Muallif Mavzu: Assalomdan boshlang har bir kuningizni  ( 3543 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Assalomdan boshlang har bir kuningizni
« : 07 Avgust 2006, 08:25:23 »
Ozoda:

Assalom deganda ochiladi gul,
Assalom deganda sayraydi bulbul.
Assalom deganda alik olgaysiz
Ushbu salomimni qabul qilgaysiz…

Assalomu alaykum aziz Forumchilar. Yuqorida yozib o’tgan to’rtlikni ko’p marta ishlatgansiz, buni maktabdagi anketa-hotira daftariga do’stu-dugonalaringizfa yozib qoldirgansiz. Men ham ishlatganman, lekin Hozirgacha buni qanchalar chuqur ma’noga egalligini bilmagan ekanman… “Assalom deganda ochiladi gul”-darhaqiqat Salom berish atrofingizdagi odamlarga qanchadan qancha orom bag’ishlaydi, ahir har bir ko’ngil-bu bir gul demakdir, shunday ekan Biz Salom berganda qanchadan qancha ko’ngillarni yashnatamiz, ko’ngil quvonadi, Gul ochiladi!!!
“Assalom deganda sayraydi bulbul”-salomni eshitish har kim uchun juda jadrli deb o’ylayman. Har bir kuningizni Atrofdagilarga Salom berishdan boshlasak qanday yaxshi, ahir Salom berish Olloh oldidagi bir qarzlarimizdan biri. “Assalom deganda alik olgaysiz” –ha endi biz salom beryapmiz, siz Alik olasizda!!! “ushbu salomimni qabul qilgaysiz”-Bugungi salomni berar ekanman, hammangizga bu salomim birla ulkan Baxt, omad,mustahkam sog’lik, Eng sokin va quvonchli lahzalarga boy mazmunli hayot tilayman. Har bir inson Salom berar ekan, bu bilan Salom berayotgan insonlarga Ollohni Salomini ham yo’llar ekan, ular esa shu o’rinda Alik olib Salom bergan insonga ham Olloh barcha yaxshi niyatlariga yetkazishini so’rar ekan. Shunday ekan Salomni hech qachon unutib qo’ymang!!! Zero bu Olloh TaOlloni oldidagi ham qarzimiz ham farzimizdir.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Assalomdan boshlang har bir kuningizni
« Javob #1 : 07 Avgust 2006, 08:25:42 »
AbdulAziz:

"Assalom, so'lim-so'lim,
Ko'ksimdadir o'ng qo'lim.
Ta'zim bilan aytaman:
Assalomu alaykum!

Yoshlikdagi she'rlarimizdan biri shunday boshlanardi.
Assalomu alaykum - Sizga tinchlik bo'slin!
Qanchalar buyuk so'z, qanchalar buyuk niyat! Musulmonlar har doim shu tarzda salomlashadilar. Sizga Allohning salomi, rahmati bo'lsin! (Assalomu alaykum wa rahmatulloh) deydi mo'minlar. Qarang, sizga eng yaxshi tilaklar bildirilyapti. Beixtiyor yuzingizga tabassum yuguradi. Mehringiz ortadi, salom bergan birodaringizga.
Agar sizni kimdir xafa qilsa, siz mazlum bo'la turib unga "Assalomu alaykum" deb ko'ring. Ko'rasiz salomning qudratini, kuchini!

Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

Mahzunabonu

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 556
  • Jins: Ayol
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin
Re: Assalomdan boshlang har bir kuningizni
« Javob #2 : 19 Oktyabr 2007, 17:28:12 »
Salom, salom yor-yor kelin salom yor-yor,
Qabul qiling forumdoshla sizga salom yor-yor.
:D

ibrohim

  • Mehmon
Re: Assalomdan boshlang har bir kuningizni
« Javob #3 : 19 Oktyabr 2007, 20:29:12 »
"Avval salom, baddas kalom".
bilganim shu:)

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Assalomdan boshlang har bir kuningizni
« Javob #4 : 05 Dekabr 2008, 15:52:52 »
ASSALAMU ALEKUM jannat ahlining so'zi.AS-SALOM Alloh ismi .