Laringit  ( 11452 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:27:00

Laringit kasalligini boshdan kechirish juda yoqimsiz bo'lib, bolalarda ayniqsa murakkab kechadi. Laringitning sababi yallig'lanishidir. Ushbu yallig'lanish turli sabablarga ko'ra vujudga kelishi mumkin. Masalan bu - turli viruslar, ayrim bakteriyalar, zamburug'lar va hatto chang ham, agar u ko'p miqdorda bo'lsa vujudga keltirishi mumkin.

Bolaning nozik o'sayotgan organizmi uni o'rab turgan muhitdagi viruslar bilan doim ham kurasha olmaydi. Shu sababli bizning bolalarimiz ko'p kasalliklarga chalinadilar. Laringit o'zi bilan juda jiddiy kasallikni namoyish etadi. Bolaning burun-tomoq sohasiga tushgan virus, sekin asta uning halqumigacha tushib, o'sha yerda rivojlanishni boshlaydi. Avvaliga bolaning burni oqadi, sekin asta quruq yo'tal bezovta qilishi boshlaydi. Biroz vaqtdan so'ng esa bolaning ovozi o'zgarishni boshlaydi. Nafas olish tez-tez ko'rinishni egallab, qiyinlashadi. Ayniqsa, kasallikning bunday belgilari bolani kechalari va ertalabki soatlarda bezovta qiladi. Tana haroratiga kelsak, odatda u juda baland bo'lmaydi. Juda kam holatlarda u o'ttiz to'qqiz-qirqqacha ko'tariladi.

Laringitning ikki turi mavjud. Bu - o'tkir va surunkali. O'tkir laringitning sababi odatda tananing organizm qarshilik kuchining pasayishi bilan umumiy sovuq qotish, unga bakterial yoki virus infeksiyalarining birlashishidir. Sababchi bo'ladigan omillar qatoriga quyidagilarni keltirib o'tish mumkin: xonaning chang bo'lishi, issiq va quruq havo, ovozning haddan ziyod toliqishi, surunkali ko'rinishdagi yallig'lanishning burun-tomoqda mavjudligi, burundan nafas olishning buzilishi.

Surunkali laringitning rivojlanishiga odatda doim takrorlanadigan va oxirigacha davolanib olinmagan o'tkir kasalliklar, respirator yo'llaridagi yallig'lanish jarayonlari, shu bilan birga allergik jarayonlar sabab bo'ladi.


Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:27:23

Nima sababdan shifokorlar kasallikni nazorat qilar ekanlar, uning nomlanishidan ko'p foydalanidilar. Ushbu kasallikning va uning asorati sifatida ovozning yo'qolishi sababli undan ko'p foydalanadilar. Ovozning o'zgarishi darhol seziladi. Ayniqsa bolalarda jarangdor ovozlar bir zumda, oddiy ORZ bo'lganda ham, ovoz pasayib, xirrillab qoladi. Uni farqlab olish ham jiddiy qiyinchilik tug'dirmaydi.

Ovozning o'zgarishi asosan tomoqning yallig'lanishi, natijada ovoz paylarining shishishi, aynan ovoz chiqadigan yerda bo'lganligi sababli shunday o'zgarish sodir bo'ladi.


Undan tashqari u yerdagi ovoz paylari ostidagi bog'lovchi to'qimalari shishishi natijasida ovoz pasayishi yoki xirillashi bilan bir qatorda, umuman yo'qolib ham qolishi mumkin. Agarda shunday holat yuz bergudek bo'lsa, zudlik bilan "tez yordamni" chaqirtiring. Eng muhimi, havotirga tushmang, muhimi o'z vaqtida yordam ko'rsatishdir. Ovoz hech qachon butkul yo'qolib ketmaydi. Ovozning yo'qolishi bilan bir qatorda laringospazm ham tuzaladi, yallig'lanish kamayishi bilan, ovoz paylarining shishishlari ham qaytadi.


Tomoqdagi shishishlar tezroq tuzalib ketishi uchun va ovozning o'zgarishi kamayib borishi uchun shifokor antigistamin preparatlarini buyuradi. Aynan qaysi turini esa faqat shifokor belgilaydi, o'zingiz o'zboshimchalik bilan bolaga dori bermang.

Tomoq va u yerdagi paylardagi shishishlarining qaytishida shu bilan bir qatorda ingalyaciyalar ham juda yaxshi yordam beradi. Ingalyaciyadagi nam havo, tabiiy havo oqimini yumshatadi va u tomoq-halqum sohasidagi shishishlarga ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Ingalyaciya laringitning tez tuzalishiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. U o'zining yumshoq va nam havosi bilan yallig'langan yerlarni kichkina bulutchalar misoli o'rab oladi.

Masalan bu yerda siz soda solingan ingalaciyadan foydalanishingiz mumkin yoki bo'lmasa pixta, evkalipt, sedana yog'larini tomdirib yuborish ham paylardagi shishishlarni qaytishiga ko'mak berishi mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:27:59

Eng muhimi esa unutmang, bola uchun ingalyaciya qilayotganingizda avvalo issiq suvga ehtiyot bo'ling, undan chiqayotgan bug' ham mo''tadil bo'lishi, avval o'zingizda tekshirib olishingizni yodda tuting.


Bunday ingalyaciyadan foydalanish albatta o'rinli, lekin bola bilan uni amalga oshirish uning yagona kamchiligi hisoblanadi. Eng yaxshi yo'llardan biri esa bu poliklinika yoki tibbiy muassasalardagi ingalyatorlardan foydalanishdir. U yerda sizni malakali mutaxassis kutib olishi bilan birqatorda, o'ziga xos ehtiyotkorlik choralari ham ko'rilgan bo'ladi. Faqat bir narsani unutmang, kun sovuq bo'lsa, biroz bolani olib o'tiring, avval xonadagi haroratga sekin-asta ko'niksin, uning og'zini to'sgan holda olib ketishingiz maqsadga muvofiqdir.

Laringit boshqa shamollash kasalliklari singari asosan virusli kasalliklar sarasiga kiritiladi. Odatda viruslar bilan organizmning o'zi mustaqil kurashadi. Ingalyaciya va boshqa davolanish muolajalari virus bilan kurashishni yengillashtiradi. Va bu kurashda asosiy dori vositalari bu - turli moylar, soda yoki antigistamin dori vositalari bo'lmay, asosiy "jangchilar" immunitet hujayralari hisoblanadi.


O'tkir laringitni davolashda uydagi muolajalar qatoriga ko'p suyuqlik ichish, oyoq uchun mo'ljallangan issiq vannalarni keltirib o'tish ham mumkin. Shu bilan birga ushbu kasallikni davolashda samarali vositalardan biri bu yoqimli issiq sut, asal va mineral suvlardan tayyorlangan aralashma hisoblanadi. Ushbu ichimlik bevosita iste'mol qilishdan oldin tayyorlanishi lozim.


Agarda laringitning sababi bakteriyalar yoki zamburug'lar hisoblansa, u holda shifokor nazoratidan so'ng bolaga antimikrob vositalari buyuriladi.

Maqola tayyorlanishida http://www.asdoctor.ru saytidagi ma'lumotdan foydalanildi.

manba:http://uz.bolajonim.doira.uz

Qayd etilgan