Salom saloooom!
1)Uyda kenja qizligim uchun erkaroqman. Salgina muvaffaqiyatsizlik yoki tanqidchadan ham hafa bo`lib ketaman. Arazlashim nari borsa uch daqiqa. Keyin yana apoq-chapoq bo`lib ketaveraman:)
2) Ko`p kulaman:)
3)Ko`nglimga yoqqan odamlar bilan (har doim kulib turadigan quvnoqlarni yaxshi ko`raman) rossa ko`p gaplashvoraman. Uyda esa aksincha, kamgapman.
4)Negadir to`y, oqshom, tug`ilgan kun, yig`inlarga bormayman, qarindoshlarnikigayam. (Uyalamanmi, odamoviligim tutib qoladimi...) Undan ko`ra uyda bitta o`zim qolib kitob o`qishni, xayol surishni, binnimala yozishni yoqtirman.
5)Pishiriqlar, hamirli taomlar pishirishni yaxshi ko`raman. (Vaqt bo`ganda)
6)Kichkinaligimdan Popu deb chaqirishardi, haliyam bitta ikkitasi etsa jahlim chiqadi, "Endi popumasmaaan!" deb:)
7)Odamlarga tez mehrim tushib qoladi. Birpasda yaxshi ko`rib qolaman.
8)Chaqaloqlarni, bolalarni qanchalar sevishimni tasavvur ham qilolmaysiz!
9)Jiddiy odamlar orasida yuragim siqilib, portlab ketiy deyman. 10) Telefonda gaplashishdan ko`ra sms yozishni yoqtiraman.
11)Gazetamda muhabbat sahifasida sms viktorinalar o`tkazaman, o`zimni nomerimni berib qo`yganimga bir kunda ellik martalab telefon bo`ladi. Shuning uchun har doim bezzvukka qo`yib sho`rlik sotkani sumkamga tashab qo`yaan. "Tanishilu" degan so`zni o`lgudek yomon ko`raman!
12)Badiiy kitoblar haqida gapirish sevimli mavzuim! ayniqsa Tog`ay Murod ijodi haqida:) Bitta kitobni (hajmidan qat'iy nazar) o`qishni boshlasam tugatmagunimcha uxlamayman.
13)Shu kunlarda aratorlikka qiziqib qoldim, chuqurroq o`rganishni o`ylab yuribman.
14)Uyquni yaxshi ko`raman(uyat bo`sayam) Lekin juda kech uxlayman.
15)Ko`nglim juda bo`sh. Vir va Zarani ko`rganimda doim yig`layman:)
16) Qondan qo`rqaman. Hatto suvarak, sichqonlarni ham o`ldirishni hohlamayman. Kichkinaligimda qopqonga tushgan sichqonni ko`rib rosa yig`laganman:) Bundan bir yil oldin ishdan kegunimcha qo`yimni so`yib qo`yishganda, bir hafta hech kim bilan gaplashmay, bir oy xolodilnikni ochmaganman.(Ochsam go`yo so`yilgan sho`rlik qo`yim "beeeee" deydigandek edi)
17)Quyon boqqim keladi judayam. Qani birov sovg`a qilsa:)
18)Ovqat kamdan-kam yeyman(ishonmasligingiz mumkin lekin rost) shundayam faqat tuxum yo qovurilgan kartoshka bo`lsa. asosiy ozuqam kofe va shokoladli pechen'elar.
19)Eng katta orzularimdan biri "Qariyalar uyi" va "nogironlar internati"ga hayr qiladigan darajaga yetish... InshaAllox, albatta bir kun shu darajaga yetaman.
20)Roddomda onasi tashlab ketgan (shundaylar ham bor), ko`chada qarovsiz qolgan, detdomdagi chaqaloqlardan qaramog`imga olishni hohlayman. (shunday desam doim urishishadi, nima bo`pti ahir?) Bir kun shunday ham qilarman nasib etsa. Savobku!
Hozircha shu..........