PSIXOLOGIYA  ( 27678 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:26:41

Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko‘p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga
oshiriladi. Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolutsiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatlarning fiziologik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va
moslashuvchan bo‘la bordi. I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» (1863) asarida ongli va
ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda, hali yuzaga kelmagan natija (ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini bajaradi. Psixik jarayonlarning ahamiyati nimalardan iborat? Bu organizmning signal yoki boshqaruv funksiyasi bo‘lib, u harakatni o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuv-chan samaraga erishishini ta’minlaydi. Psixik jarayon miyaning mohiyati, uning tegishli bo‘linmalari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. 

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:28:31

Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va
ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) ta’sirlarga berilgan javobdir. 
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira yuz bergan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ularning natijalarini (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyat (histuyg‘u, iroda)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faol-
lashtirib yuboradigan va boshqa xildagi taassurotlar oqibatida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvori (temperament, xarakter va boshqalar)dagi tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariya va qoidalarni I. P. Pavlov (1849—1936) tajriba yo‘li bilan aniqlashtirdi va
tasdiqladi. U hayvonlarning, shuningdek odamlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deyiladi. Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida o‘zgarishiga olib keladi. 

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:29:37

Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I. P. Pavlov birinchi signal tizimining signallari («birinchi signallar») deb atagan signallarga amal qiladi. Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signallar tizimi
darajasida yuz beradi. Odamda ham birinchi signal tizimining signallari (aniq timsollar, tasavvurlar) uning xulq-atvorini boshqarish va yo‘naltirishda juda muhim o‘rin tutadi.  Masalan, svetoforning qizil chirog‘i haydovchi uchun signal qo‘z-g‘atuvchi bo‘lib, qator harakatlantiruvchi jarayonlarni hosil qiladi.
Natijada haydovchi tormozni bosib, mashinani to‘xtatadi. Yuqorida ta’kidlanganlarning hammasi psixikani obyektiv olamning subyektiv tarzi, voqelikning miyadagi aksi, deb hisoblash imkonini beradi.
Psixologiya psixikani o‘rganishning muayyan ilmiy vazifalariga, o‘zining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuv-chi obyektlari bo‘lgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sir-
lar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganadi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:30:50

Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variant-larini xayoldan o‘tkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan o‘zini aks
ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini izlash, tanlash, solishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs faoliyatining zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantla-
rini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi. Biologik evolutsiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati sifatida paydo bo‘lib, sifat jihatdan o‘zga-
rib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar bo‘lib yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy sharoitning izlari saqlanib qolgan bo‘ladi. Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi. Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda psixologiya faniga yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixo-
logiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo‘luvchi psixik faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari to‘g‘risidagi fandir. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi.
Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy
shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Yanvar 2011, 09:32:18

Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?

Ongning tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib chiqqan, ya’ni ong anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif — «Men» va «Men emas» degan tushunchalarni anglash. Uchinchi ta’rifi: odam-
ning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. To‘rtinchi ta’rifi: uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ongning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha o‘ziga xos jihatlari
shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishining o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta’sirlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Ongsizlikda anglanishdan farq-li o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amri mahol.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilarga «subsen-
sor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanilmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. 

Qayd etilgan