Kasallikning boshlang'ich davrida tana harorati 38-39 S gacha ko'tariladi, bo'shashish, quvvatsizlik, ishtahaning bo'g'ilishi kuzatiladi. Yo'tal qalinlashadi, burun oqishi va ko'zlar kon'yuktivlarining qizarishi kuchayadi. Har bir kasallikning aniq tashhisini faqat shifokor belgilaydi. O'zingiz hal etib, bolani davolay ko'rmang. Bu uning hayoti uchun havflidir. Qizamiq kasalligini shifokor maxsus toshmalar orqali aniqlay boshlaydi.
Kasallanishning 3-4 kuniga kelib isitma biroz pasayadi, lekin toshmalar hisobiga yana ko'tariladi. Nafas yo'llari zararlanadi. Toshmalar bosqichma bosqich davrga ega bo'lib, avval yuz va bo'yinda, ikkinchi kuni tanada, qo'llarda, uchinchi kun esa oyoqlarda vujudga keladi. Yuzlardagi esa oqarishni boshlaydi. Odatda toshmalarning aksariyat qismi yuz, ko'krakning tepa qismi va bo'yinga to'g'ri keladi.
Toshmalar noto'g'ri shaklga ega bo'lib, markazida biroz ko'tariladi. Odatda toshmalarning diametri 10 mm. dan oshmaydi, ular o'zaro qo'shilib ketish xususiyatiga ega. Toshmalarning so'nishi taxminan 3-4 kunga to'g'ri keladi, ular o'zidan keyin to'qish pigmentasiya qoldiradi, vaqt o'tgan sari toshmalarning yerida terining yupqa ko'chishi kuzatiladi.
Qizamiqning tipik belgisi bu kon'yunktivit, aksariyat hollarda yiring tabiatiga egadir. Ertalabki paytda shu sababli kipriklar bir biriga yopishib qolishi kuzatiladi. Yiringli infeksiyaning qatlamlanishi o'pka shamollashini ham keltirib chiqarishi mumkin. Og'ir asorat sifatida markaziy nerv tizimining zararlanishi sanaladi, lekin bunday holatlar juda kam uchraydi.
Bolani har qanday holatda shifokor nazoratidan o'tkazing. Aniq tashhisni faqat u belgilaydi. Bolani doim toza havoda sayr ettiring. Sifatli va turli-tuman oziq ovqatlar bilan taomnomasini boyittiring. Uning immuniteti baquvvat bo'lsa aksariyat kasalliklardan yiroq bo'ladi.