Kun hikmati.  ( 94042 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 21 B


Ansora  02 Mart 2011, 13:42:12

Sen razm sol, ikki yuzni et qiyos,
Balki bo‘lgaysen bu ishdin ro‘shinos.

Jumla iblislarda odamyuzli, bas,
Har kishiga qo‘l berish ham yaxshimas.

Kahru shahvat kimsani aylar g‘ilay,
Ko‘p yomon yo‘llarga ruhni boshlagay.

Bas, g‘araz kelsa, hunar kiygay niqob,
Parda tushgay ko‘zga ko‘ngildin shu tob...


Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Ansora  03 Mart 2011, 15:17:52

5

Илоҳо, подшоҳо, кирдигоро,
Санга очуғ ниҳону ошкоро.

Сабур исми била қилсанг тажаллий,
Қилиб Аамрудға юз минг мудоро.

Қачонким зоҳир стсанг «танзиъ-ул-мулк»,
Сикандарнинг бслуб мағлуби Доро.

Йслунг муҳлик тоши ёқути аҳмар,
А­шигинг тийра гарди мушки соро.

Суҳо бслса шабистонингда толиъ,
Бслуб нури қуёшдек оламоро.

Аавоий нафс зулмотиға қолмиш,
Сен слмай Хизри раҳ чиқмоқ не, ёро?!

Қиёматда гуноҳин афв старга
А асулингни шафиъ ст, кирдгоро.


Mir Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 13:55:11

Hazrati Umar roziallohu anhu deydilarki:

"œMen qancha do’stlarni ko’rdim, lekin tilni saqlashdan afzalroq do’st ko’rmadim

Qancha qancha liboslarni ko’rdim, lekin taqvodan afzal libosni ko’rmadim.

Ne-ne mollarni ko’rdim, lekin qanoatdan afzal molni ko’rmadim.

Qancha yaxshiliklarni ko’rdim, lekin nasihatdan yaxshiroq yaxshilikni ko’rmadim.

Qanchadan-qancha taomlarni ko’rdim, lekin sabrdan lazzatliroq taomni ko’rmadim".

"œXutobul-minbariya" (Minbar xutbalari) kitobidan

Qayd etilgan


Ansora  08 Mart 2011, 15:31:26

Muhabbatsiz qalb — tosh qalbdir. Tangrim tosh qalblarga zinhor nazar solmas. Shunga ko‘ra qalbimiz uyini Allohga bo‘lgan ishqimiz bilan tuzatmog‘imiz joiz. Inson vayrona qalbini faqat muhabbat bilangina obod etmog‘i mumkin.   

Tohir Malik

Qayd etilgan


Mirоlim  08 Mart 2011, 16:24:08

:bsm:

 :as:

Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolg'usidir yaxshi nomu ishi.
Sa'diy.

Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2011, 14:28:47

MUHABBAT

Har mo‘min dilida bir orzu faqat,
Har damda o‘yida Mahsharning kuni.
Alloh gunohlarin qilib mag‘firat,
Zora noil etsa jannatga uni.

Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol,
O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb.
Sening vasling garchi eng oliy visol,
Rahm etgil va lekin holimga qarab.

Mening ham tilagim ol inobatga,
Qovushtir orzular olami bilan.
Rasululloh demish: Kishi jannatga
Kirgaydir sevikli odami bilan.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Davlatjon  10 Mart 2011, 01:13:18

Bir ko'ngul imoratiy ning makka ziyoratiy.
Navoiy xazratlari

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 14:47:43

"Haqsizlik yo'lini tutib butun insonlar orqangdan kelganidan ko'ra, adolatli bo'lib yolg'iz qolganing afzaldir"

Mahatma Gandi

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Mart 2011, 18:32:10

:bsm:
«(Ey inson,o'zing aniq bilmagan narsaga ergashma!)Chunki quloq,ko'z,dil-bularning barchasi to'g'risida (har bir inson) ma'sul bo'lur (ya'ni,eshitgan,ko'rgan ishongan har bir narsasi uchun kishi Qiyomat kunida javob beradi)»
(Isro' surasi,36-oyat)

Qayd etilgan


Habib  11 Mart 2011, 10:51:18

Машойихлар айтганидек, юрт айвони кенг, бу айвонда минг алвонда одам, минг алвон одамнинг минг турфа ташвиши бор.

Mурод Муҳаммад Дсстнинг "Дашту далаларда" ҳикослар тспламидан.

Qayd etilgan