Angina  ( 4375 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Dekabr 2010, 14:18:58

Angina - tanglay murtaklarining yallig'lanishi, og'riqli shishib, tomoqda siqish hissini uyg'otadi. Ayrim bolalarning kasalliklari (masalan, qizilcha, bo'g'ma) murtaklarning yallig'lanishi bilan kechadi.
Yiringli anginaning qo'zg'atuvchisi aksariyat holatlarda streptokokk hisoblanadi.

Simptomlar

Kasallikning belgilari sifatida yutinishning og'irligi, chaqaloqlarda - emishdan voz kechish va yig'i, yuqori tana harorati (40-41 °S), og'iz bo'shlig'idan taraladigan yoqimsiz hid, tomoq sohasidagi og'riqlar, quloq sohasiga ham beruvchi og'riqlar, bosh og'riqlari, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda sanchiqsimon og'riqlar, nafas olishning qiyinlashishini keltirib o'tish mumkin. Og'iz-halqum bo'shlig'ida yaqqol ko'rinib turuvchi tanglay murtaklari, shishadilar, qizarib, yiringli nuqtalar bilan yoki bir tekis oq qoplam bilan qoplanadilar. Bo'yin va jag' osti limfotugunlari kattalashadilar va paypastlaganda og'riq hissini uyg'otadilar. Bola o'zini (yuqori harorat tufayli) og'ir his etadi va bola doim uxlagisi kelaveradi.


Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 14:20:28

Asoratlar

Agar murtaklarning yallig'lanishi atrofdagi to'qimalarga tarqalishni boshlasa va murtaklar oldida yoki uning ortida yiringli tuzilma hosil bo'lsa, u holda bola yutishi murakkablashadi. Ayrim holatlarda bola hatto og'zini ochishga qodir bo'lmaydi.

Streptokokk infeksiyasi, uning oddiy ko'rinishi ham, ko'p hollarda o'zidan keyin asoratlarni olib keladi. Ushbu kasalliklarga jiddiy nazar bilan qarashingiz va bolani o'z vaqtida davolashingiz lozim. Angina sababli yurak va buyrak, shuningdek revmatik kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo'lishi mumkin.

Davolanish

Bola hech qanday gap so'zsiz shifokor nazoratidan o'tishi lozim. U 10 kunlik antibiotik muolajasini buyuradi. Bola yuqori tana harorati bilan yotishi lozim, bu kamida - 3-4 kundir.
Bo'yin sohasiga qo'yilgan kompress bolaning og'riqdan nolishini kamaytiradi. Bolani suyuq yoki bo'tqasimon taomlar bilan oziqlantiring. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish ham yaxshi natija beradi.

Qayd etilgan