Maishiy ximiya vositalari orqali zaharlanish - juda havfli hisoblanib, bular orasida aseton, naftalin yoki bo'lmasa kemiruvchi hayvonlarga qarshi bo'lgan dori vositalaridir. Bunday holatda bolaga juda tez ravishda tez yordamni chaqirish zarur. Yuqorida keltirib o'tilagan vositalardan farqli o'laroq, kosmetika vositalari, oyoq kiyim uchun mo'ljallangan krem, siyoh, akvarel' va moy bo'yoqlar, parafin sha'mlar, soqol olish uchun mo'ljallangan kremlar, shampun' kamroq toksik xususiyatga egadir. Lekin har qanday maishiy vositalar orqali zaharlanganda, bolada sun'iy qusishni amalga oshirish kerak. Buning uchun barmog'ingiz bilan ehtiyotkorlik bilan tilning asosiga bosing. Ko'p miqdorda suv berib, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishingiz zarur.
Dori vositalari orqali zaharlanish - zaharlanishning juda havfli turlaridan biri hisoblanadi. U bolaga juda qizishib ketish yoki holsizlik, bexosdan vujudga kelgan chuqur uyqu, nafas olishning buzilishi yoki yurak faoliyatining o'zgarishi bilan o'zini namoyon etadi. Tibbiy yordam juda tez ko'rsatilishi lozim! Agar bola hushida bo'lsa, zudlik bilan unda sun'iy qusishni amalga oshiring. "Tez yordamning" kelguniga qadar, boladan aynan qaysi dorini ichib yuborganligini va qay miqdorda iste'mol qilganligini aniqlashga urinib ko'ring (buning uchun dori idishini kuzatib ko'ring, ichida qancha bo'lishi kerak va qay miqdori etishmayotganligini, o'zingiz taxmin qilib, chamalab qo'ying).
Yuvish vositalari va kislotalar bilan zaharlanish - ushbu turlar bilan zaharlanish og'iz, tomoq, halqumda kuchli va keskin og'riqni, lablarning shilliq qatlami, og'iz bo'shlig'i va hiqildoqning shishishini keltirib chiqaradi. Zudlik bilan bolaga ko'p miqdorda suv bering. Agarda zaharlanish kislotalar bilan ro'y bergan bo'lsa (uksus yoki boshqa kislota), ularning kuchini kesish uchun soda solish mumkin (bir stakan suvga1 choy qoshiq soda); agar yuvish vositasi bo'lsa, suvni oz miqdorda nordonlashtiring (limon soki, uksus, limon kislotasi). Kuchli zaharlanishda har bir daqiqa sanoqlidir! Biringiz bolaga yordam ko'rsatsangiz, ikkinchingiz zudlik bilan "Tez yordamni" chaqiring yoki bolani kasalxonaga olib borish uchun transportni hozirlang.