Nega olimlar Xudo va o'limdan keyingi hayotga ishonishmaydi?  ( 26795 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Habib  14 Dekabr 2010, 12:57:01

Лев Толстой - ёзувчи


Буюк рус ёзувчиси Лев Аиколаевич Толстой ҳаётининг сснгги йиллари тарихда ниҳостда чалкаш ксрсатилади. Баъзи бир манбаларда рус ёзувчисининг даҳрий бслгани ёхуд у умри охирида руҳий касалликка учрагани ҳақидаги ғалати фикрлар билдирилган. Қизиқ, қай бирига ишониш керак: Толстой даҳрийми ёки руҳий касал?
2006 йилда адибнинг ҳаётини қайтадан срганиб чиқиш учун Яснас Лолснада олимлар, адабиётшунослар гуруҳи иш бошлади. Ишнинг асосий мақсади сзини черковдан чиққан дес сълон қилган рус ёзувчисини черковга қайтариш сканини улар сширишмаганди. Аммо ҳеч нарса топишолмади, чунки бунга асос бсладиган далилнинг сзи йсқ сди.
Сарғайиб ётган варақлар орасидан сса бошқа бир саволнинг учи ксриниб қолди. «Толстой мусулмон бслганми?». А ус ёзувчиси слими олдидан қабрига хоч ҳам, бирорта тош ҳам қсймасликни васист қилган скан. Унинг қабри худди мусулмонларнинг қабрига схшаши олимлар гуруҳи томонидан айтиб стилди. Умрининг охирида ёзиб қолдирган фикрлари ва қабул қилган қарорлари Толстойнинг руҳий касал бслмаганини очиқ-ойдин ксрсатиб турибди. Адибнинг «Иқрорнома» китобидаги баъзи бир жумлалар сса «даҳрий бслган» деган фикрни ҳам асоссиз сканини исботлайди:
«Мен православ христиан руҳида чсқинтирилганман ва тарбис топганман. Болалигимдан бошлаб, кейин сса бутун ссмирлигим ва ёшлигим мобайнида мени диний руҳда тарбис қилишди. Аммо мен 18 ёшга тслиб, дорулфунуннинг иккинчи босқичини битирганимда менга сргатган нарсаларининг ҳеч қайсисига ортиқ ишонмай қолгандим».
«Мен 16 ёшимдан бошлаб ибодат қилмай қсйдим ва сз ихтиёрим билан черковга қатнашни бас қилдим. Мен болалигимдан бошлаб менга сингдирилган ақидаларга ишонмай қсйдим. Аммо нимагадир ишонар сдим, бироқ нимага ишонишимни ссз билан очиқ, равшан ифодалаб беролмас сдим. Мен Худога ишонганман, тсғрироғи, уни инкор стган смасман, аммо қанақа Худога ишонишимни айтиб беролмас сдим» (Лев Аиколаевич Толстойнинг «Иқрорнома» китобидан).
Аима сабабдан адиб «18 ёшга тслиб, дорулфунуннинг иккинчи босқичини битирганимда менга сргатган нарсаларининг ҳеч қайсисига ортиқ ишонмай қолгандим», деб айтспти? Бу савол ҳамон очиқ қолмоқда.
Бундан ташқари, «Дин — юрак. Юраксиз инсон бслмаганидек, динсиз одам ҳам бслмайди, аммо у инсон сзининг қайси динда сканини билмаслиги мумкин», деб ёзиб қолдирган ёзувчини даҳрий дейиш ақл сгалари учун кулгили туюлади.
Хуллас, Толстой умри давомида дунё динларини, хусусан Исломни синчиклаб срганган. 1884 йилга келиб бутун оила аъзолари, қариндошлари, дсстлари уни тарк стишди. Мана шу пайтдан бошлаб Толстой православ черкови томонидан қоралана бошланди. сзи бу ҳақда шундай дейди:
«Мен билан бир сътиқодда бслганингизда мамнун бслган бслардим. Адолат билан менинг ҳаётимни тушунишга ҳаракат қилиб ксринг. Ҳаётдаги бир қанча муваффақистлар — бойлик, шон-шараф, шуҳрат"¦ А­нди улар йсқ. Дсстларим, ҳатто оила аъзоларим ҳам мендан юз сгиришди. Бир қанча саховатли ва олийҳиммат инсонлар ҳам мени Гоголь сингари иродасиз, бутунлай ақлдан озган деб ҳисоблашади. Баъзи революяионерлар ёхуд радикал гуруҳ вакиллари мени ксп вайсайдиган киши ва зоҳидликка қаттиқ берилган вакил деб ҳисоблашади. Сиёсий даврадагилар ашаддий инқилобчи дейишса, православ черкови учун мен шаккок бслиб ксринаман.
Буларнинг мен учун қийинчилик туғдиришини схши биламан. Шунинг учун, илтимос, менга Муҳаммадий дес қаранг. Шунда бари схши бслади».
Яснас Лолсна, 15 март 1909 йил.
1910 йил 10 носбрда Лев Аиколаевич Толстой йслга ҳозирланган ва Яснас Лолснадан чиқиб кетган. Аммо ҳеч ким ҳали-ҳануз ёзувчининг қаерга бормоқчи бслганини аниқ айта олмайди. А сзан-Урал йсналишидаги поездда кетаётган адиб касаллик сабабли 20 носбр куни оламдан ксз юмди. Азувчининг атрофида бслганлар унинг сснгги ссзини сшитишга улгуришган: «Ҳақиқатни севаман!».

Дилшода тайёрлади.
Лостлар муаллифи : Secretman
Manba

Qayd etilgan


Bek aka  14 Dekabr 2010, 13:26:10

Habib, iltimos, mavzuga umuman aloqasi bo'lmagan narsalarni copy/paste qilishni to'xtating. Oldindan rahmat.

Yuqorida keltirgan mashhurlardan faqat Lev Tolstoyni shartli ravishda olim deb atash mumkin.  Men uning "Iqrornoma"sini juda sinchikovlik bilan o'qib chiqqanman. Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki Tolstoy hech qachon musulmon bo'lmagan. Nasroniy ham bo'lmagan. Shunchaki Nasroniy dinidan ko'ra Islom ta'limotlari yaxshiroq ekanligini tushunib yetganini yozgan xolos. Agar chindan Islomni qabul qilganida o'layotganida "Haqiqatni sevaman" deb emas, kalima qaytarib jon bergan bo'lardi.

Qayd etilgan


braupov  14 Dekabr 2010, 13:52:29

 :as:
Quydagi manbani o'qishni tavsiya etaman. 
Manba
[/quote]

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Dekabr 2010, 14:11:09

Yuqorida bo'lgan suhbat asosida olimlarning nega Xudoga (Yaratuvchiga) ishonmasliklari haqida biror aniq bir mulohaza o'qimadim.

Siz aytgan olimlarning Xudoga (Yaratuvchiga) nima uchun ishonmasliklari sababi sizga nima uchun kerak? Xo'p, ishonmas ekan, shuncha narsaga yetgan aqli, oddiy bir tosh ham o'z-o'zidan paydo bo'lmasligiga va muayyan bir yaratuvchi borligiga hatto oddiygina ko'katlar ham Yaratuvchi borligiga dalil ekanligiga aqli yetmas ekan, nima bo'pti?
Shu betavfiqlarning Xudoni tanimasligining sababini qidirishdan boshqa foydali ish yo'qmi?  

Iqtibos
Lekin, nima uchun dinlarga ishonmasliklari biroz ravshanlashgandek bo'ldi. Tushunishimcha, deyarli barcha dinlarda yuqorida gapirib o'tganimizdek mantiqqa to'g'ri kelmaydigan ziddiyatli "paradiks" holatlar uchraydi. Shu sababdan ham o'z ishida mantiq qonunlarini birinchi o'ringa qo'yuvchi olimlar diniy ilmlarga ishonchsizlik bilan qarashsa kerak, Vallohu A'lam.

Islomdagi hech qanday fikr yoki ijtihod siz o'ylagan paradoks emas. Hammasining ilmiy javobi bor. Insonlarga esa, Qur'oni karimda aytilganidek, juda oz ilm berilgan. ("Al-isro", 85)

Juda ozgina bo'lgan inson esa o'zi aqli, ilmi yetmaydigan narsalar haqida garchi Yaratgan sening ilmimg yetmaydi degan bo'lsa-da, unga burun suqadi.

Alloh taolo aytadi:
(Biz) bu Qur'onda odamlarga turli masallardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson ko'p janjal (bahs) qiluvchidir. ("Kahf" surasi, 54).

Avval ham aytildi. Hozir ham aytamiz. Alloh O'zi xohlagan kishilarni hidoyatga yo'llaydi. ("Baqara" surasi, 208).

Hidoyatda muqim bo'lganlarga Allohning salomi bo'lsin!

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 14:40:32

Alloh nasib qilgan bo'lsa qumni ko'rib ham tafakkur qilamiz, aksi holda qalb ko'zimiz yopiqligicha qolaveradi, azizlar. Bundan yana Allohga sig'inaylik...

Qayd etilgan


Bek aka  14 Dekabr 2010, 15:29:55

Shu betavfiqlarning Xudoni tanimasligining sababini qidirishdan boshqa foydali ish yo'qmi? 

Shu betavfiqlarning qilgan kashfiyotlari bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shu betavfiqlar bo'lmaganda hozir yozib turgan kompyuteringiz u yoqda tursin, u ishlashi uchun kerak bo'lgan elektr toki ham balki bo'lmas edi.
Shu betavfiqlar tomonidan rivojlantirilgan fan yutuqlarini o'zimiz va farzandlarimiz maktab, kollejlarda, universitet va institutlarda o'rganishmoqda. Shifokorlar o'sha betavfiqlar o'ylab topgan dorilar va davolash usullari yordamida qanchadan qancha odamlarning hayotini saqlab qolishmoqda...

Nega endi ular hayoti bilan qiziqish kerak emas ekan?

Menimcha forumdagi ko'p ishtirokchilarga mulohazalarim yoqmadi. Lekin, nima qilay men shundayman. Boshqacha bo'la olmayman. Shunday bo'lishim ham Allohning irodasi bilan bo'lgan. Paradoks bo'lmay nima bu?

Savollarga javob berish shart emas. Mavzuni yopib qo'ya qoling. Faqat iltimos, o'chirmang.

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 15:42:35

Haqqingizda duoda bo'lamiz inshalloh : )

Qayd etilgan


Habib  14 Dekabr 2010, 15:46:23

Bek aka, jahlingiz chiqmasin. Yoshingiz katta ekan bizdan, har holda fan nomzodi ekansiz tushunishimcha.
Kecha Musannif Adham yozgani esingizdan chiqdimi? O'sha siz aytayotgan kashfiyotchi olimlar har bir kashfiyotini Alloh bergan ilmi, zakovati bilan kashf qildiku to'g'rimi?
Endi siz savol beryapsiz, nimaga o'sha olimlarni Alloh musulmon bo'lishini hohlamadi deb? tushunishimcha. Bizni buyog'i bilan nima ishimiz bor? Biz qayerdan bilamiz? Alloh O'zi biladida kimga nima qilishni, iymonni qachon berib, qachon olishni, to'g'rimi? Siz shuni tasdiqlaysizmi?
Dunyoda shunday ajoyib, zo'r, aqlli, yahshi insonlar bor. Lekin musulmon emas. Men shunday rus millatiga mansub insonlarni bilaman, ularga faqat Islom dini yetishmaydi. Islomga kirsa, mo'min bo'ladi, qoladi shu inson. Lekin Alloh biladi kimga beradi iymon, kimga yo'q.
Ojizona fikrlarim uchun avfiyat so'rayman Rabbimdan. Alloh hammamizni iymonimizni mustahkam qilsin, musulmon qilganiga, O'ziga ibodatli qilganiga behisob hamdu sanolar, cheksiz, beado shukronalar bo'lsin.  :amn:

Qayd etilgan


Hadija  21 Dekabr 2010, 12:30:17

Shu betavfiqlarning Xudoni tanimasligining sababini qidirishdan boshqa foydali ish yo'qmi? 

Shu betavfiqlarning qilgan kashfiyotlari bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shu betavfiqlar bo'lmaganda hozir yozib turgan kompyuteringiz u yoqda tursin, u ishlashi uchun kerak bo'lgan elektr toki ham balki bo'lmas edi.
Shu betavfiqlar tomonidan rivojlantirilgan fan yutuqlarini o'zimiz va farzandlarimiz maktab, kollejlarda, universitet va institutlarda o'rganishmoqda. Shifokorlar o'sha betavfiqlar o'ylab topgan dorilar va davolash usullari yordamida qanchadan qancha odamlarning hayotini saqlab qolishmoqda...

Nega endi ular hayoti bilan qiziqish kerak emas ekan?

Menimcha forumdagi ko'p ishtirokchilarga mulohazalarim yoqmadi. Lekin, nima qilay men shundayman. Boshqacha bo'la olmayman. Shunday bo'lishim ham Allohning irodasi bilan bo'lgan. Paradoks bo'lmay nima bu?

Savollarga javob berish shart emas. Mavzuni yopib qo'ya qoling. Faqat iltimos, o'chirmang.

Bek aka nega, nima uchun kabi turli ma'nisiz, ohiratimiz uchun foyda bo'lmaydigan savollarga javob qidirguncha Alloh azza va jallaning kitobi Qur'oni karimning tafsirini o'qib tafakkur qilsangiz balki bunday savollaringizga o'rin qolmasdi?
Hidoyat va tavfiq Allohdandir!...

Qayd etilgan


Ansora  22 Dekabr 2010, 14:14:36

Bu mavzu haliyam ochiqmidi

Qayd etilgan