Muallif Mavzu: Bolalar tarbiyasi bilan bog'liq maqolalar  ( 11686 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Bolalar tarbiyasi bilan bog'liq maqolalar
« : 10 Dekabr 2010, 15:24:52 »
FARZANDLARIMIZ NIMALARNI KO‘RIB ULG‘AYYAPTI?

10.01.2009 15:32

Bugungi kunda kichkintoy tomoshabinlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida efirga uzatilayotgan o‘zbek multfilmlarining aksariyat qismi asosan xalq og‘zaki ijodidan olingan. Ammo hozirgi paytda xalq ertaklari asosida yaratilgan multfilmlarning kamligi, ayniqsa rus, keyinchalik G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan asarlar ko‘proq ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, shu zaminda yozilgan asarlar asosida chet mamlakatlarda tayyorlangan filmlarda talqin butunlay o‘zgarib ketgan. Bunga misol qilib aynan Samarqandda  XII Zohir Sa­mar­qandiy tomonidan  yozilgan  «Singbodnoma» ni ko‘rsatish mumkin.



Bu asar Sharq xalqlari milliy ruhida yozilgan bo‘lishiga qaramay, amerikaliklarning talqinida butunlay o‘zgarib ketgan va bu ko‘rinishida o‘zbek bolasi ruhiga sharqona yo‘nalishda singa olmaydi. Shunday jihatlarni rus xalqi ertaklari asosida tayyorlangan multfilmlarda ham kuzatish  mumkin. Botqoqlikda yashaydigan  «baqamalikalar» bolalarimiz ruhiga qanday singib ketganini yaxshi bilamiz. Endigina multfilm ko‘rishni boshlagan 2-3 yoshdagi bola ekran oldida 15-20 daqiqa o‘tira olmaganidek, multfilmlarning mazmun-mohiyatini ham yetarlicha anglamaydi. Unga ekrandagi hayvonlarning harakati ko‘proq ma’qul keladi va juda qiziqib qoladi. Bunday paytda ota-onalar multfilmlarni birgalikda ko‘rishlari, unda aks ettirilgan har bir narsaga ta’rif berib, uning harakatini sharhlashda aynan milliy va oilaviy yo‘nalishdagi ta’sirini o‘tkazib borishi kerak. Yosh bolalar bilan ota-onalarning ekran qarshisidagi birligi ular orasida masofa paydo bo‘lishining oldini oladi. Bu vaqtda bola sizning mehringizni, uning bolalik olamini his qilishingizni sezib turadi. Aslida Sharq afsonasi bo‘lgan «Oloviddinning sarguzashtlari» bugungi multfilmlarda shu qadar vahshiylashib ketganki,  Jasmin obrazidagi ayollarga xos nafosat umuman yo‘qqa chiqarilgan va tabiiyki uni ijobiy qahramon deya baholay olmaymiz. Bu multfilmni tomosha qilgan bola  qahramonlar harakatini takrorlaydi, siz bilan o‘z fikr doirasida ularni muhokama qiladi, bu esa tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishingiz uchun ayni muddao. Bu muhokamada siz ijobiy xarakterdagi qahramonlarni maqtab, unga ibrat qilib ko‘rsatasiz, salbiy obrazlarni esa qoralaysiz. Shu tariqa undagi yaxshi-yomonni ajrata olish sezgisini shakllantirishga erishishingiz mumkin.

Yodingizda bo‘lsin:

« So'nggi tahrir: 12 Dekabr 2010, 13:48:20 muallifi Kapalak »

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #1 : 10 Dekabr 2010, 15:25:49 »
—yosh bolaning multfilmni  uzoq va  surunkali tomosha qilishiga yo‘l qo‘ymang;

— bolangizning sifatsiz disklardagi rangsiz, xiralashib qolgan multfilmlarni ko‘rishidan ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Aks holda boladagi tasavvur ham tomosha qilayotgan multfilmi kabi «rangsiz» bo‘lishi mumkin.

Unutmang! E’tiborsizlik oqibatida Shrek, Monstr, Supermen kabi G‘arb mult­filmlaridagi qahramonlar bolaning xayolini  olib qochishi va uni normal hayotga qaytarish ancha  qiyinlashib qolishi mumkin. Eng achinarlisi, G‘arb multfilmlarida  «yalang‘och» hissiyotlarga katta o‘rin berilgan va buni hech ikkilanishsiz tomosha qilayotgan farzandlarimizda bolalarcha beg‘uborlik yo‘qolib, o‘rnini dag‘allik, hayosizlik egallamoqda.  Misol uchun o‘rdaklar sarguzashtidagi ona o‘rdakning o‘z ichki kiyimlarini eriga namoyish qilish epizodini olib qarang, axir bizning Sharq ayollari shunday qiladimi?

Xulosa shuki, tarbiya borasida zamonaviy imkoniyatlardan biri bo‘lmish multfilmlardan keng foydalanib, bolangizda ro‘y  berayotgan o‘zgarishlar, xarakteri yuzasidan  doimo pedagog va psixolog bilan  hamfikr bo‘lish lozim.   

Mahmud YO‘LDOSHEV,

psixologiya fanlari nomzodi

manba: http://www.marifat.uz/uzbl/manaviyat/farzandlarimiz_nimalarni_korib_ulgayyapti.mgr

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #2 : 10 Dekabr 2010, 15:47:01 »
 




Bola tarbiyasi

 Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning  
“Tuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud” nomli kitobidan olindi


 Farzand ulg’aya boshlaganda.

Al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:

Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va hay’atlarga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni laxv (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda  undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir.
        
Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan  juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #3 : 10 Dekabr 2010, 15:48:19 »
 Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini  jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir.  Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani  eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi.  Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: - “Ilmga jismning  rohati bilan erishilmaydi”.

Bolani kechaning ohirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #4 : 10 Dekabr 2010, 15:48:54 »
         
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.

“Sunan”kitoblari, “Musnadi Ahmad” va  Ibn Hibbon “Sahih” larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:
Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -“Farzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar”. (Sahih hadis)
Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: “Mening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling”, dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : “Falonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti…”, dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ uning aka-ukalari bormi?”, deb so’radilar. “ha” dedilar. “Ularning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?”, deb so’radilar.  “yoq”, deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman”, dedilar.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #5 : 10 Dekabr 2010, 15:49:29 »
Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir”, dedilar.

Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: “ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam “ Sen ular o’rtasida adolat qilmading”, dedilar.

Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yahshi korishar edi.

Manba: www.sofislom.com

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #6 : 10 Dekabr 2010, 15:54:06 »
Сеҳрли сўзлар

Тарбияли болани қандай вояга етказиш мумкин?

Хушмуомалалик - маданиятли инсоннинг муҳим хислатларидан бири ҳисобланади. Хушмуомала бўлмасдан туриб, атрофдагиларда ижобий фикр уйғотиш мушкулдир. Шу сабабли ота-оналар ўз фарзандларига ана шундай хислатларни сингдиришга ҳаракат қиладилар. Айрим болажонлар бундай талабларни осонликча қабул қиладилар, айримлари эса буни қийинчилик билан ўзлаштирадилар. Бунинг сабаби нимада? Мулойим ва хушмуомала фарзандни қандай тарбиялаш мумкин?
Ушбу мақолада айнан шу хислат ҳақида, уни болада қандай ўйинлар орқали шакллантириш мумкинлиги ҳақида тўхталиб ўтамиз. "Мулойимлик" бу қандай хислат? Ушбу хислатнинг муҳимлигини ва ижобийлигини барча бирдек тан оладилар. Аксарият ота-оналари ўзларининг ҳали кичкинагина чақалоқларини 3-4 ёшлик бўлганда, ақлли, идрокли ва хушмуомала кўринишда тасаввур этадилар. Ота-оналар ушбу тушунча остида қандай маънони тушунадилар? Барча ота-оналар мулойимлик ва хушмуомалалик каби тушунчалари борасида турлича фикр билдирадилар. Айримлари болага эслатмасдан олдин, фарзанднинг ўзи, мустақил англаган ҳолда "Ассалому алайкум", "Хайр", "Раҳмат", "Илтимос" каби сеҳрли сўзлардан фойдаланишларини истайдилар. Бошқалари шўхлик қилмасдан омма олдида ўзини тарбияли тутишларини хоҳлайдилар. Улар хушмуомалаликни шундай тушунадилар, учинчилари эса ўз боласининг урушқоқ бўлмаса, уни мулойим деб ҳисоблайдилар. Бундай фикрлар болажонларнинг ота-оналари каби жуда кўп. Ота-оналар ўз фарзандларида ана шундай салбий жиҳатларнинг йўқолишини истаб, мулойим ва хушмуомала бўлишини истайдилар. Сиз учун, фарзандингизни тарбиялашда "мулойимлик" тушунчаси деганда нимани тушунасиз? Ва сизнинг учун, болангизда кўришни истаган сеҳрли сўзларнинг йиғиндииси қандай? Ана шу саволга ўзингиз жавоб топа олсангиз, тарбиянинг Ñ‚Ñžғри йўналишини ташкил эта оласиз.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #7 : 10 Dekabr 2010, 15:54:51 »
Бола билан вояга етувчи мулойимлик

Болага қайси ёшда мулойимлик хислатларини сингдиришни бошлаш мумкин? Бир хил ота-оналар ушбу хислатни бола туғилиши билан йўргакдалигидан бошлаш лозим деб айтади, бошқаси эса ўзининг 4 ёшлик фарзандини бунга ҳали бундай хислатни сингдириш эрта, бола ҳали тушунмайди деб фикр билдиради. Аслида эса, биринчи фикр билдирган, болани туғилиши билан тарбияни бошлаган ота-оналар ҳақдирлар. Чунки бола атроф-муҳитни тез ўрганишни бошлайди, у шундай яратилган, атрофдаги ахборотни ўзининг кичкина "миячасига" босма қоғоз сингари сингдириб бораверади. Бир ёшлик давргача бўлган даврни чиндан ҳам улкан ютуқлар даври деб аташ мумкин. Бола кичкина ҳеч нарсани бажара олмайдиган чақалоқдан, атроф-муҳитни тушунадиган ва ундаги инсонлар билан мулоқот қилишни ўрганадиган бир инсонга айланади. Ва айнан шу даврда мулойимлик ва хушмуомалаликнинг илк асослари солина бошланади. Бу қандай рўй беради? Бола ҳали кичкина бўлса, ушбу асосларни қандай тушунтириш мумкин? Кичкинтой бундай хислатларни атрофдаги инсонлардан ўрганади, улар ўзаро қандай суҳбатлашишади, ана шу тарафларни бола кузатади, катталарга тақлид қилади. Мисол учун икки хил оилани таққослаб кўришимиз мумкин. Биринчи оилада икки ёш ота она бир ёшлик фарзандни вояга етказмоқдалар. Улар ўзаро мулойимлик билан суҳбатлашадилар. Бир бирларига "Илтимос", "Рахмат" сўзларидан ўринли фойдаланадилар. Фарзандларига ҳам "Илтимос анавини олиб юбор",-деб мурожаат қиладилар. Бола олиб берганида эса "Раҳмат болажоним"дейишга эринмайдилар. Овқат ейишни бошлаганда "Ёқимли иштаҳа" тилайдилар. Бола уйқуга кетишидан аввал "Яхши ётиб тургин болам",-деб мулойимлик билан ухлатишга ҳаракат қиладилар, бехосдан туртиб юборса "Болажоним кечирасан",-дея кечирин сўрайдилар.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #8 : 10 Dekabr 2010, 15:55:23 »
Иккинчи оилада эса худди ана шундай ёш оила мавжуд бўлиб, уларнинг фарзандлари ҳам ҳали бир ёшга тўлмаган бўлади. Лекин биринчи оилага нисбатан суҳбатлашиш услуби фарқ қилиб, ота-она бир бирига "Илтимос" ёки "Кечирасан" каби мулойим сўзлар деярли ишлатилмайди. Кичкинтой билан суҳбатлашганда ҳам она бундай сўзлардан деярли фойдаланмайди. "Яхши ётиб тур" тилаги ўрнига "Бўл тез ухла!" ўдағайланган сўзлар ишлатилади. "Илтимос менга бер" иборасининг ўрнига, "Тез бер дедим, ҳозир бўлмаса калтак ейсан", - деган ибора билан ўрин алмашади. Энди тасаввур этиб кўринг, қай бир оилада фарзанд мулойимликка ўрганади? Албатта биринчи оилада, бу шубҳасиз! Агарда оилада ўзаро ҳурмат ва мулойим мулоқот услуби барқарор топган бўлса, бола учун ҳам мулоқотнинг бундай тури одатий тусга айланади, бола илк ойларидан бошлаб шу яхши хислатларни ўзига сингдира бошлайди. Шу билан бирга бола тили чиққанида ҳам унинг нутқида бундай сўзлар ўрин эгаллайди. Бундай сўзлар табиий равишда, ҳеч қандай дарслар ва ҳеч қандай тарбия соатларисиз пайдо бўлади. "Болангизни қандай қилиб бундай мулойим, хушфеъл қилиб тарбияладингиз"деган саволга айрим ота-оналар, "билмадик, ўзи шундай бўлиб ўсди" дейишлари ёки "биз ўзимиз шундай суҳбатлашамиз, фарзандимиз ҳам бизга тортган" деб айтишлари мумкин. Иккинчи оилада боланинг хушҳулқ бўлиб вояга етиши аниқ эмасдир. Бола суҳбатлашишнинг бошқа турини кўрмаган, фарзандингиз ўзини шундай тутса, ундан эса, ўзингиздан ҳафа бўлинг. Боланинг ўзини бундай тутиши эса агрессив феъл-атвор кўринишини намоён этади. "Сеҳрли" сўзлар боланинг нутқидан ўрин эгалламайди. Бола бундай ҳолатда ўз ўзидан мулойим бўлиб қолмайди. Вақти келиб эса нима сабабдан уларнинг фарзандлари, катта одамни кўрганда саломлашмаслиги, хайрлашмаслиги ва "раҳмат" айтмаслигидан ҳайрон бўладилар. Боланинг бундай феъл-атворини кўрган ота-она болага жаҳл қиладилар, уни уришиб мажбурлаб айттиришга уринадилар. Аслида эса болани эмас, улар ўзларини уришишлари ва айнан ўзларининг феъл-атворини ўзгартиришлари кераклиги ҳақида ўйланиб кўришлари лозим. Ва бир кун онанинг ўз фарзандидан бошқа болага қараб "Қани манга тез бер, бўлмаса кўрасан" иборасини эшитиб қоладиган бўлса, она бироз фикр юритиб, нима сабабдан "Илтимос менга бер"деб айтмасдан, ана шу иборадан фойдалангани ҳақида онанинг ўзи ўйланиши зарур. Бола - ойна! Сиз нима қилсангиз, ўзингизни қандай тутсангиз, унинг аксини ўз фарзандингизда кўраверасиз! Шу сабабли болани мулойим ва хушфеъл қилиб тарбиялашдаги энг муҳим ва дастлабки босқич бу - катталар томонидан Ñ‚Ñžғри ва намунали феъл-атворининг намойиш қилинишидир.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #9 : 10 Dekabr 2010, 15:56:15 »
"Сеҳрли" сўзлар

Кейинги босқич - бу бола нутқида хушмуомалалик феълини намойиш этувчи сўзларнинг пайдо бўлишидир. Бола фаол тарзда ўз сўз бойлигини орттираётган пайтда, бундай сўзлар секин-аста боланинг нутқида пайдо бўлишни бошлайди. Фақат бундай сўзлар, болани ўраб тураётган муҳитда мавжуд бўлсагина пайдо бўлади. Аксинча бундай сўзларни кутавериб, ҳеч қандай натижага эришмаслигингиз мумкин. Бола атрофдагилардан шундай сўзларни эшитишни бошлаши биланоқ бу ҳолат амалга оша бошлайди. 1,5-2 ёшлик болалар бундай сўзларни талаффуз эта оладилар. Болани биринчи навбатда қайси сўзларга ўргатиш лозим? Энг аввало бу саломлашиш сўзларидир, яъни "Ассалому Алайкум". Албатта "Салом", " Қалайсиз" сўзлари ҳам ёмон эмас, лекин болани 3 ёшдан ошган даврдан бошлаб, тўлиқ "Ассалому алайкум" сўзини айтишга ўргатиш лозим. Бу боланинг тарбияли эканлигини намойиш этадиган энг биринчи ва асосий сўзлардан биридир. Бу эса бола ўша катта одамни сезганини, унга ҳурмат билан мурожаат этиш кераклигини англагани ҳам жуда катта ижобий ҳолатдир. Шу билан бирга болажонни "илтимос", "раҳмат", "кечирасиз", "хайр" сўзларига ҳам ўргатиш лозим. Уч ёшлик боланинг нутқида бу бўлиши керак бўлган энг асосий сўзларнинг йиғиндисидир. Бола ушбу сўзлар қачон айтилишини билиши ва улардан Ñ‚Ñžғри фойдаланиши лозим. Албатта аввалига болага сизнинг кўмагингиз зарур бўлади. Аста-секин бола улғайган сари унинг нутқида бундай сўзларнинг миқдори ортиб боради. Олти ёшлик бола ўз нутқида Ñ‚Ñžғри талаффуз этиб, ушбу сўзлардан ўринли фойдаланиши ижобий ҳолатдир.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #10 : 10 Dekabr 2010, 15:56:55 »
Уч ёшлик болакайлар!

Мулойим ва хушмуомала ҳулқнинг мустаҳкамланиши фақат уч ёшга яқин амалга ошишни бошлайди. Уч ёшлик бола бу ёшданги ўтиш даврини бошдан кечирар экан, вақтинча инжиқ, йиғлоқи, қайсар, баъзида эса ҳатто агрессив ҳулқлик бўлиб қолиб, атрофдагилар билан ҳам шундай муомала қилишни бошлайди. Бу даврда бола ота-онасини текшира бошлайди: чиндан ҳам мумкин бўлмаган нарса "мумкин эмасмикан"? Боланинг бундай тутиши унинг ёмон феъллилигидан ёки "бузилган феъл-атвори" туфайли содир бўлмайди, бола бундай йўл билан ўзининг мумкин бўлган доирасини белгилаб, билиб олишга ҳаракат қилади. Бола учун муҳим бўлган ушбу даврда у унга мумкин ва мумкин бўлмаган чегараларни аниқлай бошлайди. Бу хушмуомалалик билан қандай боғлиқ? Ушбу даврда эса боғликлиги ниҳоят аҳамиятлидир! Айнан шу даврда болани хушмуомалаликни намойиш этадиган сўзлардан англаган ҳолда, фойдаланишни ўргатиш мумкин, яъни "мумкин бўлган чегарани" ана шундай ижобий сўзлар билан тўлдириш лозим. Мисол тариқасида:
Болакай ўз ота-онасини феъл-атвори билан мушкул аҳволга солади. Масалан, у ўз бувисини уриши, онасига қараб "Сиз ёмонсиз!" дейиши, майдончада ўйнаганда бошқа боланинг қўлидан ўйинчоқни юлиб, олиб қўйиши ва шу билан бирга боладан кечирин ҳам сўраш кераклигини ҳаёлига ҳам келтирмайди. Баъзида эса - хушмуомалаликнинг шоҳсупасини эгаллайди. "Ойижон, илтимос менга нон беринг!", "Машина учун сизга катта раҳмат!", "Бувижон, яхши ётиб туринг!". Кўрган ва эшитганлар ҳайрон, ота-онаси эса таажубдан "Бизнинг фарзандимиз хушмуомалами? ёки ундай эмасмикан " дея Ñ‘қа ушлайди.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #11 : 10 Dekabr 2010, 15:57:14 »
Болакайнинг ўзини бундай тутиши 3 ёшлик инқироз даври учун типик саналади. Болажоннинг руҳияти бу даврда жуда ўзгарувчан бўлиб, уни истаган тарафга қарата тарбиялаб олишингиз мумкин. Ва айнан шу даврда болада Ñ‘ хушмуомала феъл-атвор, Ñ‘ бунинг акси маданиятсиз феъл-атвор барқарор топади. Ҳаммаси ота-онанинг боланинг тарбиясига қандай ёндашишларига боғлиқдир. Болани Ñ‚Ñžғри ҳулқнинг қоидаларини ўзлаштириши учун, унинг салбий ҳаракат ва қилмишларига бирдек муносабатда бўлиш керак. Масалан бола келиб бувисини уриб кетди, дейлик. Сизнинг таажуб аралаш жаҳлингиз чиқди. Бу пайтда унинг ёнига келиб "Болам, сен нотўғри иш қилдинг. Болалар бувжонисини урмайдилар" дейишингиз керак. Ундан сўнг эса боладан бувисидан кечирин сўрашига эришиш керак. Бу албатта, дарҳол юз бериб, бола бошқа бундай қилмайдиган бўлиб қолмайди. У ушбу ҳолатни яна бир неча бор такрорлаши мумкин. Ҳар сафар бирдек фикрингизни аччиқ қилмасдан тушунтиринг. Бола бундай ҳолатдан сўнг гап эшитишини билгани учун, секин-аста бу иллат йўқолиб кетади. Энг муҳими, бола Ñ‚Ñžғри иш қилганда, ўзини намунали ҳулқда намойиш этганда, уни яхши сўзлар билан мақтаб қўйинг. Боланинг бундай ёшда "қониқарсиз" ва ёмон ҳулқлик ҳолатлари кўп бўлганлиги сабабли, сабр билан иш тутишингизга Ñ‚Ñžғри келади. Агарда боланинг хулқи борасида айрим ҳолатларда койилиб, айрим ҳолатларда беътиборлик қилсангиз, у ҳолда бола онггида нима мумкин ва нима мумкин эмаслиги ҳақида аниқ чегарали ўйлар шаклланмайди. Бундан келиб чиқиб эса, боладаги хушмуомалалик хислатлари ҳам узоқ вақтгача нотурғун бўлиб, унинг қоидаларини эслаб қолмайди.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #12 : 10 Dekabr 2010, 15:57:55 »
Мактабгача ёшдаги давр болажонлари

Бола 4 ёшлик даврини босиб ўтгандан сўнг, хушмуомалалик ва мулойимлик хислатларини онгли равишда тушунишга ва уларга амал қилишни бошлайди. Ушбу даврда ҳам ота-онанинг ўз боласига намуна бўлиши, бола тарбиясидаги асосий "йўналтирувчи" ролни бажариб келади. 4 ёшдан илгариги бўлган даврдаги бола хулқидан кўра, 4 ёшдан кейинги даврда бола кузатувчи эмас, жараённинг "иштирокчиси"га айланиб бораверади. Илгари суст ролни бажарган бўлса, энди атрофдагилар билан биргаликда фаол иштирок этишни бошлайди. Энди у тақризчи ва ҳакам, яъни у ўзининг маълум ҳодисага мувофиқ фикрини гаплар билан аниқ билдиради. Мисол учун, болалар боғчасини олайлик, мактабгача ёшдаги болалар гуруҳига назар солар экансиз, у ердан болаларнинг бақир-чақир овозлари аниқ эшитилиб туради: "У мени урди, кечирин сўрашни истамаяпти", "Мен унга копток бердим, у эса менга раҳмат айтмаяпти", шу каби чақимчи ибораларни эшитиб ҳайратланасиз. Чақимчилик албатта яхши одат эмас, лекин бола бундай ёшдан бошлаб, ўзи ўрганган Ñ‚Ñžғри этик нормалар нуқтаи назаридан бошқа болаларни кузата, солиштира бошлайдилар. Нима сабабдан болалар бошқа болаларнинг камчиликларини кўрадилар, ўзлариники эса четда қолиб кетаверади? Чунки уларнинг ҳаётида янги босқич бошланган ўзи ҳақ деб билган нарсаларни солиштиришда давом этадилар. Чақимчиликка келсак, албатта бу салбий иллатлар сарасига киритилади. Лекин аслини оладиган бўлсак, бу ерда ушбу салбий хулқнинг вазифаси ўзгача: бола ўзи ўрганган ва Ñ‚Ñžғри деб ҳисоблаган хушмуомалалик нормалари чиндан ҳам Ñ‚Ñžғримикан деган савол уларни қизиқтиради. Боғча мураббийси ёки ота-онасига шу нотўғри маълумотни етказиш истаги ҳам, у учун Ñ‚Ñžғри қилишаётгани ва бола Ñ‚Ñžғри йўлдан кетаётганининг жавобини билиш унинг онгини саволларга кўмиб ташлайди. Агарда катта одам тарафидан шу болажоннинг у чиндан ҳам Ñ‚Ñžғри тушунганлиги тасдиқ топса, кичкинтойнинг хулқида ана шу Ñ‚Ñžғри тараф шаклланади. Лекин агарда катта одам болани жеркиб: "Билмайман", "Бошимни оғритма" ёки "Чақимчи бўлма" каби ибораларни айтса у ҳолда, бола ўз саволига жавоб топмай, аниқ бир фикрга кела олмайди. Ва кейинчалик у ўзини қандай тутиши, қай бири Ñ‚Ñžғри ва қай бири нотўғри эканлиги хусусида бош қотираверади.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #13 : 10 Dekabr 2010, 15:58:21 »
Айрим ота-оналарга бола 4-5 ёшлик бўлганида, 2-3 ёшлик даврида анча яхшироқ эди деб ҳисоблашади, улар икки даврни бир бири билан солиштириб, амал қилган ва билган мулойимлик хислатларини бола унутгандек кўринади, лекин бу ундай эмас. Асло ундай эмас. Агарда 2-3 ёшда бола катталарнинг суҳбатлашиш услубини кўчирма тарзида намойиш этиб келган бўлса, энди эса ушбу нормаларни бола ўз онгги орқали синаб кўриши керак. Шу сабабли боланинг ҳулқида мулойимлик ва хушмуомалалик хислатларининг вақтинча "йўқ" бўлиб қолиши кузатилиши мумкин. Ҳавотирга ўрин йўқ, вақÑ‚ ўтган сари янги босқичга ўтилади. Олти ёшга яқин даврда бола хушмуомалалик хулқини ва унинг нормаларини онгли равишда қўллашни бошлайди. Бундай мустаҳкамлаш даври учун энг қулай давр бу - беш ёшнинг якуни ва олти ёшнинг бошидир. "Чақимчилик" иллати ҳам камаяди, чунки бола қай бири яхши ва қай бири нотўғри эканлиги ўзи учун аниқ билиб олади. Бола учун у ҳақдаги атрофдигиларнинг фикри муҳим ҳисобланиб, ўзини чиндан ҳам ўзи ҳақида яхши таассурот қолдириш учун хушмуомала эканлиги намойиш эта бошлайди. Албатта, боланинг ҳар бир ютуғини олиқишлаш ва мақтовга сазовор эканлигини билдириб туриши лозим. Болага у чиндан ҳам Ñ‚Ñžғри йўналишда кетаётганини билдириб туриш даркор. Агарда бехосдан бола баъзи хатоликларга йўл қўйса ва мулойимлик қоидаларининг бирини унутса, унга бақирмасдан, секингина ва жуда мулойим тарзда шу ҳақда эслатиб қўйиш кифоя.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolalar tabiyasi bilan bog'liq maqolalar
« Javob #14 : 10 Dekabr 2010, 16:34:12 »
Бола чиндан ҳам хушмуомала бўлишини хоҳлайсизми?

Холида опа ўз қизини, 4 ёшлик кичкина қизалоғини жуда ақллик ва ёшига нисбатан катта деб ҳисоблайди. Шу сабабли у ўз қизига барча нарсани сўзлар орқали тушунтиришга ҳаракат қилади ва у билан тенгма тенг мулоқот қилишга уринади. Қизалоқ эса барча нарсани, ундан нима талаб қилинаётганини яхши тушунади ва Ñ‚Ñžғирланишга, бундай қилмасликка сўз беради, лекин барибир ўша эски муаммо қайтарилиб келаверади. Холида опя эса ҳайрон, ахир унинг қизи ҳамма нарсани тушунадику, нима сабабдан у унга айтилган нарсага амал қилмайди? Балки у атайин шундай қилаётгандир? Деган турли саволлар пайдо бўлишни бошлайди. Бундай ҳолатда ота-она олдида савол пайдо бўлади: агар бола ўзини ёмон тутиб, ёмон ҳулқини намойиш этса (саломлашишни унутиб қўйса, секин айтишни ўрнига, ҳаммани олдида бақириши), бундай ҳолатда болага бақириш мумкин эмаслигини ва мулойим айтишни қандай ўргатиш лозим, хушмуомала бўлиш муҳимлигини қандай тушунтириш мумкин? Одатда ота-оналар бундай ҳолатда тушунтириш услубидан фойдаланишади. Улар сўзлар орқали болага тушунтиришга, у "ноҳақ" эканлигини айтишга ва кейинги сафар ўзини қандай тутиш кераклигига ишонтиришга ҳаракат қиладилар. Лекин тушунтириш услуби, бола билан "катта одам сингари" суҳбатлашиш 5-6 ёшлик даврда кўп ҳам самара бермайди. Ҳа, болалар уларга нима айтилаётганини тушунишади, лекин улар амалиётда улардан Ñ‚Ñžғри фойдаланишни ҳали билмайдилар. Катта одам эса ҳар сафар бир нарсани қайтараверади, қайтараверади. Ва бу ерда ҳеч ҳам боладан ҳафа бўлиш керак эмас. Ота-оналар бу ерда бошқа турли услублар мавжудлигини билмайдилар. Ҳозир ана шундай самарали услублар хусусида тўхталиб ўтамиз. Ушбу услублар орқали сиз 3-6 ёшлик болаларда хушмуомала бўлиш хислатини ортиқча асабийликсиз ва уқувларсиз эришасиз.

 

Parda modellari bilan bog'liq Turkcha saytlar

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 7640
So'nggi javob 01 Yanvar 2011, 07:30:53
muallifi Lu`lu`
Aziz forumdoshlar, Qurbon Hayiti bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?

Muallif AnsoraBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4376
So'nggi javob 28 Fevral 2013, 13:57:58
muallifi Muxsiya
Usmonli davlati tarixi bilan bog'liq suhbatlar.

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 21910
So'nggi javob 20 Fevral 2012, 21:50:14
muallifi Sayyid90
Bola teri bilan bog'liq muammolar

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3534
So'nggi javob 07 Mart 2011, 14:40:52
muallifi Ansora
Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)

Muallif AnsoraBo'lim Pazandalik

Javoblar: 31
Ko'rilgan: 13761
So'nggi javob 14 Oktyabr 2011, 01:25:39
muallifi Chustiy