deyiladi. Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida o‘zgarishiga olib keladi.