Kun hikmati.  ( 93986 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21 B


Mirоlim  11 Fevral 2011, 15:12:54

:bsm:
Allohga qasamki, qay bir banda do'zaxga aniq ishonsa, unga keng dunyo tor bo'lib qoladi.
Munofiq esa, do'zax mana shu devorning ortida turgan bo'lsa ham, unga tushmaguncha shubha qilaveradi.

                           
Hasan Basriy.

Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Fevral 2011, 19:09:49

Iymonim zaifligini tushunib yetdim. Yaxshilar, duolaringizda eslab turinglar, bizlarga ham mustahkam iymon nasib aylasin

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  11 Fevral 2011, 20:40:08

 :bsm:

Biz nimalarga ega ekanligimizni bilmaganimiz uchun, uzimizdan uzimiz suraymiz, nima bizda yuq.

No'malum

Qayd etilgan


Ansora  14 Fevral 2011, 15:23:01

Juda bugunga mos gap ekan:

Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
                                                                        Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Ansora  15 Fevral 2011, 19:57:38

Kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay.

Alisher Navoiy...


Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Fevral 2011, 22:26:10

So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi.' Sa'diy Sheroziy

Qayd etilgan


Shokir  16 Fevral 2011, 00:43:04

Яҳё ибн Муоз ар-А озий
деди:
Мсминнинг сендан
сришадиган насибаси учта
хислат бслсин:
Агар унга фойда
етказолмасанг, зарар ҳам
етказма. Агар унинг
кснглига шодлик
киритолмасанг, ғамга ҳам
туширма. Агар уни
мақтамасанг, мазаммат ҳам
қилма.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Fevral 2011, 07:37:58

Ayb izlash bo'larkan tabiati, bas,
Tovus oyog'idan o'zgasini ko'rmas.

Sa'diy

Qayd etilgan


Ansora  16 Fevral 2011, 16:27:59

"Kalbini tevbe ile jeng-i günahdan pak et
Sildirir, doğru yürüsün diyen adem san'at"

(Soatining to'g'ri ishlashini xohlagan kishi qanday qilib uni bir soatsozga tozalatganiday sen ham uning kabi qalbingni tavba ila gunoh zangidan tozala)

Ref'i

Qayd etilgan


Ansora  17 Fevral 2011, 14:55:40

"O'rganmoq-oqinga qarshi suzishga o'hshaydi, oldinga suzmasangiz, orqaqa qarab "oqasiz" " 

Xitoy maqoli

Qayd etilgan