Go'sht, baliq va sabzavotlardan tayyorlangan salat (ikki yarim yoshdan boshlab)
Bir porsiya uchun: qaynatib pishirilgan mol, tovuq yoki baliq go'shtlari - 30g., yarimta pishgan kartoshka, chorak qism yangi yoki tuzlangan bodring, olma va yangi sabzi, 3-4 barg salat, yarimta qaynatib pishirilgan tuxum sarig'i.
Pishirilgan go'sht, tovuq yoki baliq, kartoshka, bodring va olmani kichkina bo'lakchalar tarzida kesib chiqing. Sabzini qirg'ichdan o'tkazing, salat barglarini ham to'g'rang, tuz soling va aralashtiring, sous bilan ta'mini yanada rostlashingiz mumkin. Salatni bodring aylanalari, salat bargi, tuxum oqini maydalab solib bezatishingiz mumkin.
Sous uchun: smetana - 2 choy qoshiq, o'simlik yog'i - bir choy qoshiq, yarimta pishgan tuxum sarig'i, shakar - yarimta choy qoshiq, pichoq uchida tuz. Barchasini aralashtirib va bir xil massa bo'lgunicha aralashtirasiz.
Sabzavotlardan tayyorlangan taomlar ishtahani ochadi, ushbu taom turini nonushtadan, kechki ovqat yoki go'shtli va baliq taomlariga garnir tariqasida tortiq etish juda foydalidir. Salatlarning chiroyli va o'ziga tortar ko'rinishi bolada katta qiziqish uyg'otadi, hazm etishni yengillashtiradi.
Salatlarni iste'mol qilishdan avval tayyorlanadi, aks holda uning foydali xususiyatlari kamayadi va mazasi esa o'zgaradi.
Pishmagan holda ishlatiladigan sabzavotlarni bolalar uchun salat tayyorlayotganingizda yaxshilab suvda ishqalab yuvish lozim. So'ng qaynagan suvda chayib, undan keyingina po'stini tozalash lozim. Sabzavotlarni po'stlog'i bilan yoki tozalangan ko'rinishda tuzli suvda pishirish mumkin. Lavlagi pishiriladigan suvga tuz solinmaydi. Sabzavotlar suv ostida botirilgan holda bo'lishi lozim.