Kuyish  ( 7003 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:16:04


Куйиш
Одатда қайноқ сув, сут ёки иссиқ овқат билан боланинг куйишида катталарнинг бесътиборлиги натижасида вужудга келади. Оғриқни камайтириш учун куйган жойни совуқ сув остига ботиришингиз мумкин. Боланинг нозик терисида бир зумда пуфак ҳосил бслиши мумкин, уни зинҳор ёриш мумкин смас! Куйган жойга ҳеч қандай суртма суртманг, упалар сепманг. Куйган ер қанчалик катта бслса, шунчалик боланинг аҳволи оғирлашади. Агарда куйиш жароҳати оғир бслса ва унинг катталиги бола кафтидан ортиқ бслса, у ҳолда зудлик билан "Тез ёрдамни" чақиринг. Улар келгунга қадар боланинг куйган ерига тоза дока, тоза дазмолланган салфетка ёки чит мато билан ёпиб қсйинг. Болани сраб, унга ксп суюқлик ичиринг.

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Dekabr 2010, 22:30:25

 :as:
Hudo ko'rsatmasin agar bolajonlarning biror bir joyi kuyib qolsa kuygan joyga g'oz yog'i yoki bo'lamasam oblepiha(do'lana) moyini surish ham og'riqni qoldirib terining tezroq tiklanishiga yordam beradi.Faqat bir narsani esda tuting bu faqat unchalik og'ir bo'lmagan kuyishlarda ishlatiladi. Agar kuyish darajasi katta bo'lsa unda doktorga zudlik bilan murojat qilishingiz lozim.

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2010, 15:19:05

Jiyanim qattiq kuygandi. Doktorlar bir joygacha yordam bera olishgan. Ayajonim shunda g'oz yog'ini eritib tinmay surtganlar. Jiyanim Allohni izni bilan tuzalib, dog'lari ham kam qolgan.

Kuyish-eng jiddiy xolatlardan biri, chunki bolani ich organlari biz sezmagan holda qattiq ta'sirlanishi mumkin. Shuning uchun hurmatli ota-onalar, kasallikni tuzatgandan ko'ra oldini olgan afzal, deganlariday, iltimos bolalarimizni aslo kichik yoshlarda qarovsiz qoldirmaylik. Ularga eng boshdan issiqdan uzoq turishlari kerakligini uqtiraylik!

Qayd etilgan