Nega olimlar Xudo va o'limdan keyingi hayotga ishonishmaydi?  ( 26800 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


UzMuslim  13 Dekabr 2010, 10:10:03

Hop  Akam uzur unda.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Dekabr 2010, 14:29:59

Assalomu Alaykum.

Biz forumning boshqa bo'lim va mavzularida bahs qilib yuribmiz-ku, aslida bahstalab mavzu shu ekan.

Lekin bahsning bizga kirib kelgan arab tilidagi ma'nosi "qidirish" ma'nosida tushunib, mavzuni davom ettirsak, Insha Alloh foydali bo'ladi. Chunki ilm "bahs - qidiruv, o'qish" bilan hosil qilinadi, "bahs - munozara, tortishuv" bilan emas. Tortishayotgan odamning maqsadi o'z fikrini isbotlash bo'lsa, agar mag'lubiyatga uchrasa ham, fikrida o'jarlik bilan turib oladi.

Shunday ekan, Allohdan ushbu mavzuda to'g'ri yo'lga hidoyat qilishini so'rab, o'zaro savol-javob bilan chigalliklarni yechishga harakat qilamiz.

AbdulAziz aka, bir savol men uchun mavhum-da... Dunyo olimlari tomonidan ruh jism vafot etgach, boshqa tanaga ko`chib o`tishi isbotlangan.

Mening bilishimcha ruhning boshqa tanaga ko'chib o'tishi u yoqda tursin, uning borligi ham haligacha isbotlanmagan. Agar adashayotgan bo'lsam, buni isbotlagan olim(lar)ning ism sharifi va ilmiy ishini ko'rsatib o'tsangiz yaxshi bo'lardi.

Ruhning boshqa tanaga ko'chib o'tishi haqidagi e'tiqod botil e'tiqodlardan bo'lib, Hindistondagi buddizm va braxmanizm dinlarida keng tarqalgan. Islomiy yurtlarning aholisiga Hindistonga Islom fotihlari kirib borgandan keyin ba'zi ko'rinishlari kirib kelgan. Bu e'tiqod "tanosux" deb ataladi va bir kishining ruhi boshqa kishiga ko'chib o'tishi haqidagi asos tushunchani o'z ichiga oladi. Menda 2 yil oldin bir manba bor edi, shu mavzuni ochib bergan. Agar shuni topa olsam, Insha Alloh shu yerga qo'yarman. Lekin biz bilishimiz kerak bo'lgan jihat - o'zini musulmon deb biluvchi kishi boshqa din va e'tiqodlardan kirib kelgan turli botil fikr va gaplarni, uni kim aytgan bo'lishidan qat'i nazar rad qilishi hamda o'zining e'tiqod manbai sifatida Qur'on va Hadisnigina tan olishi shartdir.

Ruh bor. Lekin uning kayfiyati bizga ma'lum emas. Dalilini birodarimiz mana bu postida keltiribdilar: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5358.msg285861#msg285861

Biz shunday e'tiqod qilamiz. Bu e'tiqoddan bexabar bo'lgan muslim birodarlarimizni ham shunday e'tiqod qilishga da'vat qilamiz. Xususan, Bek aka nikidagi forumdoshimizni ham.

Agar bu bo'yicha savollar bo'lsa, Insha Alloh davom ettiramiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Dekabr 2010, 14:52:46

Yaqinda Nature jurnalida chop qilingan "Leading scientists still reject God" nomli maqolani o'qib hayron qoldim.
Unda ko'rsatildan statistik ma'lumotlarga qaraganda 1998-yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra AQSH olimlarining faqat 7%igina Xudoga ishonishar ekan. Hammasidan qizig'i biolog olimlar bu borada eng kam ko'rsatkichga ega ekanlar - 5.5%

Bunday o'ylab qaraganda aslida olimlar tabiatni o'rgangan sari uning cheksizligi, murakkabligi, go'zlalligi va h.k sifatlarini ko'rib yaratuvchiga yanada ko'proq iymon keltirishlari kerak. Lekin, hayotda esa buning aksini kuzatayapmiz...

Bu borada forumdoshlarning qanday fikrda ekanliklari juda qiziq. Nima deb o'ylaysiz? Nega olimlar orasida bunday holat yuzaga kelgan?

PS.: Yuqorida tilga olingan maqolani ingliz tilida quyidagi manzilda o'qishingiz mumkin: http://www.stephenjaygould.org/ctrl/news/file002.html

Bir narsani boshidan ta'kidlab o'tish kerak: Hidoyat Allohdan. Agar Alloh hidoyat bermas ekan, u dunyoning 1-raqamli olimi bo'lsa ham o'zining bir ojiz banda ekanligini tushunib yetmaydi va shu botil tushunchasi - Allohni yo'q deb bilishda davom etaveradi. Lekin Alloh unga hayotida bir marta bo'lsa ham O'zining bor ekanligini bildirib, buni isbotlovchi hujjatlar yuboradi, shundan keyin ham haqqa bo'ysunmagan odamni qanday jazolashni Alloh O'zi biladi.

Dunyoviy olimlarni, xossatan biolog olimlarni aldab qo'ygan holat- ularning o'ta moddaparast(materialist) bo'lib ketganidir. Ular ozgina yutuqqa erishishsa, bu bilan kibrlanib, Yaratuvchi borligini inkor qilishadi, aksincha o'zlarini Yaratuvchi deb hisoblay boshlashadi. Aslida biror ishni oxirigacha eplay olmasliklarini tan olishmaydi. Masalan, o'sha biolog olimlarning qilgan ishlari - klonlashtish. Ular bir necha yil oldin Doli laqabli bir qo'yni klonlash orqali tug'dirishgan edi. O'shanda rosa shov-shuv ko'tarishdi, "Mana endi odamni ham yaratamiz (!)" deyishgacha borishdi. U klon qo'y esa tabiiy nafas olishga ham qodir emasdi. Oxiri o'ldi. Qizig'i o'limi unchalik shov-shuv bo'lmadi. Chunki Yaratuvchilikni da'vo qilgan "olimlar" qovun tushirishgandi.

Mana shunday - qilgan ishlarida mukammallikdan asar ham bo'lmagan "olimlar"ning Allohga ishonmasliklari hech ham ajablanarli emas. Ularni shayton dunyo hayotiga qiziqtirib, aldab qo'ygan. Shu sababli bu mukammal olamni har bir nuqtasigacha hikmat bilan yaratgan Qodir, Hakiym, 'Aliym bo'lgan Zot - Allohga iymon keltishdan ularning kibr va manmanliklari to'sib qo'ygan.

Xo'sh, biz - Islomni o'zimizning dinimiz, tavhidni bayrog'imiz deb biladiganlar nima qilishimiz kerak? Bizga Rosululloh :sw:, sahobalar  :ra:, va ularga yaxshilik bilan ergashgan tobe'inlar o'rnakmi? Yoki hatto ba'zilarining ota-onasining ham tayini bo'lmagan o'sha G'arb olimlarimi? Musulmon kishi tarozini to'g'ri qo'yishni bilmog'i kerak. Biz o'lchov sifatida dinsiz, moddaparast olimning gapini emas, balki Robbimiz - Allohning Kalomini, o'zimiz e'tiqod qiladigan din payg'ambari - Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini olishimiz kerak.   

Bir olim (haqiqiy - din olimi) mana shunday haqni tan olmaydigan, kibrli insonga qarata aytgan ekan: "Avvaling haqir bir nutfa(suv), oxiring chirigan jasad. Bu ikkalasining o'rtasida (dunyo hayotida) ichi to'la axlat bo'lgan bir qop bo'lsang, nega kibrlanasan?!"

Bizning bu olimlarga qarata aytadigan gapimiz shu. Hidoyat Allohdan. Alloh ularni ham hidoyat qilsin.

Allohdan hidoyat va tavfiq so'raymiz.

Qayd etilgan


Bek aka  13 Dekabr 2010, 15:29:22


Ruh bor. Lekin uning kayfiyati bizga ma'lum emas. Dalilini birodarimiz mana bu postida keltiribdilar: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5358.msg285861#msg285861

Biz shunday e'tiqod qilamiz. Bu e'tiqoddan bexabar bo'lgan muslim birodarlarimizni ham shunday e'tiqod qilishga da'vat qilamiz. Xususan, Bek aka nikidagi forumdoshimizni ham.

Agar bu bo'yicha savollar bo'lsa, Insha Alloh davom ettiramiz.

Avvalo batafsil yozgan fikrlaringiz uchun katta rahmat. Da'vat uchun ham. Ruhning borligi isbot qilinmagan deganimda ilmiy jihatda isbotlanmaganligini nazarda tutgan edim. Agar uning mavjudligiga diniy tarafdan yondashsak unda uning borligiga shunchaki ishonishimiz, iymon keltirishimiz kerak xolos, zero u Qur'onda tilga olingan va o'zini musulmon deb bilgan kishi so'zsiz/shubhalarsiz unga ishonishi kerak. Afsuski, bu imliy tarafdan uni bor deb xulosa chiqarishga yetarli bo'lmaydi...

Qayd etilgan


Bek aka  13 Dekabr 2010, 16:14:12

Bir narsani boshidan ta'kidlab o'tish kerak: Hidoyat Allohdan. Agar Alloh hidoyat bermas ekan, u dunyoning 1-raqamli olimi bo'lsa ham o'zining bir ojiz banda ekanligini tushunib yetmaydi va shu botil tushunchasi - Allohni yo'q deb bilishda davom etaveradi. Lekin Alloh unga hayotida bir marta bo'lsa ham O'zining bor ekanligini bildirib, buni isbotlovchi hujjatlar yuboradi, shundan keyin ham haqqa bo'ysunmagan odamni qanday jazolashni Alloh O'zi biladi.

Bilasizmi men nimani tushuna olmayman, nega ularni Alloh iymonli qilib yaratmagan? Nega ularga hidoyat bermaydi? Nega Alloh ularning taqdirini bila turib, yana sinashda davom etadi? Axir Alloh hamma narsani, xususan kelajakni to'liq biladiyu? O'sha olimning kelajagini bilib turgan holda unga o'zining borligini isbotlovchi hujjatni jo'natishning nima keragi bor... Axir bu hujjatga u odam qanday munosabatda bo'lishini oldindan biladiyu?


Dunyoviy olimlarni, xossatan biolog olimlarni aldab qo'ygan holat- ularning o'ta moddaparast(materialist) bo'lib ketganidir. Ular ozgina yutuqqa erishishsa, bu bilan kibrlanib, Yaratuvchi borligini inkor qilishadi, aksincha o'zlarini Yaratuvchi deb hisoblay boshlashadi. Aslida biror ishni oxirigacha eplay olmasliklarini tan olishmaydi. Masalan, o'sha biolog olimlarning qilgan ishlari - klonlashtish. Ular bir necha yil oldin Doli laqabli bir qo'yni klonlash orqali tug'dirishgan edi. O'shanda rosa shov-shuv ko'tarishdi, "Mana endi odamni ham yaratamiz (!)" deyishgacha borishdi. U klon qo'y esa tabiiy nafas olishga ham qodir emasdi. Oxiri o'ldi. Qizig'i o'limi unchalik shov-shuv bo'lmadi. Chunki Yaratuvchilikni da'vo qilgan "olimlar" qovun tushirishgandi.

Mana shunday - qilgan ishlarida mukammallikdan asar ham bo'lmagan "olimlar"ning Allohga ishonmasliklari hech ham ajablanarli emas. Ularni shayton dunyo hayotiga qiziqtirib, aldab qo'ygan. Shu sababli bu mukammal olamni har bir nuqtasigacha hikmat bilan yaratgan Qodir, Hakiym, 'Aliym bo'lgan Zot - Allohga iymon keltishdan ularning kibr va manmanliklari to'sib qo'ygan.

Men kelajakda u olimlarning klonlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishiga ishonaman. Har qanday tajriba darrov ijobiy natija bermaydi. Edison elektr lampani yaratish uchun minglab natijasiz tajriblar o'tkazganini eslang...
Lekin, klonlashtirish "odam yaratish" degani emas. Bu Yaratuvchining borligini inkor qilmaydi. Qila olmaydi ham.

Xo'sh, biz - Islomni o'zimizning dinimiz, tavhidni bayrog'imiz deb biladiganlar nima qilishimiz kerak? Bizga Rosululloh :sw:, sahobalar  :ra:, va ularga yaxshilik bilan ergashgan tobe'inlar o'rnakmi? Yoki hatto ba'zilarining ota-onasining ham tayini bo'lmagan o'sha G'arb olimlarimi? Musulmon kishi tarozini to'g'ri qo'yishni bilmog'i kerak. Biz o'lchov sifatida dinsiz, moddaparast olimning gapini emas, balki Robbimiz - Allohning Kalomini, o'zimiz e'tiqod qiladigan din payg'ambari - Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini olishimiz kerak.    

Bir olim (haqiqiy - din olimi) mana shunday haqni tan olmaydigan, kibrli insonga qarata aytgan ekan: "Avvaling haqir bir nutfa(suv), oxiring chirigan jasad. Bu ikkalasining o'rtasida (dunyo hayotida) ichi to'la axlat bo'lgan bir qop bo'lsang, nega kibrlanasan?!"

Bizning bu olimlarga qarata aytadigan gapimiz shu. Hidoyat Allohdan. Alloh ularni ham hidoyat qilsin.

Allohdan hidoyat va tavfiq so'raymiz.

Albatta dinsiz, meterialist g'arb olimlarining fikri biz uchun o'rnak bo'lishi kerak degan fikrdan men ham yiroqman. Lekin, ular faoliyatining mahsulidan biz kundalik hayotdan deyarli har kuni foydalanamiz. Agar ular bo'lmaganida hozir uyingizni yoritib turgan lampochka, mana bu forumni o'qish va unda qatnashish uchun ishlatayotgan kompyuteringiz va hokazo buyumlar bo'lishi ehtimol umuman bo'lmas edi... Shuning uchun ularning dinsiz bo'lgani ham bir tomondan yaxshi bo'lsa kerak deb o'ylayman. Agar ular hamma ham

Iqtibos
Инсоннинг ҳамма нарсаси чеклангандир. Жумладан, ақли, идроки ҳам маҳдуддир. У ақли, идроки доирасидаги ишлар ила шуғулланиб, ундан ташқаридаги нарсалар хусусида беҳуда бош қотирмаслиги керак.

deb o'tirganida biz haligacha oddiy kasalliklardan o'lib ketaverar edik.

Ayrim hollarda o'ylanib qolaman, dinsiz, materialist, ateist boshqacha aytganda kofir odam o'ylab topgan, yaratgan narsalar va ulardan foydalanish musulmon kishi uchun halol bo'ladimi yoki yo'qmi..?

Qayd etilgan


JaviK  13 Dekabr 2010, 16:24:39

Ruhiy ozuqani bilishdai oldin ruh o‘zi nima ekanini bilib olishimiz kerak. O‘tgan payg‘ambarlarga qavmlari ruh nima degan savolni qo‘yishgan. Insoniyatni ilk zamonlaridanoq eng qiziqtirgan narsalardan biri ruh masalasi edi, lekin hech qachon odamzot bu masalada biron-bir aniq bilimga ega bo‘lmagan. Xossatan Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, oldilariga ham yahudiylar kelib: «Ey Muhammad, sen rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang, bizga javob ber, ruh nima?» deb so‘rashgan. Bo‘nga javoban Isro surasining 85-: «Ey Muhammad, sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh faqat Rabbimning ishidandir». Sizlarga esa oz ilm berilgandir» oyati nozil bo‘ladi. Yahudiylar buni eshitib; «Ha, sen to‘g‘ri gapni aytding, avvalgi payg‘ambarlar ham qavmlariga shu javobni aytishgan. Lekin baribir biz senga imon keltirmaymiz, deb chiqib ketishgan. Demak, hatto payg‘ambarlar ham bu masalani bilishga ojiz ekanlar. Endi shu ruh o‘zi qaerdan keldi, degan savolga Qur’on shunday javob beradi: «U (Alloh) insonni (ya’ni, Odamni) dastavval loydan yaratdi... So‘ngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga O‘z (dargohidagi, ya’ni, O‘zi yaratgan) ruhidan kiritdi...» (Sajda surasi 7—9-oyatlaridan). Ma’lum bo‘ldiki, ruh Alloh tarafidandir. Uning aslini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Modomiki ruh Alloh tarafidan ekan, uning ozuqasi ham Alloh tarafidan bo‘lishi tabiiydir. Shu ozuqani U Zot payg‘ambarlari vositasida, ilohiy kitoblar orqali yuborgan.

Siz oddiy bir ummat bo`la turib, yana Qur`ondan boshqa dalil qidiryapsiz. Agar Alloh hohlamaganida siz hozir kopm nima ekanligini bilmay o`tardinnggiz

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Dekabr 2010, 16:28:38

Yaqinda Nature jurnalida chop qilingan "Leading scientists still reject God" nomli maqolani o'qib hayron qoldim.
Unda ko'rsatildan statistik ma'lumotlarga qaraganda 1998-yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra AQSH olimlarining faqat 7%igina Xudoga ishonishar ekan. Hammasidan qizig'i biolog olimlar bu borada eng kam ko'rsatkichga ega ekanlar - 5.5%

Bunday o'ylab qaraganda aslida olimlar tabiatni o'rgangan sari uning cheksizligi, murakkabligi, go'zlalligi va h.k sifatlarini ko'rib yaratuvchiga yanada ko'proq iymon keltirishlari kerak. Lekin, hayotda esa buning aksini kuzatayapmiz...

Bu borada forumdoshlarning qanday fikrda ekanliklari juda qiziq. Nima deb o'ylaysiz? Nega olimlar orasida bunday holat yuzaga kelgan?

PS.: Yuqorida tilga olingan maqolani ingliz tilida quyidagi manzilda o'qishingiz mumkin: http://www.stephenjaygould.org/ctrl/news/file002.html

 :bsm: Shaxsiy fikrlarim:

Shu postni o'qib ko'z oldimga kelgan narsa shu bo'ldi. Odam va Shayton.

Bu ikkisi Ollohning huzurida qanday holatda turganligini, Ollohning kitobni o'qiyotganimda qanday tasavvur qilgan bo'lsam ayni damda ham shunday tasavvurimdan o'tdi.

Va bir paytning o'zida ota -bobolarimizdan qolgan bir ajoyib naql ham ko'z oldimda keldi. "Olim bo'lma, odam bo'l." Bu yerda olim kim-u, odam kim ekanligini anglab yetsak kifoya.

Iymonsiz kishi bo'lmas. Ollohning mavjudligiga, olamlar Yaratguvchisi borligiga ishonmasalar ham, baribir nimagadir "ular" ishonishadi. Demak ularda ham iymon bor. Yagona Ollohga ishonishmasa ham Ollohga tegishli nimagadir ishonishadi.

Shu o'rinda adminning fikrlariga qo'shilaman. U kishi aytganlaridek, ularning hidoyatlariga qalblaridagi qin va adovat to'sqinlik qiladi. Ular islom haq din, Olloh borligiga ishonishsalar ham ularning qalblaridagi adovat ular hidoyat topishiga yo'l qo'ymaydi. Ular bilan qanday hisob - kitob qilishni esa Yagona Tangrining o'zi biladi.

Bek aka, Bilishimcha, Shayton olim bo'lgan. Olim bo'lganda ham olimlarning olimi bo'lgan. Haliyam u olimdir. Olloh huzuridagi farishtalar ichidagi Ollohga eng yaqini va eng ilmlisi Shayton bo'lgan. Mana shu ilmi uni kibrga berilishiga sabab bo'lgan. ...

Qayd etilgan


Bek aka  13 Dekabr 2010, 18:00:20

Men kelajakda u olimlarning klonlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishiga ishonaman.
Allohdan qo'rqing!

Nega? Kelajakda klonlashtirishning amalga oshirilishiga ishonsam buning nimasi yomon?


Bilasizmi men nimani tushuna olmayman, nega ularni Alloh iymonli qilib yaratmagan? Nega ularga hidoyat bermaydi? Nega Alloh ularning taqdirini bila turib, yana sinashda davom etadi? Axir Alloh hamma narsani, xususan kelajakni to'liq biladiyu? O'sha olimning kelajagini bilib turgan holda unga o'zining borligini isbotlovchi hujjatni jo'natishning nima keragi bor...
Bunday deyishga Allohdan qo'rqing!

Nega? Tushunmayotgan bo'lsam aybim nima?


Agar ular bo'lmaganida hozir uyingizni yoritib turgan lampochka, mana bu forumni o'qish va unda qatnashish uchun ishlatayotgan kompyuteringiz va hokazo buyumlar bo'lishi ehtimol umuman bo'lmas edi... Shuning uchun ularning dinsiz bo'lgani ham bir tomondan yaxshi bo'lsa kerak deb o'ylayman.
Allohdan qo'rqing!

Xo'p.



Shunday ikir chikirlarni bilmoqchi ekansiz, shunchalik oshib ketdimi ilmingiz? Boshqa asosiy farzlar turib, mayda, odamni adashishlikka olib boruvchi mulohazalar bilan o'ralashib qolmadikmi? Bajaryapmizmi musulmonning asosiy vazifalarini?

Habib, bu savollar men uchun ikir-chikirlar emas, ko'pdan buyon o'ylantiradigan, juda qiyin savollar... Ilmim Allohga shukr, yetarlicha. Din tarafdan ham, dunyoviy ilmlardan ham. Musulmonlik vazifalarni bajaroyotganligim yoki bajarmayotganligimni esa sizga bildirishim shart emas deb o'ylayman.

Olimlarni olim deyishga uyalaman deb yozdingiz, siz birorta olimni taniysizmi? O'qiganmisiz mashhur olimlar haqida? Chet el olimlarining ko'pchiligi Islom dinini qabul qilgan. Vallohu A'lam. Bizning  olimlar, ulamolarimiz haqida yomon fikrda bo'lish yahshimas. Alloh ularning olim bo'lishini iroda qilgan, siz bo'lsa buni ustidan kulyapsiz deyarli. Demak Allohning irodasidan norozisiz?
Ozgina mulohaza qiling.
Gaplarim qattiq bo'lgan bo'lsa aybga buyurmang.

O'ylab gapirayapsizmi, Habibbek?  Qanaqasiga Allohning irodasidan norozi bo'larkanman? Men olim deganda dunyoviy ilmlarni o'rganayotgan olimlarni nazarda tutdim. Menimcha buni men yozgan postlardan sezish qiyin emas..
Olimlarni ko'pini taniyman, bundan xavotir olmang. (Fan nomzodi unvonini olish oson bo'lmagan. :) ) O'zimizning olimlar ichida ham ateistlar yetarlicha. Lekin ko'pchiligi agnostiklar (shubha qiluvchilar).
Ulamolar haqida esa yomon fikrda emasman. Bu yaxshi emasligini ham yaxshi bilaman.

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2010, 18:10:35

Mavzuga aralashganim uchun uzr.
Menimcha forumdoshlar bir-birlarini to'liq tushunib yetmayabdilar.

Qolaversa mavzuni nomi ham biroz noto'g'ri qo'yilgan, nima uchun shunday, yoki shunday bo'lishi yaxshimi, degan xulosa chiqyabdi o'qiganimda.

Nega olimlar Xudo va o'limdan keyingi hayotga ishonishmaydi? -der ekansiz, ishonmasliklarida jon bor, degan ma'no ham kelib chiqyabdi.

Bir-birimizga javob berar ekanmiz, asosiysi iymonimiz kuchaysin-da, bo'lmasa behudaga vaqt ketkazib, dilimizni og'ritib gunoh ishlaganimiz qoladi holos...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  13 Dekabr 2010, 18:21:26

Bek aka даставвал сизга Ақийда илмини схши сзлаштиришни тавсис қиламан.
Ҳозир сизга баъзи маълумотларни тақдим қиламан шосд, озроқ фикрингизни сзгартирса.

Шариатнинг буйруқлари ҳикматини бандалар англайдиган ва англамайдиган турларга бслинади. Кспгина хукмларнинг фойдаси ва ҳикмати маълум бслади. Баъзи бир ксрсатмаларнинг фойдаси бандалар ксзига ксринмаслиги ва ҳикмати ақлига билинмаслиги мумкин..
Мисол учун намозни оладиган бслсак, унинг фойдаси, ҳикмати ҳаммага маълум ва машҳур. Аммо, нима учун Бомдоднинг фарзи икки ракаат ва Лешинники тсрт ракаат сканининг фойдасини ҳам ҳикматини ҳам ҳеч ким билмайди. Биров бунинг сабабини ссрамайди. Амрга бсйсиниб амал қилаверади.
Бу каби бандага фойдаси ва ҳикмати ошкор бслмаган шариат ишлари "таъаббудий" амаллар деб аталади. Яъни фақат ибодат учун, шариат буйруғи бслгани учун бажариладиган ишлар, дегани.

А­нди сиздаги холат ҳам шундай-ки, ақлингизга шайтон васваса солиб, "Хақ Таоло ҳамма нарсани олдиндан билса, шуни нима қиларди қилиб" деган хаёлни келтирспти.
Сиздагинга схшаш ҳолатлар саҳобалар хаётларида ҳам содир бслган. Яъни, уларнинг ҳам ақлиларига шайтон турлик йсллар билан таъсир стмоқчи бслиб васваса қилган.

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Лайғамбар саллоллоҳу алайҳи васаллам:
 «Шайтон бирингизга келиб «Буни ким сратди? Уни ким сратди?» дейди. Ҳаттоки «А оббингни ким сратди?» ҳам, дейди. Қачонки, шунга етганда, у Аллоҳдан паноҳ ссрасин ва бас қилсин», дедилар».
Учовлари ривост қилган.

Бу ҳадиси шариф мсмин кишига васваса зарар қилмаслиги ҳақидаги гапни тасдиқлаш учун келтирилган.
Ушбу ҳадиси шарифда инсон хаёлидан кечадиган баъзи васвасалар шайтондан сканлиги баён қилинмоқда. Шу билан бирга сша шайтон васвасасини қайтариш йсли ҳам ксрсатилмоқда.
Шайтон Одам Ато билан сзи орасида бслиб стган машҳур можорадан бери одам боласига душман. У Қиёмат кунигача одамизотни васваса қилишга қасам ичган. Шунинг учун ҳам, инсон ҳаргиз бу лаънатланган душманини унутмаслиги керак.
Гоҳида хаёлига келиб қоладиган васвасали фикрлар, «уни ким сратган, буни ким сратган каби саволлар бора-бора «А оббингни ким сратган?» каби телба фикрга олиб келиши ҳам турган гап.
Шунинг учун мазкур ҳолат юзага келганда дарҳол, «Аъузу биллаҳи минашшайтонир рожийм», деб Аллоҳдан паноҳ ссрасин. Ҳамда мазкур хаёлларни бас қилсин, миссидан қувсин! Шу билан иш тугайди. Ҳеч нарса ксрмагандек бслиб кетади. Акс ҳолда оқибати чатоқ бслиши мумкин.  
Ушбу ҳадисдан олинадиган фойдалар:
1. Шайтон васвасасининг ҳақлиги.
2. «Уни ким сратди, буни ким сратди?» деб бориб «А обингни ким сратди?» дейишгача бориш ҳам мумкинлиги.
3. Бундай ҳолатларда Аллоҳдан паноҳ ссраш лозимлиги.
4. Бундай саволларни дарҳол бас қилиш лозимлиги.
Сиртдан содда ксринган билан бу ҳадисда зикр қилинган масала ста муҳимдир. Васваса кишилар учун снг нозик ва снг хатарли нарса, у ақийда бобида зарар етказади. У туфайли инсон диндан чиқиб, кофир бслиши ҳеч гап смас.
Ушбу ҳадисда шундоқ катта муаммонинг ҳал стиш йсли тақдим стилмоқда. Ҳозирги кунда мусулмон оламидан ташқари васваса хасталигига учраганлар кун сайин кспайиб кетаётгани ҳеч кимга сир смас.
А уҳий ва асабий касаллар сони тинимсиз ссиб бормоқда. Бу сса ушбу ҳадиси шариф ва кейинги келадиган ҳадисларнинг ҳикматига инсонист қанчалик муҳтож сканини ксрсатади.

Биродар даставвал юқоридаги маълумотлар билан танишиб чиқинг, лозим бслса сна кераклиларини тақдим қиламиз.
Ха, айтганча, юқоридаги маълумотларни тайёрлашда юртимизда сшаб турган Шайх Мухаммад Содиқ Мухаммад Юсуф ҳазратларининг талабаларга берган жавобларидан фойдаланилди.  

Qayd etilgan