PSIXOLOGIYA  ( 27665 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:19:22

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A


B. N. SIRLIYEV
A. A. BEKNAZAROV
D. N. ARZIQULOV
PSIXOLOGIYA



TOSHKENT

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:20:52

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A


B. N. SIRLIYEV
A. A. BEKNAZAROV
D. N. ARZIQULOV


PSIXOLOGIYA


Ma’ruzalar to‘plami


Toshkent-2005

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:25:34

BBK 88ya73
S-14
S-14

Sirliyev B. N., Beknazarov A. A., Arziqulov D. N.
Psixologiya: Ma’ruzalar to‘plami. — T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi, 2005. — 136 b.

Mazkur ma’ruzalar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
tinglovchilariga psixologiyaning boshlang‘ich va asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy
psixologiya asoslarini o‘rgatish maqsadida tuzilgan. Unda psixologiya fani haqidagi
eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon Sharq va G‘arb olimlarining bu fan xususidagi nuqtai nazarlariga asoslanilgan.
To‘plam tinglovchilarni psixologiya fani bilan yaqindan tanishtirish, ularga
kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bilimlarni berish, kerakli
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.


BBK 88ya73
T a q r i z c h i l a r : psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Safoyev N. S.
yuridik fanlar doktori, professor
Zaripov Z. S.

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 y.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:32:32

SO‘Z BOSHI

Mamlakatimizda boy ma’naviy salohiyat va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini
barpo etish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.

Bu muammoni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur qonun hamda dasturda shaxs va uning shakllanishiga
katta e’tibor qaratilgan, ya’ni shaxs «o‘zbek modeli»ning asosiy tarkibiy qismi sifatida modelning bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va amalga oshiruvchisi deb
ta’kidlab o‘tilgan.

Ma’lumki, shaxs bir qator fanlarning obyekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsni bevosita va bavosita o‘rganadigan fanlar sirasiga psixologiya fani ham kiradi. Xuddi shu maqsadda barcha oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga psixologiya fani ham kiritilgan bo‘lib, u huquqshunoslik sohasida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ixtisoslik fani hisoblanadi.

Mazkur ma’ruzalar matni ham psixologiyaning boshlang‘ich va asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy psixologiya mavzulari asosida tayyorlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan
birinchi bosqich tinglovchilarining psixologiya fani bilan tanishtirish, ularga kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bilimlarni berish, kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan.


Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:34:30

Ma’ruzalar matnida quyidagilar xususida so‘z yuritiladi:
psixologiya fanining nazariy-metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini ochib berish, psixologiya fanining asosiy kategoriyalari bo‘lgan psixika, ong, shaxs, faoliyat, psixik ko‘rinishlar, jarayonlar, holatlar va shaxsning individual-psixologik xususiyatlari haqida hamda faoliyatning
asosini, muomala va ijtimoiy tasavvurlarni psixologik o‘rganish, psixodiagnostika asoslari, shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini, muomala va tasavvur qonuniyatlarini o‘zlashtirish haqida qisman
ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon qilingan.

Ushbu qo‘llanma tinglovchilarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlariga psixologik jihatdan tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, unda psixologiya fani haqidagi eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon G‘arb va Sharq olimlarining bu fan xususida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari chuqur tahlil qilingan holda berilgan.

Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan psixologiyadan ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi psixologiya va kasb etikasi kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan.

Qayd etilgan


JaviK  14 Dekabr 2010, 22:31:33

1-ma’ruza


PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI


1. Psixologiya fani haqida tushuncha. 
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari.
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.


1. Psixologiya fani haqida tushuncha


Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari
yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy madaniyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi.
Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixo-
logiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs
psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida
tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga
oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik
qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda voyaga yetkazib bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


JaviK  14 Dekabr 2010, 22:33:48

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan, chunki ular
bevosita va bilvosita odamlar bilan ishlaydi.  Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofdagi odamlarning psixik xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. «Jon» tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qarashlari bilan bog‘liqdir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan
jonning moddiylikdan xoli tabiati haqida g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, avvalgi antimistik, afsonaviy tasavvurlar o‘rnini ruhni
borliqning tabiatni falsafiy tushunish manzarasi nuqtai nazardan tushuntirishga urinishlar egallay boshladi. 
Tabiatni falsafiy tushunuvchi allomalar — Fales (miloddan avvalgi VII—VI acrlar), Anaksimen (miloddan avvalgi V asr) va Geraklit (miloddan avvalgi VI—V asrlar) ruhni olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsaning (suv, havo, olov) odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining bu g‘oyani izchillik bilan ilgari surishlari materializmning o‘ziga xos shakli — materiyaning jonliligi (gilozoizm) to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. 

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:16:10

Bunday materialistik g‘oyalarni Demokrit (miloddan avvalgi V—IV asrlar), Epikur (miloddan avvalgi IV—III asrlar) va Lukresiy (miloddan avvalgi I asr) kabi atomistlarning rivojlantira borishi
oqibati o‘laroq, ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda, hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok
bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi.  Ruh bilan aqlning o‘zi tananing a’zolari bo‘lgani uchun ularning o‘zi ham tana hisoblanadi va atomistlarning fikriga ko‘ra, sharsimon kichik va ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga qaramay, unda jonli narsa tananing eng sodda funksiyalardan tortib to psixikaga xos xususiyat ekanligining tasdiqlanishi progressiv hol edi.
Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlar uning tabiiy olam qonunlariga bo‘ysunishini isbot qilish va uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik
tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy aloqadordir. 

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:17:53

Shu bilan birga, o‘sha davr materializm namoyandalari ega bo‘lgan ma’lumotlar yordamida kishiga xos mavhum mantiqiy tafakkur qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu kabilarni tushuntirib berish qiyin edi. Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar» aralashmasi yoki
miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratib berdi.  Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427—337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh, ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil
taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini belgilaydi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:19:12

Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga
qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384—322 yillar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya
va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixologiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan
Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi.  Sharq allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asarlarida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha yondashuvlar bilan chiqishdi.
Psixika  yuksak darajada tashkil topgan materiyaning mahsuli bo‘lib, u obyektiv olamni subyektiv aks ettiradi.

Qayd etilgan